Eʼtiborsizlik, loqaydlik şunçalikmi?
Tandirda pişgan issiq nonni kim xuşlamaydi deysiz. Qişloq joylarda esa tandirxonasi bölmagan uyni topiş qiyin. Ammo ayrimlar uni somonxonaning yoniga qurişayotgani, alal-oqibat yonğin sodir bölişiga sabab bölayapti. Eʼtiborsizlik, loqaydlik qanday noxuş oqibatlarga olib kelişini öylamayotirlar.
Iştixon tumaniga qaraşli Isaxon qişloğida yaşovçi fuqaro A.Saidxonovning turmuş örtoği B.Ravşanova tandirga olov yoqqanda undan uçgan çöğni şamol uçirgan, çöğ molxona yonidagi somon ğarami ustiga tuşib, yona boşlaganda uy bekasi çöğni öçirişga ulgurolmaydi. Natijada molxona tomining 30 kv. metr joyi va unda saqlanayotgan bir qişga yetarli somon yonib, kulga aylangan.
— Yaxşiyam öt öçiruvçilar vaqtida yetib keldi. Bölmasa, olov uyga ötib ketardi, — deydi xonadon sohibi.
Bu ham mayli, bunisiga nima deysiz: tumandagi Köktepa qişloğilik N.Mamarasulov qurilişi töliq bitmagan uyiga somon ğaramini joylaydi. Körgilikni qarang, xonadon bekasi M.Karimova hovlini supurib-sidirib bölgaç, çiqindisini aynan bitmagan uy oldiga töplab yoqib yuboradi. Olov çöği havoda uçib, somon ğarami ustiga tuşadi. “Voy do-od, uyga öt ketdi!!!” — hayqiriğidan qöşnilar jonlanadi.
Ammo gurullab yonayotgan olov birpasda bitmagan uyning 25 m.kv şifti yoğoçlarini va mollarga ozuqalik uçun yiğilgan somonni kulga aylantiradi.
Tuman yonğin xizmati xodimlari xalq orasida yonğinning oldini oliş borasida profilaktik suhbatlar va tegişli tuşuntiriş işlari olib borişayotganiga qaramasdan, joriy yilning ötgan davrida tumanda 70 ga yaqin yuqoridagi kabi noxuş holatlar röy bergani açinarlidir. Şu sabab ayrim loqayd va eʼtiborsiz fuqarolarga nisbatan qonuniy çora körişga töğri kelayapti.
Özlari moddiy zarar körişayotgani rost, binoyiday kişilarning molxona yoniga tandirxona qurişlari yoki somonni qurilişi bitmagan uyda saqlaşlarini körib, nahotki şunça narsaga yetgan aqlingiz şunga yetmaydi, degingiz keladi.
Azizbek Röziyev,
Samarqand viloyati,
Iştixon tumani FVB YOXB inspektori,
katta serjant.
