Sultonning maktubini kim yetkazadi?

Xullas, gap mundoq, hamma bazmga! Özbekiston davlat Jahon tillari universitetida yangi yil bazmi taşkillaştirilayotgan ekan. Ijtimoiy tarmoqlarda “Ball, maskarad, mister & miss, fleşmob, kofe-breyk va diskoteka, şuningdek, şohona ball dasturxonida unutilmas onlar” deya tarqatilgan eʼlonga közimiz tuşdi.

“Bazm iştirokçilari öz jufti bilan iştirok etişi (agar jufti bölmasa, biror yaqini yoki tanişini taklif qilişi), yigitlar smokingda, qizlar ball kiyimida bölişi talab etiladi”, deyilgan eʼlonda.

Köz tegmasin, qanday uluğ iş! Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi hali davom etayotgan bir paytda yigit-qizlar qöltiqlaşib, balga borişsa!

Avstraliyalik tarixçi Jozef von Hammer-Purgştalning xotiralarida hukmdor öz yurti sarhadidan taşqaridagi hayosizlikka bunday qarşi çiqqani yoziladi:

“Usmoniylar sultoni Sulaymon Qonuniyning Fransiya hukmdoriga yozgan maktubi:

“Menkim, qirq sakkiz yurtning imperatori Qonuniy Sulton Sulaymonman. Menga yetgan xabarlarga köra, sening mamlakatingda “tansa” nomida xotin bilan erkak bir-biri ila quçoqlaşib, xaloyiq oldida oçiqçasiga öyin tuşadigan odat paydo bölibdi.

Hududlarimiz bitta bölgani bois, uşbu razolatli öyinning mamlakatimga ötiş ehtimoli mavjud. Nomai xumoyunim qölingga yetgani zamon bu öyinni töxtatsang, töxtatding, töxtatmasang, mening özim borib töxtataman”.

Mana şu birgina maktub tufayli Fransiyada töla yuz yil “tansa” öyini man etiladi. Bu haqda Fransiya tarixiga oid manbalarda ham maʼlumotlar bor. Xöş, Oliy taʼlim muassasasiga sultonning maktubini kim yetkazarkin-a?!

Tahririyatdan: muxbirimiz uşbu holat yuzasidan munosabat oliş uçun Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining maʼnaviy-axloqiy tarbiya boşqarmasi boşliği Otabek BOZOROV bilan boğlandi. Otabek BOZOROV holatga: “Haqiqatan ham “ÖzDJTUda yangi yil bazmi!” nomi ostida eʼlon qilingan va u yerda nazarda tutilgan ball ötkaziş tadbirlari haqidagi xabar universitetning 2 nafar yuqori kurs talabasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Bu masala böyiça mazkur tadbirni eʼlon qilgan talabalar bilan suhbatlaşildi. Eʼlondagi ball, maskarad, fleşmob kabi “Ommaviy madaniyat” unsurlari özbek milliy mentalitetiga, milliy urf-odat va anʼanalarimizga, öziga xos yozilmagan axloq qoidalarimizga töğri kelmasligi, buning örniga Vatanni madh etuvçi kuy va qöşiqlar, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga yönaltirilgan “Yangi Özbekiston – yangiça dunyoqaraş” şiori ostida ötkazilayotgan tantanali tadbirlarda iştirok etiş tavsiya qilindi.

Umuman, bu kabi tadbirlarni ötkazişda talabalar oliy taʼlim muassasasidagi masʼul rahbar va xodimlar bilan kelişişlari maqsadga muvofiqdir”, deya fikr bildirdi.

Darvoqe, talabalar özlari taşabbus bilan çiqib, tadbir taşkil etişlari mumkinmi?

— Ha, mumkin. Lekin hammasi belgilangan tartib-qoidalar, yaʼni xalqimizning milliy, maʼnaviy darajasiga zid körinişda bölmasligi kerak, — deydi Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddisi.

Nima ham derdik. Hamma narsa öz örnida, yaraşiqli bölganiga ne yetsin! Yaqinlaşib kelayotgan bayramlar bilan!

Suhrob ZIYODOV

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan