“Matbuotçilar uyi” yana sotuvga qöyildi
Bundan bir yarim yil muqaddam ham oçiq auksionga “Matbuotçilar uyi” binosi sotuvga qöyilgan edi. Bu borada ÖzA saytida “Qarzga botirgan boşqalar, “uysiz” qolayotgan jurnalistlar” tanqidiy materiali ham eʼlon qilingandi. Maqolaga Toşkent şahar hokimiyati befarq bölmay mazkur iş hujjatlari qayta körib çiqilganini maʼlum qilib, muammoni ijobiy hal etgandi.
Yaʼni, jamoatçilikning faol qarşiligi va mutasaddilarning mavjud muammoli masalaga yeçim topişi oqibatida bino kredit garov taʼminoti sifatida bekor qilingan va “Matbuotçilar uyi” jurnalistlarda, yaʼni avvalgidek, Toşkent şahar hokimiyati tasarrufida (balansida) qolgandi.
Eslatib ötamiz, “Matbuotçilar uyi” atrofida muammolarning ijobiy hal etilişi davrida Toşkent şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida Jahongir Ortiqxöjayev boşqarayotgandi.
Bugunga kelib esa E-ijro auksion oçiq auksionda bu bino haqida yana maʼlumot paydo böldi.
Matbuotçilar köçasi, 32-uyni 18.722 kv.m. dan iborat maydoni 9.890 kv.m. bölgan litr 0001-7 qavatdan iborat yertölali çordoq qavatli maʼmuriy binoning 3,4,5,6,7- qavatlari va çordoq qismi Iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qöyildi.
18 750 000 000.00 söm bilan savdoga qöyilgan mazkur binoda asosan matbuot vakillari, yaʼni gazeta va jurnallar tahririyati joylaşgan.
Manba: ÖzA.
