Matbaaçilar va noşirlarni tayyorlaydigan muhim maskan
Kuni keça, aniqroği 5 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi Noşirlik yaʼni matbaa sohasida mutaxassislarni tayyorlaş kollejining oçiliş marosimi bölib ötdi.
— Bugun Agentligimiz tasarrufidagi Noşirlik kolleji binosi öquvçilar uçun foydalanişga topşirilmoqda. Kollej kelgusida yetuk matbaaçilar va noşirlarni tayyorlaydigan muhim maskanga aylanadi, deb işonaman, — dedi tadbirda söz olgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Boş direktori Komil Allamjonov.
Muassasa 540 öquvçiga möljallangan bölib, binolar töliq kapital taʼmirdan çiqarildi. Xalqaro taʼlim standartlariga mos şart-şaroitlar yaratildi. Axborot-resurs markazi, darsxonalar va öquv laboratoriyalari hamda sport zali zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
— Uşbu dargoh kelajakda yoşlarning dunyo standartlari darajasida ilm olişi va yetuk mutaxassis bölib yetişişi uçun eng ilğor texnologiyalar bilan taʼminlandi hamda ular öta zamonaviy öquv uslubi asosida bilim oliş imkoniga ega bölişadi, — dedi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori örinbosari Saida Mirziyoyeva.
Endilikda “Özbekiston”, “Öqituvçi”, Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “Şarq” naşriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi mazkur öquv muassasaning hamkorlari etib belgilandi. Eng muhimi, uşbu kollejda taʼlim va hunar örganuvçi yoşlar nazariy bilimlarini yuqoridagi korxonalarda amaliyotda sinab körişadi.
Öz muxbirimiz.
