Uluğ adibning sönggi manzili…
(“Öylab topilmagan hikoyalar” turkumidan)
Ha, aytganday, Eski şaharning Jangoh mavzeidagi keyinroq Abdulla Qodiriy nomi berilgan boğda yozuvçining haykali örnatilgan. Haykaltaroş öz asarini bu zotning fojiali qismati qanday yakun topganini yaxşi bilib, anglab yaratibdi. Adib ğiştlar içidan yiğlamsirab çiqib turganday, yaʼni haqqoniy tasvirlanibdi…
Bu voqeaga 30 yilça böldi. Unda yurtimiz hali mustaqillikka erişmagan, ammo sobiq Ittifoqning kursisiga zil ketib, “qayta quriş, qayta buziş”, degan davr keçayotgan pallalar edi.
Öşanda poytaxtdagi eng muhtaşam tomoşagohlarning birida Abdulla Qodiriy tavalludiga töqson beş yil tölişi tantanali nişonlanayotgan edi. Tomoşaxona odamlar bilan liq töla, “dangira-dungur”u, “gumbura-gumbur” avjida. Ular orasida atoqli adibimizning haqiqiy muxlislari qança-yu, şunçaki tomoşa uçun kelganlari qança — biliş qiyin. Ammo marhum adib aza-töyining törida — sahnani töldirib qör tökib ötirganlardan ikki-uç çin qalam ahli-yu, uç-tört mehmonni istisno qilganda, qolganlari şunçaki — xizmat yuzasidan kelganlar. Yana röyxat böyiça taklif etilgan kazo-kazolar. Yana adibni tirikligida turtganlar qolmagan bölsa-da, uning göriga bir zamonlar rosa ğişt qalaganlar ham bor edi. Taassuf. Köra-bila turib oqni qora, haqiqatni yolğon qilib körsatuvçilar, ezgulikni yerga urib, nohaqlikka qulluq qiluvçilar, içi qora hasadgöylar va hokazo… Ular “zamona haliyam bizniki, xöş, senlarning qölingdan nima kelardi?” deganday pastdagilarga, oddiy odamlarga yuqoridan gerdayib, közoynaklarini yaltiratib qaraşar, öz suyançiqlari — örtani egallab olgan mustabid mafkura amaldorlariga yaltoqlanişardi. Şu topda xayolimdan keçgan öyga qarang, mabodo möʼjiza yuz bersa-yu, maslagu imonda sobit Abdulla Qodiriy tirilib bu yerga kelib qolsa va öz töyida ötirgan bu imoni sust “zot”larni körsa bormi, izlariga şartta qaytvorgan bölarmidilar…
Lekin har qalay, tavallud töyi, kelgan mehmonni “ket”, deb bölmaydi, buning ustiga adibning bu safargi tavallud kuni yaxşilab “uyuştirilgan”. (Adibni otgan mustabid tuzum bu bilan göyo öz aybini “yuvib” yubormoqçiday…) Adibning minbarga çiqib bözlagan bir-ikki muxlislaridan keyin boşlanib ketgan turli “tabrik”lar, “gulduros qarsaklar” tugagaç, uning hayot qolgan yakka-yu yagona öğli Maʼsud aka söz oldi. Uning gaplari sal boşqaçaroq çiqdi. “Men otam otib öldirilgan joyni uzoq izlab, oxiri topdim, — dedi Maʼsud aka. — U Börijar ariğining narigi tomonidagi bir tepalik ekan. Öttizinçi yillarda bu yerga keçalari kimlarnidir olib kelib otişlarini keksalar bilişar ekan, hattoki, uyi şu tepalikka yaqinroq bölganlar “oh-voh” ovozlarini ham eşitişarkan. Ertalabga borib qaraşsa, naridan-beri kömib ketilgan döngliklardan otilgan odamning qöli yo oyoği çiqib qolgan bölarkan, uning ustiga tuproq tortib, marhumning ruhiga bir pora qurʼon öqib, duoyi-fotiha ham qilib qöyişarkan… Men otamni otgan odamni ham izlab-izlab topdim, hozir nafaqaxör ekan. Undan: “Mening otam ölimi oldidan nima dedi, şuni aytib bering”, desam, u kişi: “Aytolmayman, bu — sekret”, deydi. Axir, mening otam begunohdan-begunoh otilgan bölsa, oradan şunça yil ötgan bölsa, buning yana nimasi “sir” bölişi kerak?” Maʼsud akaning gaplarini eşitib, “E, Xudo, bunday gaplarni şu qadar bosiqlik, dardini içiga yutib, közlari yoşlanmasdan ayta olgan odamga özing tözim ber!”, deysan kişi beixtiyor. Maʼsud aka hayʼatda ötirgan amaldorlarga murojaat qilib: “Iltimos, otamning oxirgi sözlarini bilib beringlar”, dedi. Hayʼatdagilar esa inson bolasi toqat qilolmaydigan bunday dil nolasiga özlariça “çuqur maʼnoli” boş qimirlatiş bilan javob qildilar.
Keyin sahnada çildirma “gij-bang”lab, raqqosalar xirom qila boşlaşdi. Endi tavallud töyining “badiiy qismi” boşlangan edi. Allaqaysi sanʼatkor Abdulla Qodiriymi, yo Otabekmi bölib çiqdi, kimdir uning “yor”i böldi, xullas, böyama-bejama, çuçmal aşula-yu raqslar avjiga çiqdi, tomoşa işqibozlariga Xudo berdi.
Sahnadagi öyin-kulgi endi boşlangan edi hamki, men Maʼsud akaning taşqariga çiqib ketayotganini körib qoldim. Adibning katta öğli — Habibullo aka bilan yaqin edim, Maʼsud akani garçi bilsam ham şaxsan tanişligim yöq edi. Şunday bölsa ham unga şu topda nimadir degim keldi-yu, orqalaridan çiqdim. Qarasam, u kişi kiyimlar yeçib qoldiriladigan joyga qarab yurdilar. Ha, turgan gapki, otib öldirilgan otaga bağişlangan bunaqa “gij-badang” tomoşa uning köngliga siğmasdi. Men qadamimni tezlatib u kişiga yetdimu, Maʼsud akani töxtatdim, keyin, aniq esimda yöq, tovuşim oğzimga tiqilib: “Maʼsud aka, şunday oğir gaplarni ayta olganingiz uçun sizga ming rahmat, otangizning ruhi-poklari qöllasin”, deganday gap qildim. “Rahmat”, dedilar Maʼsud aka xuddi otasinikiga öxşagan tim-qora, tiyrak közlarini menga tikib. Bu yoği — kasbim matbuotçilik emasmi — men u kişidan öşa maşʼum tepalik qayerda ekanini söradim. U kişi öşa tepalik Yunusobod tomonda, Börijar ariğining narigi qirğoğida ekanini, nomini esa “B…tepa” deyilişini aytdi. (Hayhot, qarangki, öşa davrda bu tepalikda begunohlarni otib taşlab, yana ustiga şahar axlatlarini ham taşlaşar ekan. Şuning uçun bu yer şunday deb atalar ekan). Men u tepalikning hozir bor-yöqligini suriştirdim. Maʼsud akaga mening ketma-ket şitob bilan savol berişim unça ötirişmadi, şekilli, qoşlarini bir çimirib oldilar, keyin tepalikning tuproğini olib, undan şu yölning bu yonidagi xumdonda ğişt yasalganini aytib berdilar. “Ammo öşa tepalikning tuproği ğişt yasaş uçun yaramabdi, suyilib ketaveribdi, şunda bir maşina tuproqni öşa tepalikdan, bir maşinani esa boşqa tepalikdan olib, aralaştirib keyin ğişt qilişgan ekanlar…” Suhbatimiz nima bilan tugagani aniq esimda yöq, men Maʼsud akaning qöllarini siqdim, nimalardir yaxşi tilaklar tiladim.
Ertasiga esa ataylab öşa, Maʼsud aka aytgan tepalikni körgani bordim. Ammo u tepalikdan nomu nişon qolmagan, yölning çap tomonidagi ğişt xumdoni ham yöq edi. Abdulla Qodiriy xoki aralaşib ketgan tuproqdan yasalgan ğiştlar…
Bu voqeadan keyin men “Şahidtepa qayerda?” degan maqola yozdim va unda Maʼsud akadan olgan maʼlumotlarim, özim borib suriştirganlarim asosida Abdulla Qodiriy, Çölpon va öttiz yettinçi yilning boşqa siyosiy qatoğonlari qatl etilgan joy Börijar ariği yonidagi tepalikda ekanligini maʼlum qildim. “Turkiston” gazetasining (hozirgi “Öşlar ovozi”) 1992 yil 1 aprel sonida bosilib çiqqan bu maqola mazkur masala haqidagi birinçi maʼlumot edi. Keyinçalik bu yerda hozirgi “Şahidlar xotirasi” majmui qurildi.
Ha, aytganday, Eski şaharning Jangob mavzeidagi keyinroq Abdulla Qodiriy nomi berilgan boğda yozuvçining haykali örnatilgan. Haykaltaroş öz asarini bu zotning fojiali qismati qanday yakun topganini yaxşi bilib, anglab yaratibdi. Adib ğiştlar içidan yiğlamsirab çiqib turganday, yaʼni haqqoniy tasvirlanibdi…
Muxtor Xudoyqulov,
yozuvçi.
