Toza tarbiya buloği
Mamlakatimizda bugungi kunda izçil tarzda olib borilayotgan Harakatlar strategiyasining mağzida maʼnaviyat masalasi ham turgani rost. Şu asno muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil iyulda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş bilan boğliq qarori qabul qilinganini alohida eʼtirof etişimiz joiz. Mazkur qarorning eng ibratli jihati köpdan hammamizning oğriqli dardimiz bölib kelayotgan “jamiyatimizning barqaror rivojlanişiga tösqinlik qilayotgan içki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliyçilik, uruğ-aymoğçilik, oilaviy qadriyatlar va yoşlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik kabi holatlar”ga barham berişga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini işlab çiqiş va amalga oşiriş yöllari körsatilib, bizni öylaş va harakat qilişga undaganidir.
Zotan, uşbu qoralamada ham yuqorida sanalgan har qanday kamçilikni bartaraf etişga qodir barkamol inson tarbiyasi va undagi bevosita onalarning roli haqida söz yuritamizki, jamiyatning barqaror rivojlanişida, ayniqsa, bu tarbiyaning roli beqiyosdir.
Muqaddas bitiklarda yozilişiça, inson borki, tavallud topgan lahzalarida faqat fitrat (sof tabiat) ila tuğilar ekan. Uning iymoniymi, nasroniymi, şaytoniymi bölib ulğayişi esa keyingi tarbiyasi bilan boğliq bölarkan. Buni öqib-uqib bilganlar umr böyi özlarini gunohu xatolardan poklab borişga harakat qilar, farzandlariga ham tinimsiz toza tarbiya buloqlaridan suv tutar ekanlar.
Afsuski, keyingi paytlarda yuqoridagiday qadriyatlarimizdan bahramand bölib, dunyo donişmandlarining hikmatlarini öqib farzandu oila baxt-saodati uçun astoydil harakat qilayotganlar qatorida Istiqlolday uluğ neʼmat bergan bugungi betimsol imkoniyatlarning qadriga yetmay, suiisteʼmolliklar içida, hayotni faqat mol-matoh töplaşu maişatli yeb-içmoqdan iborat, deb hisoblaydiganlari ham uçrab turibdi. Tarbiya masalasini farzandiga faqat haşamli kiyim-keçak olib berişu oziq-ovqat va pul taʼminoti deb tuşunadigan ota-onalar ham bor.
Ibrat hikmati
Xatirçi tumanida “Ğofirjon Abduxoliqov” fermer xöjaligi bor. Uni ilk faoliyat boşlagan 2005 yillarda asli kasbi pedagog bölgan Sanoatxon Örinova boşqargandi. Yeri ham unçalik köp emas, 20 gektarça kelardi. Lekin yil sayin yiriklaşib-kengayib borayotgan fermer xöjaligining mahsulot yetiştiriş imkoniyati ham orta bordi. Hozirgi kunda 60 gektardan ziyod maydonda dehqonçilik qiladigan fermer xöjaligini endilikda Sanoatxonning katta farzandi Boboşer Xoliqov boşqaradi. Paxta, ğalla, pilla yetiştirib, qoramolçilik va parrandaçilik bilan şuğullanadigan mazkur xöjalikning fayzu barokoti yil sayin ortib borayapti.
— Qaynotam Abduxoliq Halimov juda salohiyatli dehqon, usta paxtakor bölib, u kişini mamlakatimizda ham yaxşi tanişar edi. Turmuş örtoğim rahmatli Ğofirjon Abduxoliqov ham ota izidan yurib, jamoa xöjaligini boşqarayotgandilar. Taqdirning yoziği şu ekan, hayotdan erta ketdilar. Lekin işlarini davom ettirişga öğlim yoş edi, fermerlik harakati boşlanayotgan yillar edi. Tumanimiz hokimi, işbilgiç yoş rahbar Erkinjon Turdimovning daldalari bilan fermer xöjaligi taşkil qildim va belimni mahkam boğlab, dalaga çiqib ketdim. Bu narsa ham qayğularimga taskin böldi, ham qaynotamu turmuş örtoğimning xayrli işlari töxtab qolmadi. Şukrki, dilbandimiz Boboşerjon ham institutni bitirgaç, avval yoşlar taşkilotida, keyin bankda işlab yurdi-yu asta-sekin yonimga kirdi…
Sanoatxonning hayotidagi eng oğriqli, dolğali, zahmatli davr haqida qisqagina hikoya bölgan bu gaplarning mazmunu masalasi naqadar yukdor edi. Avvalo, özi ona tili va adabiyoti fani öqituvçisi bölsa-da, oilasi, juftiga sadoqati tufayli matonatli mehnati, usta dehqonlarning qadrini joyiga qöyib işlatib, özi ham ulardan iş örganişi-yu fidokorligi sababidan haqiqiy Dehqonoyimga aylangan qahramonimiz şaxsiy ibrati va tarbiya-saboqlari bilan yilma-yil öğli Boboşerjonni ham komil dehqon darajasida kamolga yetişiga xizmat qildi.
Oqibatli, haqiqiy izbosar öğil ham 2016 yildan eʼtiboran onasining qölidan işini töliğiça olib, fermer xöjaligini ibratli darajada boşqara boşladi. Bobo, ota qoni bilan ötgan işbilgiçlik, zaminga muhabbat, yoş bölsa-da, uniyam usta dehqonga aylantirdi. Lekin u yillar davomida birov bilib, birov bilmas, onajoni Sanoatxon Örinovadan köp narsalarni örgandi. Masalan, mehnat qilayotganlarning qadrini joyiga qöyişni, adolatni, yaxşilik qilişu savobkorlikni, mehribonligu muomala madaniyatini özlaştirdi. Kezi kelganda eng yaqinlarining töy-maʼrakasiga ham borolmay, dalasiga parvona bölişday fidokorlikni-da mehribonida körib, bunday jonnisorlikni-da yuqtirib oldi öziga.
Sanoatxonda hamişa yana bir gözal xislat bardavom edi. Qaynotasi va juftidagi eng ibratli fazilatlarni diliga tugib yurgandi-yu mavridi kelişi bilan ularni öğlining feʼliga singdirişga harakat qilayotgan edi.
Ana şular bois bugungi kunda mazkur fermer xöjaligi işlab çiqariş körsatkiçlari böyiça viloyatda yuqori örinlardan birida turibdi. Har yili ğalladan gektariga 70 sentnerdan oşirib hosil olişayotgan bölsa, paxtaçilikda ham hosildorlik 45-50 sentnerni taşkil etayotir. Xöjalik pillakorlari esa har yili bir tonnadan ziyod pilla yetiştirib, işlovçilarning xonadoniga fayzu baraka kirib borişiga imkon yaratişmoqda.
Öğli yoniga kirib, asosiy işning yukini olgaç, Sanoatxon endi qiz uzatib, öğil uylantirib, nevara töyi qilib, işçilarining ana şunday orzu-havaslariga boş bölib, qalbi quvonçlarga tölib yaşamoqda.
Lekin hamişa şunday. Qahramonimiz ğira-şira tongda turib, po-yu piyoda dalaga otlanadi. Va yana har kuni dalalarni öngu sölga, ortu oldga qadamlab çiqib, yumuşlarni sarhisob qilib, şundan öziga ruhiy quvvat olib, işning samarali, barokatli borişigayam imkon yaratayotgan dalaning fidokor Begoyimi böladi. Keçagi kunda ana şunday işbilgiç “Fermer opa” bölib, bor kuç-imkoniyatini yaratuvçanlik işlariga safarbar etgan bölsa, bugun millatimiz onalarining ibratli hayot tarziga muvofiq umrguzaronlik qilayotgan Sanoatxon hoji aya bölib öğliga madad qölini çözadi. Tengdoşlariga ezgulik va xayrli işlar qiliş borasida, aniqroği, farzandlarini töğri yölga yöllaş masalasida alohida ibrat körsatadi. Xullas, qissadan hissa, sifatida aytişimiz joizki, qaçonki unga öxşaganlarga duç kelsak, qahramon şoirimizning “Şundaylar bölmasa agar dunyoda, Bunçalar muhtaram bölmasdi ayol” degan misralari tilu dilimizda jaranglayveradi.
Jasoratmi, şijoat?
Navbahor tumanining “Yangi qörğon” qişloğida Sobirjon ismli yigit istiqomat qiladi. Baxtsiz tasodif tufayli bolaligu ösmirligining orasida bir oyoğidan ayrilgan bu yigit bugun bir oyoği bilan traktor haydaydi, yer çopadi, mol boqadi. Ayniqsa, uning xususiy traktori tomiga çiqib, bir oyoqda turganiça telejkaga öt-ölan bosayotgan yigitlarga jöyali maslahat berayotganini körganda, öz-özidan dilingda iftixor hissini tuyasan kişi. Tört muçasi soğlom, lekin na ahliga, na jamiyatga foydasi tegmay yurgan kaslarga duç kelganda esa ayniqsa, bu faktning ibrati buyukligi yaqqol közga taşlanaveradi.
— Oyoqqa bir öroq kirişi bilan ham şunday bölarkanmi?! Nima iloj, çiriş kasali boşlanib, avj olib ketgaç, bir oyoğimdan ayrilişdan boşqa iloj qolmadi, avvaliga tuşkunlikka tuşdim. Ayniqsa, bu ahvolimga qarab ota-onam şu qadar ezila boşlaşdiki.., — deya dilidagilarni tökib soldi qahramonimiz bir lahzalik suhbatimiz asnosida. — Oçiği, men ularni bunday ahvoldan qutqarişim kerak edi. Şuning uçun dastlab hunar örganib, poyab zal taʼmirlovçi usta sifatida iş boşladim. Lekin öquvçilik paytimdayoq qişloq traktorçilariga ergaşib, ğöza qator oralariga işlov berib yurganlarim xayolimni tortaverdi. Rahmatli Ahad Xayrullayev degan sobiq xöjalik raisi bölardi. Öşa — men uçun oğirdan oğir keçayotgan kunlarda şu insonning mehribonçiligi bilan tugab borayotgan xöjalikning eskigina traktorini sotib oldik. Şundan boşlab hayotimga yangi mazmun kirdi…
Lekin xuddi ana şu nuqtalarda mavzumizning yana bir qahramoni faoliyati ham yaqqolroq közga taşlanadi. Umr böyi qişloqda hamşira, mahalla faoli, sarkori, kayvonisi bölib el-yurtiga sidqidildan xizmat qilib kelayotgan Sobirjonning onajoni Mömina Azimova bunday kezlarda farzandiga çin maslakdoş böla oldi. Nafaqat sözu daldasi, maslahatlari, ruhiy quvvatlaşlari bilan balki, el-yurt işiga fidokorligi, şaxsiy ibrat körsatişlari bilan ham Sobirjonga öşa kunlarda çin insonlik yölini körsatib beroldi.
— Qança köp el koriga yarasang, savob iş qilsang, hayotingga şunçalik barokot inişi rost ekan, — deydi Mömina opa iftixor bilan. — Sobirjonimning bugun qator-qator pritsepli traktorlari bor. Qişloq fermerlariga, aholiga qöl-qanot bölib, paxta, buğdoy, somon, beda, dağal xaşak taşiydi, öruvçi “Kir” uskunasi bilan öt, poya öradi, öğit sepib, xalq xöjaligining hamma sohasiga xizmat qilaveradi. Lekin iş haqi uçun talaşmaydi, insofni unutmaydi…
— Alloh menga bir oyoqda bölsam-da, ikki oyoq bilan qilinadigan işlarni bajariş imkonini berib qöyibdi. Şunga şukr qilaman. Şular bois ham heç kimni noumid qaytarmayman, xizmat haqi uçun talaşmayman. Şundan bölsa kerak, xonadonimda barakotim ziyoda…
Sobirjonning beğubor, nurli çehrasida savobpeşalik, fidokorlik, zahmatkaşlik va kuydi-pişdilik feʼli şundoqqina çaraqlab körinib turibdi. Eng eʼtiroflisi, uning bu fazilatu zahmatlari davlatimiz tomonidan ham munosib taqdirlandi. 2016 yilda “Jasorat” medaliga loyiq körildi. Bu mukofot nafaqat qahramonimizni, uning ezgulikka ibrati bilan farzandini soğlardan-da salomat ruh bilan tarbiyalab, el işiga qöşib kelayotgan onajoni Mömina Azimovani ham beqiyos quvontirdi. Yetmişga yaqinlaşgan bölsa-da, kuçiga kuç, ğayratiga ğayrat qöşdi. U bugun har lahzada iftixor bilan şunday deydi:
— Har kuni tongimiz eşikdan yöqlab keluvçilar bilan birga otadi, kunlarimiz fidokorona mehnat bilan davom etadi. Özim ham, öğlim ham elga kerakligimizdan baxtlimiz.
* * *
Dunyo donişmandlaridan biri: “Bizga yaxşi onalarni beringlar, biz yaxşi odamlar bölib yetişamiz”, degan hikmatni aytgan ekan. Aslida, yaxşi ona deganda qanday onani tuşunamiz? Farzandi, oilasi uçun fidokor, Vatani-xalqiga muhabbatli, savobpeşa, ezgu-xayrli işlarni yaxşi köruvçi, Allohdan qörqib, ikki dunyo saodatini istaydigan, halol-pokiza, munisa-muşfiqa ayolni tuşunamiz. Bunday ona, ayol böliş uçun esa albatta, kitobxon, ziyoli, Allohni tanigan inson bölmoği kerak!
Uluğ Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlari: “Kelin tanlaşda qizning yetti puştini suriştirdim”, degan tuzukni bizga bekorga meros qoldirmaganlar. Demoqçimizki, avvalo, yetti puştini suriştirib, kelin qiliş bir masala bölsa, kitobxonlikka, ziyoga intiliş yana bir muhim masaladir. Zotan, muhtaram Yurtboşimiz bugun bekorga kitobxonlikka asosiy eʼtiborni qaratayotganlari yöq. Yuqoridagi qahramonlarimiz (va ularga öxşagan önlab, yuzlab yurtdoşlarimiz) esa fikrimizning yorqin isboti sifatida jamiyataro ibratli umrguzaronlik qilişmoqda. Sanoatxon til va adabiyot fani öqituvçisi, Möminaxon opa ham qişloqning bir ziyoli ayoli sifatida çarçagan ruhingizga nimadan orom qidirasiz, deya bergan savolimizga, kitobxonlikdan, ayniqsa, Qurʼonu hadis, yana hikmatlar şodasi jamlangan kulliyotlardan, deya javob berişdi. Mana, maʼnaviyatning suv içar buloqlari, ayniqsa, farzandini, barobariga jamiyatni tarbiyalaguvçi onalarimiz maşğul böladigan buyuk qöllanmalar…
Salima Umarova,
Özbekiston Yozuvçilar
uyuşmasi aʼzosi.
