Muammo muammoning köpligidami?

Video rolikni minglab qiziquvçilar kördi, tingladi. Öşa ayolning aytişiça: “Işlayman deganga iş yöq, iş topganda oylik maoşi yetarli emas, oylik bilan rözğorni tebratib bölmaydi, odamlar nima qilsin? Şu sabab ayrim şaxslar korrupsiya, öğirlik jinoyatlarini sodir etayotibdi”.

Mustaqil davlat tizimida ijtimoiy-iqtisodiy bozor siyosatining qöllanilişi öta rivojlangan davlatlarda ham aksar fuqarolar orasida boqibeğamlik kayfiyatini uyğotganligi sir emas.

Misol uçun, “Yevronevz” hamda turli xorijiy va mahalliy axborot uzatiş va mavjud ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, Yevropaning köpgina davlatlarida ijtimoiy himoya oşxonalari taşkil etilgan.

U yerda heç joyda işlaşni xohlamaydigan odamlar uçun bir mahaldan uç mahalgaça bepul taom beriladi. Ular eski kiyim­lar yarmarkasiga borib, öziga maʼqul kelganini şunçaki kiyib ketişi mumkin. Bunga haq olinmaydi. Ana şu yöl bilan rivojlangan davlatlarda mamlakat tinçligini asraş, turli ekstremistik holatlarning oldini oliş, asosiysi, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş uçun “himoya tizimlari” taşkil etilgan.

Mamlakatimiz yangilaniş, maʼnaviy-ijtimoiy rivojlaniş sari dadil qadam taşlayotgan bir payt­da ijtimoiy tarmoqlarda turli noxolis xabarlar, video roliklar tarqalişi kuçaygani bejiz emas.

Masalan, yaqinda bir ayolning video murojaati ijtimoiy tarmoqlarda ommaga uzatildi. Video rolikni minglab qiziquvçilar kör­di, tingladi. Öşa ayolning aytişiça: “Işlayman deganga iş yöq, iş topganda oylik maoşi yetarli emas, oylik bilan röz­ğorni tebratib böl­maydi, odamlar nima qilsin? Şu sabab ayrim şaxs­lar korrupsiya, öğirlik, jinoyatlarini sodir etayotibdi”.

Bir qaraşda aytilgan gaplarida jon bordek tuyuladi. Ammo mulohaza qilib körilsa, xalqimiz bir asr­dan köproq mustamlaka tizimida yaşadi. Hukmron kuç: “Sen mehnat qil, muammoingni deputatga ayt, u davlatga yetkazadi, davlat hal qiladi”, qabilida iş tutdi. Odamlarni majburiy mehnatga jalb etiş orqali ularning ongida uyğonişi mumkin bölgan erk ğoyalarini söndirib borişdi. Odamlar odamlarga qa­ram böldi. Haligaça “Men nima qilay, ayting? Nega mening muammomni hal etmayapsiz yoki deputat nega “nakaz” olmayapti yo olganini bajarmayapti?” singari mafkuradan qutulolmadik.

Deputat kim? U, birinçi navbatda, dunyo miqyosida keçayotgan jarayonlarning ongida hosil qilgan bötqasini qayta pişirib, uning qaymoğini olib, amalda mamlakatimizning özga mamlakatlar bilan qiladigan muomalasini muqobillaştirib boruvçi siyosiy birlaşmaning bitta vakili hisoblanadi. Qolaversa, fuqarolar va yuqori mansabdagilar, yaʼni mamlakatning barça ahli uçun amalda qöllanilişi lozim bölgan birlamçi qonunni yaratuvçisi va uning ustidan nazorat örnatuvçi omma. Ayrim odamlar öylaganidek nuragan hovli devorini tiklab beradigan şaxs emas, balki davlatning içki tartib-intizomini takomillaştirib boruvçi birlaşgan tizim.

Inson, avvalo özi, ijtimoiy hayotda mustaqil yaşaşga erişişi, özini mustaqil şaxs sifatida namoyon qila olişi kerak. Ana şunda özi uçun ham yaşaşga intiladi. Va mustaqillikni qadrlay biladi. Şu kunlarda ona tiliga eʼtibor muammosi tagida ham baʼzi bir odamlar ongida böysuniş, mutelik, birovning qöliga qarab yaşaş aqidalari unsurlari saqlanib qolganligi sezilib qoldi. Demak, qaysidir manfaatdor davlatga tegişli, odamlar ongida buzğunçilik kayfiyatini uyğotadigan, ayniqsa, eskilikni qömsaşga çorlaydigan jamğarma guruhining noxolis tarğibotidan ehtiyot böliş zarur. Yuqoridagi murojaat özaro tinçlik va totuvlik yölida siyosat yuritayotgan har qanday davlatga qarşi qaratilgan navbatdagi axborot-psixologik xurujning bir körinişini eslatadi.

Dunyo tajribasidan maʼlumki, keyingi paytlarda ayrim şaxslar orasida boqimandalik, birovning qöliga qarab yaşaş, omonatga xiyonat qiliş, özganing mulkini özlaştiriş oddiy narsaga aylanib borayapti. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda ildiz otayotgan iğvoli xabarlarning tarqalişiga turtki bölayapti.

Bu odam ham köpni körgan

Keling, şu örinda, boqimandalik qanday paydo bölişi, odamni ne köyga solişini ayrim misollar orqali tahlil qilib körsak, öylaymizki, bu foydadan xoli bölmaydi.

Odatda köpni körgan, köpçilik bilan suhbatda bölgan odamga nisbatan: “Bu odam köpni körgan, uning bilganida hikmat bor, hayotning aççiq-çuçugini totgan-da”, deyilişini bilamiz. Ammo dunyoning biz bilmagan ajabtovur tomonlari ham bor-da. Abror Eşpölatov (ismi şarifi özgartirildi) ham köpni körgan, biroq u tört devori beton, zax va qoron­ğu xonada, atrofi sim tör bilan öralgan panjara ortida köpçilik bilan hamsuhbat bölgan, öz ongi-tafakkuri doirasida tajriba almaşgan, uning özlaştirgani öğirlik qilib yengil pul topiş, özganing hisobidan yaşaş kabi aqidalar böldi.

Avvalo, bunga kim sababçi? Axir ona qornidan dunyoga kelgan çaqaloq pokiza, mömin va mömina bölib tuğiladi-ku. Bir askiyada: “Qöşnining tovuq katagidan tuxum öğirlab kelgan öğliga onasi: Tovuği qani?” degani yoki daladan arqon öğirlab kelgan öğliga otasi: “Endi xökizga öt”, degan gapi har qanday qin­ğirlik, avvalo, oiladan boşlanişini anglatadi. Axir, “Quş uyasida körganini qiladi”, degan maqol bekorga aytilmagan. Boqimandalik ham avval oilada ildiz otadi…

Yöqsa, Abror endigina qirqqa kirgan, qirçillama yoşda, tadbirkorlik qilib bölsa-da, halol pul topib, oilasi bağrida mazmunli va betaşviş yaşaşi mumkin edi. Ammo bungaça tört marta sudlanib, jazoni ijro etgani, mahbuslar içida yaşab, baʼzilarining butkul odamgarçilikdan çiqib qolganini körib, bilgani unga yetarli bölmadi.

Abror eski qiliğini taşlamadi. Yengilga yöl­doş, oğirga yotdoş böldi. Garçi panjaradoş hamsuhbatlaridan birovning pinjiga kirişning, iliq söz ila suhbatdoşini işontirişning hadisini olgan bölsa-da, har gal uning omadi çopmadi…

Abror ötgan yilning 6 dekabrida bozorda eski tanişi Maratni uçratib qoladi, ikki oşna ulfatçilik qiliş bahonasida ul-bul xarid qilişadi. Marat uyda heç kim yöqligini, xotini onasini körgani ketganini aytib, uni uyiga taklif qiladi. Qiziq, axir, Marat uning ğirt öğri ekanini, bir neça bor sudlanganini bilardi. Bila turib uni uyi­ga boşlab borişi ajablantiradi odamni. Balki bunga spirtli içimlik sabab bölgandir… Axir kun­ora aroq içuvçining dösti, ulfati bölmaydi…

Abror ulfati Maratning ança badavlat yaşaşini bilardi. “Yangi sarguzaşt” uçun reja tuzdi. “Qança spirtli içimlik içsang ham mast bölmaysan-a”, deb uni maqtadi. Bu gapdan havolangan Marat ölarday içdi. Mast bölib, uxlab qoldi. Abror esa…

Xuddi özining uyida yurgandek, xonalarni tintib çiqdi. Jami 4.000.000 sömlik bolalar kiyim-keçagini ömarib, ğoyib böldi. Eh Abror, u huquq-tartibot organi xodimlaridan yaşirinib böl­masligini, uzo­q­qa qoçib ketolmasligini anglamadi. Tört million söm bilan “örmon egalari” ham uni safiga qabul qilmasdi…

Abror Eşpölatov beşinçi bor sudning qora kursisida aybiga iqror böldi. Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Olmazor tuman sudi binosidagi oçiq sud majlisida, sudya Muso Yusupov raisligida, uning “yangi qilmişi” körib çiqildi. Sud hayʼati tomonidan A.Eş­pölatovning aybiga töliq iqror bölgani, puşaymonligi, yetkazgan zararini qoplagani baribir eʼtiborga olindi. Şunga qaramay, omma uçun xavfli şaxsligi tufayli u Özbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan 8  yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Aslida ham qöli egrilik, birovning qöliga qarab yaşaş boqimandalikdan, qaramlikdan boşqa narsa emas.

Körinib turibdiki, jamiyatimiz bozor siyosati tizimiga öta boşladi. Endilikda odamlarda könikma hosil qiliş muhim masala hisoblanadi. Buning uçun hamon “davlat qilib berişi kerak”, degan tuşunça bilan yaşayotganlar ongida mustaqil va hur yaşaş tamoyili şakllanişi lozim. Şundagina odamlar jilla qursa özi uçun qayğuradi, özi uçun yaşaşga intiladi…

Sanoqda bor, sonda yöq

OAVlarida tar­qatilgan hali hovuri bosilmagan, çöği öçmagan xabarlarga köra, endigina baloğatga yetgan, mustaqil hayot keçiriş sari odimlaş arafasida turgan ikki öspirin-yoş “kiberjinoyatçi”lik yölini tanlaşgani odamni taşvişga soladi. Ular özganing plas­tik kartasidagi mablağni, oqibatini öylamay, yeçib olib, şaxsiy mafaati uçun işlatib kelişgan. Ammo tan oliş kerak, keyingi paytlarda bunday voqealar köpçilikni hayratlantirmay ham qöydi.

Ajablanarlisi, ota-onasi, qarindoşlari ularning xatti-harakatlariga nahotki befarq qaraşgan? Aslida heç joyda işlamaydigan bolasi uyga mömay pul kötarib kelsa yoki oşna-oğaynilari bilan maişat qilib yursa, bu holat ularni qiziqtirmaganiga işonging kelmaydi… Agar begidir kelayotgan pulga mahliyo bölib bolasini alqagan bölsa, ular öz farzandining, jigarining kelajagini barbod qilgani şu-da.

17-19 yoşni qoralagan Ğanişer bilan Elbek (ism­lar özgartirilgan) avvaliga özlarida mavjud önlab sim-kartalar va “Web­money” ilovasi orqali birovning bank kartasidan istaganiça pul yeçib olişgan. Masalan, kiberjinoyatçilar Çilonzor tumanida yaşovçi fuqaroning 24 (yigirma tört) million söm pulini, açinarlisi, nogiron, kasalmand farzandini davolataman deb, bank kartasida pul saqlagan yana bir beçoraning mablağini, heç kimga indamay, közini çirt yumib ömarişgan. Miloddan avval yaşagan yunonistonlik donişmand Aris­totel: “Eh, hozirgi yoşlar özgarib ketdi”, deganda nimani nazarda tutgan ekan…

Savol tuğiladi: ular öziga meros qolgan buyumni asragandek, içki çöntagida saqlab yurgan önlab bank kartalarini qayerdan olgan ekan? Axir, bank kartalari köçada soçilib yotmaydi-ku?!

Kiberjinoyatçilar poytaxtdagi, mutaxassislar öta zararli deb yoşlarni ogoh etayotgan kompyuter klublaridan foydalanib, birovlarning kartasidagi millionlab pullarini bemalol özlarining hisoblariga ötkazib olganini eşitib: “Şaharning darvozasi bormi özi?” devorganingizni bilmay qolasiz. Kompyuter, internet klublari faoliyati, albatta, yoşlarning dunyoviy bilim olişlarida, til örganişlarida beqiyos imkoniyatlar yaratganini eʼtirof etiş kerak. Ammo bu klublarga hamma yoşlar ham ezgu niyatda taşrif buyurişmas ekan-da…

“Paynet” tizimida tajriba oşirgan şaxs: “Qöni-qöşnilardan “Telegram”da odamlar xayriya uçun pul yiğişini eşitgandim. Lekin ular har doim ham töğrilikça pul yiğişmas ekan, köpinça firibgarlik qilişarkan. Men öşa aldoqçi odamlarni çuv tuşirmoqçi edim. Oson pul topişga özim ham qiziqib ketibman…”, deydi qölga olingaç.

Özingizga maʼlum, birovning bank kartasidan şunçaki pul ömarib bölmaydi. Çunki plastik kartalarning xavfsizligi taʼminlangan. Buning uçun kiberjinoyatçi bank kartasida millionlab mablaği bor odamni aniqlaşi, telefon raqamini topişi kerak böladi. Suriştiruv jarayonida unga zarar körgan odamning qöşnilari, tanişlar foiz evaziga yordam bergani maʼlum bölgan.

Ular telefon qilişib: “Sizga yordam bermoqçi edim, bank kartangiz hisob-raqamini aytsangiz, beş yuz ming söm köçiraman”, deydi. Beş yuz ming­ni eşitgan sodda şoşib qolişi tayin, darrov raqamlarni dona-dona qilib aytadi. Oradan maʼlum vaqt ötgaç, özining mablağidan bir tiyin ham qolmaganini, aldanganini tuşunadi. “Pulning yuzi issiq”, deb şuni aytişsa kerak-da. Bölmasa odamlar şunçalar sodda bölişarmidi…

Agar sizga ham kimdir qönğiroq qilib: “Bank raqamingizga pul köçiraman”, desa oson pul topişni yoki “Bolam oğir kasal, davolatişga pulim yöq, yordam bering”, desa savob uçun mablağingizni darrov köçirişdan oldin kimligini tegişli organlardan sörab biling, ke­yin muloqotga kirişing. Şunda çuv tuşib qolmaysiz.

Yusuf Jörayev,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan