Abdulla Qodiriyning qaytişi
Nega, biz şundaymiz, nega bir-birimizni sotib kun körişni afzal bilamiz? Nahotki, hali-hanuz bu jirkanç illat qonimizga singib ketgan bölsa? Qaçon qutulamiz bu şarmandali illatdan?! Qaçon?! degan oğir savollar tomoşabinning tilida aylanaveradi.
Taniqli adib Xurşid Döstmuhammadning “Yolğiz” qissasini goh iztirob, goh dard, goh zavq bilib öqib çiqqaç, fikr-mulohazalarimni jamlab, muallifni yangi asari bilan çin dildan tabriklayman, deb yaxşi niyatlar qilib turgan bir pallada uşbu asar asosida tayyorlangan yangi spektaklga taklif etildim.
Tomoşa Özbekiston Davlat drama teatrida bölib ötdi. Töğrisi, yaqin yillarda teatrga bunçalar köp tomoşabin yiğilganini körmagan edim. Xayriyat, zal tölib ketdi…
Xurşid Döstmuhammadning “Yolğiz” qissasi asosida “Jinlar bazmi” nomi bilan sahnalaştirilgan uşbu spektaklni Özbekistonda xizmat körsatgan sanʼat arbobi, taniqli rejissyor Olimjon Salimov özi insenirovka qilib, özi sahnaga qöygan. Sözimizning avvalida aytib qöyaylik, Olimjon Salimov öz uslubi, öz sahna talqiniga sodiq qolib, tomoşabinlar qalbida, xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan ajoyib va yaxşi spektal yaratibdi.
Kitob voqealari sahna körinişlari bilan uyğunlaşib birbirini töldirib boradi. Kitob ilk sahifalari bilan öquvçini öziga jalb etganidek, spektakl ham dastlabki sahna körinişlari bilan tomoşabinni öziga ohanrabodek tortadi, uning qalbiga “qarmoq” taşlaydi. Vujudi bilan sahna voqealariga boğlanib qoladi.
Asosiy mavzu — buyuk adib Abdulla Qodiriyning 1926 yil mart-iyun oylarida hayotida va ijodida keçgan ayançli va dahşatli voqealar qamrab olingan. Sahna voqealari köproq tarixiy-hujjatlarga asoslangan. Töqima obrazlar kamroq. “Muştum” jurnalining 27-sonida Abdulla Qodiriyning “Ovsar” taxallusi bilan “Yiğindi gaplar” tanqidiy maqolasi eʼlon qilinadi. Qilinadi-yu, bomba portlaganday şöro hukumatining paytavsiga qurt tuşadi. Maqola çop etişga tayyorlanayotgan paytdayoq bahs-munozaraga sabab böladi. Tahririyat xodimlari – Oşqin (artist I.Oçilov), Şoyusuf (artist K.Rahmonov), Voseʼ (artist S.Lutfullayev), Mirzarasul (artist S.Sattorov), muallif Abdulla Qodiriy (artistlar B.Usmonov, I.Berdiyev) iştirokida qizğin muhokama qilinadi. Uşbu sahnada hamfikr, hamkor, hamjihat işlayotgan ijodiy jamoadagi döstlarning niyatlari boşqa-boşqa ekanligi ayon böla boşladi. Abdulla Qodiriyning xalq nazariga tuşib borayotgani, har kuni odamlar tahririyatga uni sörab, körgani kelişayotgani döstlarining ğaşiga tega boşlaydi. Xullas, “Yiğindi gaplar” tufayli oralaridan gap qoçadi. Endi tahririyatda ham “yiğindi gaplar” qözğalib qoladi.
Oqibat Abdulla Qodiriy maqola çop etilişi bilan qamoqqa olinadi. Qamoq va söroq sahnalarida spektaklning jonli voqealari aks etgan. Abdulla Qodiriyning oilasidagi oğir ahvol, adadsiz söroqlar jarayoni, kameradagi azoblari, ruhiy qiynoqlari tomoşabinni eʼtiborsiz qoldirmaydi. Sahnalaştiruvçi rejissyorning mahorati şundaki, tomoşabin ham Abdulla Qodiriyga qöşilib iztirob çekadi, uning dardi, faryodlariga qalban şerik böladi. Ayrim sahnalarda közlariga yoş keladi.
Şöro davrining zuğum maşinasini yurgizgan OGPU xodimlari Belskiy (artistlar B.Mirmaqsudov, S.Xurramov), Agidulin (artistlar R.Ahmedov, Ş.Söfiyev) Mirşabboşi (artist R.Başkulov), Mirşab (artist K.Bekmurodov) ijrolari ham tomoşabin xotirasida uzoq saqlanib qoladi. Eng muhimi, ular qatağon davri ruhini, qörquv holatini, saltanat azoblarini tomoşabinga yetkaza olgan.
Qissaning ham, spektaklning ham yorqin obrazlaridan biri Böğma (artist N.Mirzaahmedov) öquvçining ham, tomoşabinning ham esida qoladi. Bir qaraşda u yomon, iblis odam bölib körinsa-da, vujudida töğrilik, haqiqat va halollikka yaqin nimadir yaşirinib yotganini köramiz. U qança çapani, dangalçi bölmasin, töğrisöz, bor gapni şartta yuzingga aytadigan çörtkesar: “Manga öxşaş odamxördan köra, sanga öxşaş kallali yozuvçidan köproq qörqadi, marazlar… Yoz, yozadiganingni! Yo ostidan, yo ustidan-de, öladigan dunyoda!” deydi u xayrlaşiş jarayonida Abdulla Qodiriyga.
Spektaklning eng yorqin va esda qoladigan dardli sahnalaridan biri eng yaqin döstlari, safdoşlari, qalamdoş birodarlari Abdulla Qodiriyni yomon otliq qilib OGPU tergovçilariga sotadilar. Ular özlarini yaqin döst deb, yuziga maqtaydilar, orqasidan sotadilar. Sotqinlik odamlarimiz qonida avloddan-avlodga ötib kelayotgan eng yomon illat. Abdulla Qodiriy ham yuzlab qatağon qilingan ziyolilar kabi sotqinlik qurboniga aylanadi.
“Jinlar bazmi” (“Yolğiz”) spektalining tomoşabinni hayrat va hayajonga, çuqur iztirobga soladigan uşbu sahnalarni rejissyor va aktyorlar ansamblining yutuği deyiş mumkin. Buyuk adibning ayançli taqdirini sahnada körib, yuraklar yiğlaydi. Qodiriy faqat qattol zamonning, siyosatning emas, döstlarning ham xiyonati, çaquvi, sotqinligi tufayli qurbon böladi. Döstning xiyonati oğir jinoyat.
Nega, biz şundaymiz, nega bir-birimizni sotib kun körişni afzal bilamiz? Nahotki, hali-hanuz bu jirkanç illat qonimizga singib ketgan bölsa? Qaçon qutulamiz bu şarmandali illatdan?! Qaçon?! degan oğir savollar tomoşabinning tilida aylanaveradi. Uni qiynoqqa solaveradi. Va beixtiyor sevimli şoirimiz Abdulla Oripovning uşbu misralari yodga keladi:
Suriştirganmiding Qodiriyni yo,
Qalqon bölganmiding kelganda balo?
Şuningdek, spektaklda Abdulla Qodiriyning onasi Josiyat aya (Özbekiston xalq artistlari D.Ismoilova, A. Begmatova, Özbekistonda xizmat körsatgan artist M.Töxtayeva), öğli Habibullo (I.Usmonov, M.Hikmatjonov), qizi Nazifa (H.Odirboyeva, S.Hikmatjonova), turmuş örtoği Rahbarniso (artistlar N.Toşmatova, M.Xurramova), Yusufbek hoji (Özbekiston xalq artisti E.Nosirov, artist Ğ.Jumanov), Kalvak maxsum (artistlar P.Normatov, Ş.Söfiyev), Hasanali (artist D.Rahimjonov), vraç, soqçilar, sudya, qiziqçilar guruhi ham özlariga berilgan rollarni mahorat bilan ijro etganlar. Sahna bezaklarini rassom Sergey Çufarnov işlagan. Spektaklning jinlar bazmi sahnasida şöro askarlari, xizmatkorlari çalib çiqqan orkestr musiqa asboblarini Abdulla Qodiriyni sotgan döstlari böyinlariga osib olib, çalib çiqadilar. Tomoşabin ularning ahvoliga açinadi. Ular esa bu şarmandali holni özlari uçun şon-şaraf deb biladilar. Qatağon maşinasining bekamu köst işlaşiga munosib hissa qöşadilar. Hukumatni yalab, bir-birlariga çoh qazib, sotib kun körişni afzal biladilar. Ular irodasiz qörqoqlar edi.
Uluğ adib Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga bağişlangan uşbu spektakl özbek teatrining navbatdagi yutuqlaridan biri desak arziydi. “Jinlar bazmi” monolog, deb atalsa-da, aslida, tölaqonli spektakl bölibdi. Bu yangi asar çindan ham özbek teatrining sönggi yillardagi jiddiy muvaffaqiyatlaridan biri sifatida baholanişga arziydi.
Buyuk yozuvçimiz Abdulla Qodiriyning sahna orqali qaytişi faqat tomoşabinlarning emas, balki ziyolilar, yozuvçilar, teatr arboblari, qöyingki, xalqimiz uçun çinakam bayramdir. Ana şu maʼnaviy-maʼrifiy bayram hammamizga muborak bölsin! Endi Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi kitob şaklida, kino asarlar, seriallar, kartinalar körinişida qaytadi va namoyon bölaveradi. Uning ijodiy merosi bebaho va ulkan xazina.
Uluğ adibning bugun teatr orqali qaytişi yana bir bor qulluq bölsin!
Aşurali Jörayev.
