Özbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI. Özbekiston Milliy Axborot Agentligi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, söz va axborot erkinligini taʼminlaş, fuqarolarning axborot olişga bölgan konstitutsiyaviy huquqlarini kafolatlaş borasida yetarli darajada qonun hujjatlari qabul qilinib, sohaning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.

Şu bilan birga, matbuot, ommaviy axborot vositalari, axborot tarqatiş, aholini xolis va tezkor axborot bilan taʼminlaş, mamlakatimizda sodir bölayotgan yangiliklarni çet davlatlarga, çet davlatlardagi voqea-hodisalarni mamlakatimiz aholisiga tezkorlik bilan yetkaziş böyiça amaldagi tizim bugungi kun talablariga javob bermayapti.

Özbekistonda amalga oşirilayotgan tub islohotlarning asl mazmuni va mohiyati haqida xolis xabarlarni aholining barça qatlamlariga hamda dunyo hamjamiyatiga tezkorlik bilan va sifatli yetkaziş, milliy axborot makonini rivojlantiriş, global axborot maydonida respublikaning örnini yanada mustahkamlaş, şuningdek, Özbekiston Milliy axborot agentligi faoliyatini yanada rivojlantiriş maqsadida:

1. Özbekiston Milliy axborot agentligi (keyingi örinlarda — ÖzA) respublika hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy axborotlarni tarqatuvçi rasmiy axborot agentligi ekanligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.

2. ÖzAning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilansin:

yurtimizning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid rasmiy maʼlumotlarni izlaş, oliş, qayta işlaş hamda axborot, axborot-tahliliy, tahliliy-tanqidiy materiallar tayyorlaş va tarqatiş;

Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, rasmiy bayonotlari va maʼruzalarini, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Hukumatining qarorlari va ularning faoliyatiga oid axborotlarni muntazam yoritib boriş;

respublikaning içki va taşqi siyosatini, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, jamiyatimizda keçayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy özgarişlar va yangilanişlarni tezkor yoritiş;

jamoatçilikning katta qiziqişini uyğotayotgan voqealarning mohiyati böyiça fuqarolarda xolis fikrni şakllantiriş hamda maʼlumotlardan buzğunçi va boşqa ğayriqonuniy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatini bartaraf etiş uçun aholini bunday hodisalar haqida öz vaqtida xabardor qilib boriş;

axborot xurujlari va mafkuraviy tahdidlarning oldini olişga qaratilgan çoralarni amalga oşirişda davlat organlari va ularning axborot xizmatlari bilan uzviy hamkorlik qiliş va ulardan tizimli ravişda statistik, tahliliy va boşqa turdagi maʼlumotlarni oliş;

boşqa ommaviy axborot vositalari, jismoniy va yuridik şaxslar foydalanişi uçun yurtimizning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy va madaniy rivojlanişiga oid maʼlumotlar (axborot, foto va video materiallar) bazasini şakllantiriş;

öquvçilar uçun qulay va qiziqarli şaklda Özbekiston xalqining öziga xos madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari, mamlakatning köp yillik tarixi va ilm-fan rivojiga qöşgan hissasini namoyiş etişga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oşiriş;

yurtimizda yuz berayotgan özgarişlarni dunyo­ga keng tarqatiş, jahonda sodir bölayotgan voqea-hodisalar haqida mamlakatimiz aholisiga tezkor axborot yetkazib beriş, xorijdagi axborot agentliklari va boşqa ommaviy axborot vositalari, media-tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantiriş.

3. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, ÖzA va Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining respublika ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangiliklar böyiça fuqarolarda xolis fikrni şakllantiriş, ularga axborot-tahliliy, şu jumladan, audio va video axborotlar yetkaziş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş maqsadida ÖzA tarkibida Media markaz taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Quyidagilar Media markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

axborot-tahliliy va multimedia materiallar, eşittiriş va körsatuvlar, voqea joyidan onlayn reportajlar tayyorlaş, audio va video materiallarni qayta işlaş, ularni ÖzAning veb-saytiga joylaştiriş va ommaviy axborot vositalariga belgilangan tartibda yetkazib beriş;

axborotni qayta işlaş va tarqatişning zamonaviy usullaridan, jumladan, infografika, mouşn-grafika, ijtimoiy rolik, 360 formatidagi video va boşqalardan keng foydalaniş;

davlat organlari mutaxassislarini jalb qilgan holda amalga oşirilayotgan islohotlar va yangilanişlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatçilikka yetkaziş.

4. ÖzA huzurida uning faoliyatini tizimli yölga qöyiş hamda davlat organlari va nodavlat taşkilotlar bilan samarali hamkorlikni örnatiş böyiça Maslahat kengaşi (keyingi örinlarda — Maslahat kengaşi) tuzilsin.

Quyidagilar Maslahat kengaşining asosiy vazifalari etib belgilansin:

ÖzA faoliyati haqida keng jamoatçilik fikrini tahlil qilgan holda uning samaradorligini yanada oşiriş hamda agentlikning axborot makonidagi örni va rolini kuçaytiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;

ÖzA faoliyatining rivojlaniş darajasini örganiş, agentlikka metodik tavsiyalar beriş, uning işida yuzaga keladigan muammo va kamçiliklarni bartaraf etişga kömaklaşiş;

davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, şu jumladan, ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlik qiliş rejalarini belgilaş, tadbirlarni taşkil etiş va ötkazişda amaliy yordam körsatiş;

xalqaro va xorijiy axborot agentliklari, xorijiy mamlakatlar ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik dasturlarining işlab çiqilişi va amalga oşirilişiga kömaklaşiş va ular ijrosini muntazam ravişda muhokama qilib boriş.

5. Belgilab qöyilsinki:

Maslahat kengaşi öz faoliyatini jamoatçilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvçi kollegial organ hisoblanadi;

Maslahat kengaşiga ÖzA boş direktori rahbarlik qiladi hamda uning tarkibi ommaviy axborot vositalari sohasidagi taşkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, şuningdek, mustaqil ekspertlardan şakllantiriladi;

Maslahat kengaşi tarkibining uçdan bir qismi har 2 yilda yangilanib boriladi.

ÖzA boş direktori (A. Köçimov) ikki hafta muddatda Maslahat kengaşi tarkibini tasdiqlasin.

6. Quyidagilar:

Özbekiston Milliy axborot agentligi xodimlarining umumiy çeklangan soni 155 nafar, şu jumladan, boşqaruv xodimlarining soni 13 nafardan iborat bölgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

Özbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpoğiston axborot agentligi (keyingi örinlarda — Qoraqalpoğiston axborot agentligi) xodimlarining umumiy çeklangan soni 13 nafar, şu jumladan, boşqaruv xodimlarining soni 2 nafardan iborat bölgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

ÖzA tomonidan 2022 yil 31 dekabrga qadar çetdan olib kelinganda bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod etiladigan texnika vositalari röyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Belgilab qöyilsinki:

ÖzA boş direktori va uning örinbosarlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

ÖzA boş direktori maqomi, mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şart-şaroitlariga köra vazirga, uning birinçi örinbosari va örinbosari esa tegişliça vazirning birinçi örinbosari va vazir örinbosariga tenglaştiriladi;

Qoraqalpoğiston axborot agentligi direktori maqomi, mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şart-şaroitlariga köra ÖzA boş direktori örinbosariga tenglaştiriladi.

8. Quyidagilar ÖzA va Qoraqalpoğiston axborot agentligi faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib belgilansin:

Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablağlari;

ÖzA va Qoraqalpoğiston axborot agentligining byudjetdan taşqari mablağlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.

9. ÖzA boş direktoriga:

a) ÖzA va Qoraqalpoğiston axborot agentligi tuzilmasi ştatlar soniga xodimlarning belgilangan umumiy çeklangan soni va mehnatga haq tölaş fondi doirasida özgartirişlar kiritiş;

b) ÖzAning byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan:

davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, yetakçi xalqaro taşkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini, şuningdek, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni maslahatçi sifatida jalb etiş;

ijodiy tanlovlar ötkaziş, tanlov iştirokçi va ğoliblarini mukofotlaş, şuningdek, ÖzAning xodimi bölmagan faol mualliflarni rağbatlantiriş;

ÖzA moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş, agentlik xodimlarini moddiy rağbatlantiriş, şu jumladan, ularga ustamalar tölaş;

zarur hollarda, mintaqaviy muxbirlik punktlarida qöşimça ştat birliklarini joriy etiş huquqi berilsin.

10. ÖzA:

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelişgan holda bir oy muddatda ÖzA va Qoraqalpoğiston axborot agentligi xodimlarining mehnatiga haq tölaş böyiça razryadlari va ştatlar jadvalini tasdiqlasin;

2020 yil 1 mayga qadar muddatda foydalanuvçilar uçun qulay, audio va video axborotlarni tar­qatiş, tarqatilayotgan axborotlarni tijorat yöli bilan yuklab oliş imkoniyatlari mavjud bölgan ÖzAning axborot portalini işga tuşirsin.

11. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklari ÖzA bilan birgalikda ikki oy muddatda tegişliça:

Qoraqalpoğiston axborot agentligini joylaştiriş uçun bino ajratiş va uni Qoraqalpoğiston Respublikasi byudjetining qöşimça manbalari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boş­qa manbalar hisobiga taʼmirlaş va jihozlaş;

ÖzAning viloyatlardagi mintaqaviy muxbirlik punktlarini taşkil etiş uçun viloyatlar markazlaridan zarur şart-şaroitlarga ega binolardan tekin foydalaniş huquqi asosida joy ajratiş, ularni belgilangan tartibda taʼmirlaş va jihozlaş çoralarini körsin.

12. ÖzA:

Özbekiston Respublikasi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyişlari, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyişlari, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda rasmiy statistik töplamlari, şu jumladan, ularning elektron şakllari majburiy ravişda yuboriluvçi taşkilotlar röyxatiga;

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş töğrisida iltimosnoma kiritişi mumkin bölgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boşqa davlat taşkilotlari röyxatiga kiritilsin.

13. Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş markazi, “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksaliş” umummilliy harakatiga mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar jarayonining borişi haqidagi tadqiqot materiallarini eʼlon qilib boriş uçun ÖzAga doimiy ravişda taqdim qilib boriş tavsiya etilsin.

14. Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi ÖzAga jahondagi yetakçi axborot agentliklari va xalqaro axborot agentliklari uyuşmalari bilan axborot almaşiş böyiça hamkorlik örnatişda amaliy yordam körsatsin.

15. ÖzA Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda uç oy muddatda ilğor xal­qaro tajribani örgangan holda ÖzAning ijodiy va texnik xodimlari mehnatiga haq tölaş tizimini bozor tamoyillari asosida takomillaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

16. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uşbu qarorni amalga oşiriş bilan boğliq xarajatlarni 2019 yilda ijtimoiy soha böyiça tasdiqlangan byudjet parametrlari doirasida ajratsin, 2020 yildan boşlab esa Özbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutsin.

17. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uşbu qaror mazmunidan kelib çiqqan holda bir oy muddatda ÖzA töğrisidagi yangilangan nizomni tasdiqlasin.

18. ÖzA manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga uşbu qarordan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Uşbu qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasining Boş vaziri A.N. Aripov va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari örinbosari F.Ş.Mahmudov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Ş. Mirziyoyev

Toşkent şahri,

2019 yil 2 dekabr

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan