Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezonidir

Prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi maʼruzasi

Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, barçangizni, butun xalqimizni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yillik bayrami bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarimni izhor etişga ijozat bergaysiz.

Hurmatli döstlar!

Har bir davlat öz istiqlol va taraqqiyot yölini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlaşga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini özining Konstitutsiyasi — Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, öz xalqining xohiş-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bölgan mamlakat özi belgilagan yuksak marralardan heç qaçon oğişmasdan, doimo oldinga qarab boradi.

Tarixga nazar solsak, asrlar davomida şakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya şakliga kelganini köramiz.

Konstitutsiya başariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yaşaş, mulkka ega böliş, taʼlim oliş, mehnat qiliş, saylaş va saylaniş kabi huquqlarini, söz hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga kötardi.

Mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Kons­titutsiyamiz şaxs, jamiyat va davlat örtasidagi munosabatlarda özaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravşan belgilab berdi.

Boş qomusimiz, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼi nazar, yurtimiz fuqarolari tengligining kafolatlanişini eʼtirof etdi va zamonaviy demokratik taraqqiyot uçun zamin yaratdi.

Aynan şu sababli Konstitutsiyamizni ehtirom bilan uluğlaşimiz, har tomonlama örganişimiz, unga izçil amal qilişimiz, Asosiy qonunimizda mujassam bölgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoşlarimiz qalbiga singdirişimiz zarur.

Hurmatli yurtdoşlar!

Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning şukuhi, qudrati va tarkibi yöqoladi”, deb taʼkidlagan edilar.

Şu nuqtai nazardan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlaş biz bunyod etayotgan demo­kratik huquqiy davlatning boş mezoni hisoblanadi.

Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinçlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi taʼminlanişi bilan bevosita boğliq.

Qonun ustuvorligi – bu davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari çiqarayotgan hujjatlar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bölişi şart, deganidir.

Şu boisdan ham barça böğindagi kadrlar, u xoh vazir, hokim yoki oddiy fuqaro bölsin, Konstitutsiya va qonunlarni puxta bilişi, ularning ijrosini töğri taşkil etişi hamda birinçi navbatda bu qoidalarga butun jamiyat aʼzolari qatʼiy amal qilişi şart bölgan muhit yaratişimiz zarur.

“Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – farovon hayot garovi” degan tuşunça fuqarolarimizning ongi va qalbida çuqur örin egallaşi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanişi uçun quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratiş lozim, deb hisoblayman.

Birinçidan, qonunlar ijrosini samarali taşkil etiş, tizimli muammolarni oldindan köra biliş, qonun buzilişining salbiy oqibatlariga qarşi kuraşiş bilan birga bunday holatni barvaqt bartaraf etişga qaratilgan tizimni şakllantiriş ayniqsa, dolzarbdir. Afsuski, uşbu talablar bizda hali töliq bajarilmoqda, deb ayta olmaymiz.

Şu yilning özida 70 dan ortiq qonun, 350 dan ziyod Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Bu qonun hujjatlari kim uçun va nima maqsadda qabul qilinmoqda? Albatta, xalqimiz farovonligi uçun.

Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirişning muhim şarti bölgan “Davlat-xususiy şerikligi töğrisida”gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy böldi. Köpdan buyon kutilgan, hayotning özi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt işladik. Uşbu hujjat fuqarolarning davlat va jamiyat vazifalarini bajarişga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oşirişning taʼsirçan mexanizmidir.

Hozirgi vaqtda ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy şeriklik böyiça loyihalarni amalga oşiriş boşlandi. Ammo soğliqni saqlaş, taʼlim, transport, yöl qurilişi, kommunal xöjaligi kabi yönalişlarda, aksariyat hududlarda hali bu borada taşabbus umuman sezilmayapti.

Vazir yoki hokim qonunning mazmun-mohiyatini tuşunmasa, anglab yetmasa, uni hayotga tatbiq etişda jonbozlik körsatmasa, islohotlarimizning oldinga yurişi, odamlarda taşabbus uyğotiş qiyin böladi.

Hududlardagi ekin maydonlarida ruxsatnomasiz, özboşimçalik bilan quriliş qiliş, bino-inşootlarni betartib buziş kabi noxuş holatlar qonunlar ijrosini nazorat qiliş işlari oqsayotganidan dalolat beradi. Şu bois Parlament, Hukumat va Oliy sud qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini taʼminlaşning samarali mexanizmlarini qöllaşi zarur.

Bu borada kadrlarni öqitiş va malakasini oşirişga, huquqiy axborotni zamonaviy usullar orqali keng ommaga yetkazişga, qonunlarni biliş va qöllaş böyiça mutasaddi rahbarlar faoliyatini baholaş mezonlarini işlab çiqişga birinçi darajali eʼtibor qaratiş lozim.

Ikkinçidan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erişişda jamoatçilik nazoratidan köra samarali vosita yöq.

Buyuk yunon olimi Aflotun şunday degan edi: “Xalq qonunlarga ehtiyoj sezib, ularni puxta örgansa, bu faqat uning öziga foyda keltiradi. Aks holda qonundan közlangan maqsadga erişib bölmaydi”.

Haqiqatan ham, xalqimiz qonun buzilişiga qarşi qattiq turmas ekan, davlat idoralari, mansabdor şaxslar qançalik urinmasin, qonun ustuvorligini taʼminlaş qiyin böladi.

Bugun jamoatçiligimiz tom maʼnoda uyğondi, endi turli lavozimdagi şaxslarning xatti-harakatlariga odamlarimiz bevosita baho berib, öz fikrini erkin ifoda etişga örganmoqda.

Yakunlanayotgan yilda Davlat byudjeti ilk bor keng muhokama etilib, oçiqlik va oşkoralik ruhida qabul qilindi. Unda turli vazirlik va idoralar har bir sömni nimaga va qanday xarajat qilişi aniq körsatib berildi.

Fuqarolarimiz va deputatlarimiz bildirgan fikrlar asosida maktablarga mebel va kompyuterlar xarid qiliş uçun byudjet xarajatlarini qisqartiriş hisobidan 50 milliard söm qöşimça mablağ ajratildi. Bunday ijobiy holat bizning tajribamizda birinçi marta yuz berayotganini alohida qayd etiş lozim.

Yoki köpçiligingiz xabardorsiz, keyingi paytda joylarda daraxtlarni ommaviy ravişda kesiş kuçayib ketgan edi. Bu odamlarning noroziligiga sabab böldi. Şuning uçun yaqinda daraxtlarni sababsiz kesişga qarşi moratoriy eʼlon qilindi. Bu ham jamoatçilik fikri qanday kuçli taʼsirga ega ekaniga misol böla oladi.

Bularning bari odamlarimizning ijtimoiy jarayonlarga nisbatan masʼuliyat va daxldorlik hissi oşib borayotganini körsatadi.

Ayni vaqtda jamoatçilik nazorati “bir tomonlama vosita”ga aylanib qolmasligi kerak.

Davlat idoralari faqat fuqarolarga emas, balki özlariga nisbatan tanqidiy fikrlarni ham adolat bilan, xolis körib çiqişlari lozim. Şahar va qişloqlarimiz qiyofasini özgartiriş, quriliş va obodonçilikka oid qarorlar, dastlab öşa hududdagi aholi örtasida muhokama qilinib, jamoatçilik ekspertizasidan ötkazilişi şart.

Yana bir masalaga diqqatingizni jalb qilmoqçiman.

Konstitutsiyaga asosan sudlar öz faoliyatida mustaqil, lekin ularning çinakam nazoratçisi xalq bölişi kerak.

Sudlar va tergov idoralari biron-bir iş yuzasidan çiqarilgan qaror böyiça fuqarolarning jamoaviy murojaatlariga tuşuntiriş va huquqiy izohlar berişi zarur.

Şuni aniq tuşunib oliş lozimki, jamoatçilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning özini özi boşqariş usuli, boşqaça aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirişning muhim omillaridan biridir.

Şuning uçun Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş böyiça maslahat kengaşi, Fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş markazi, Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi kelgusi yilda har bir soha va tarmoq böyiça jamoatçilik nazoratini amalga oşirişning taʼsirçan tizimini yaratişga boş-qoş bölişi va taşabbus körsatişi lozim.

Jamoatçilik nazorati, birinçi navbatda, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari, moliya, bank, taʼlim, soğliqni saqlaş, kommunal xöjalik, energetika va transport sohalarida joriy etilişi zarur. Şuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat körsatiş sifati kabi masalalar ham doimo jamoatçilik nazoratida bölişi darkor.

Uçinçidan, ommaviy axborot vositalari qonuniylikni qaror toptirişda çinakam “jamiyat közgusi”ga aylanişi kerak.

Söz erkinligini taʼminlaşga qaratilgan islohotlar ötgan uç yilda jamiyatimiz hayotida tub buriliş yasadi.

Bugungi kunda xalqimiz orasida yurib, uni qiynayotgan ijtimoiy muammolarni körsatib berayotgan eng katta kuç – bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari vakillaridir.

Demokratik islohotlarimiz natijasida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar mansabdor şaxslarni öz işini qonuniy asosda töğri taşkil etişga undamoqda. Şu sababli ham davlat organlari faoliyati töğrisidagi maʼlumotlarni jamoatçilikka töliq va tezkor yetkaziş maqsadida ularning har birida matbuot xizmati iş boşladi.

Aslida, demokratik jamiyatda barça davlat xizmatçilari ommaviy axborot vositalari bilan yaqin ijtimoiy hamkorlik qilişga örganişi kerak.

Maʼlumki, bugungi kunda anʼanaviy axborot vositalari bilan birga Internet, ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar jamoatçilik fikrini şakllantirişda katta rol öynamoqda.

Davlat va jamiyat boşqaruvida, kundalik faoliyatimizda oçiqlik va oşkoralik tamoyillarini kuçaytiriş maqsadida biz fuqarolarning söz erkinligi, axborot oliş va tarqatişga oid konstitutsiyaviy normaning ijrosini amalda töliq taʼminlaşimiz zarur. Buning uçun esa birinçi galda ommaviy axborot vositalari haqidagi qonunçilikni takomillaştiriş kerak va biz bu borada faol iş olib bormoqdamiz.

Şu munosabat bilan jamoatçilik nazorati ham, ommaviy axborot vositalari ham yagona bir maqsadga, yaʼni xalqimizni rozi qiliş va uning turmuşini yaxşilaşga qaratilganini hammamiz birdek anglaşimizni istardim.

Har bir davlat organi ijtimoiy tarmoqlarda öz sahifasiga ega bölişi, amalga oşirayotgan işlari haqida, kerak bölsa, har kuni batafsil maʼlumot berib borişi şart.

Yana bir marta takrorlayman, Özbekistonda jamoatçilik nazorati va ommaviy axborot vositalari vakillarining qonuniy haq-huquqlariga heç qanday şaklda tazyiq ötkazişga yöl qöyilmaydi.

Törtinçidan, qabul qilinayotgan qonunlar olib borayotgan islohotlarimiz bilan uyğun bölgan taqdirdagina işlaydi.

Bu – ayni haqiqat, aksiomadir. Lekin ayrim qonunlarimiz zamon talablariga mos emas. Şu bois qonunlarni ijro etiş mexanizmlarini aniq tizim asosida yaratiş – dolzarb vazifamizdir.

Kelgusi yildan boşlab Adliya vazirligi qonunçilikni yangilaş va tizimlaştiriş böyiça mutlaqo yangi iş uslubiga ötişi zarur. Bunda Konstitutsiyamiz normalari huquqiy poydevor bölib xizmat qilişi lozim.

Beşinçidan, biz qançalik mukammal qonunlar yaratmaylik, qanday islohotlar ötkazmaylik, agar fuqarolarimizning huquqiy bilimi, ongi va madaniyati yetarli bölmasa, kutilgan natijalarga erişiş muşkul böladi.

Huquqşunos olimlarning bundan bir neça asr avval “Huquqni anglaş masʼuliyat hissini rivojlantiradi”, deb aytgan hikmatli sözlari heç qaçon öz dolzarbligini yöqotmaydi. Boşqaça aytganda, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat, huquqiy ong va madaniyat har bir fuqaroning, har bir mansabdor şaxsning hayot va faoliyat tarziga aylanmoği kerak. Lekin ana şunday huquqiy masʼuliyatni bugun hammada ham şakllantira olayapmizmi?

Afsuski, bu savolga hozirça ijobiy javob berolmaymiz. Misol uçun, dehqonlarimizning fidokorona mehnati bilan yaratilgan nonni xalqimiz uluğ va aziz neʼmat sifatida ğoyatda qadrlaydi. Nonning qadrini ayniqsa, rizq-rözimiz bunyodkori bölgan dehqon va fermerlarimiz juda yaxşi biladilar.

Bugun uşbu muhtaşam saroyda ularning eng munosib vakillarini körib turganimdan juda xur­sandman.

Bu yil Qişloq xöjaligi xodimlari kuni Konstitutsiya bayrami bilan bir kunda nişonlanayotgani bu ayyomga özgaça fayz bağişlamoqda.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barça dehqon va fermerlarni çin qalbimdan samimiy muborakbod etib, ularga yuksak hurmat va ehtirom bildirişga ruxsat etgaysiz.

Biz uçun non qançalik aziz va qadrli bölsa, zahmatkaş dehqonlarimiz, ularning mehnati ham şunçalik aziz va qadrlidir.

Haqiqatan ham, uruş va oçarçilikni boşidan keçirgan bobo va momolarimiz bizga bolalikdan boşlab nonni közimizga surtib eʼzozlaşni örgatganlar. Bu bizning buyuk qadriyatimizga aylangan. Şu maʼnoda, Yaratganning bebaho neʼmatlarini, hayotdagi ijobiy özgarişlarni qadrlaş tuyğusini farzandlarimiz qalbiga yoşligidan singdirib borişimiz zarur.

Yaşirişning hojati yöq, oliy öquv yurtiga öqişga kiriş, tadbirkorlikni boşlaş uçun ruxsatnoma yoki litsenziya oliş, soliq tölaş kabi köp-köp kundalik hayotiy masalalarni hal etişda “qonunni çetlab ötiş” bizning şaroitimizda yomon bir odatga aylangan edi.

Bunday illatning ildizlarini qirqişga qaratilgan işlarni, qanday qiyin bölmasin, asta-sekin amalga oşirmoqdamiz. Jumladan, bolalarni boğçaga joylaştirişga elektron navbat, maktablar va oliy taʼlimga öqişga qabul qilişda oçiq va oşkora tartiblar yaratildi. Şuningdek, “yagona darça” tamoyili asosida 100 dan ortiq davlat xizmatlari körsatilmoqda.

Ammo bu özgarişlar tufayli jamiyatimiz salbiy illatlardan, qonunga bepisandlik holatlaridan batamom qutuldi, deb aytişga hali erta.

Oçiq tan oliş kerak, aksariyat odamlarimiz bu masalada loqayd va beparvo bölib qolmoqda. Bugun olib borayotgan islohotlarimiz yölidagi eng katta tösiq ham aslida şu emasmi?

Ayrim fuqarolarimiz boşqaruv idoralaridan masʼuliyat talab qilişni yaxşi biladi-yu, lekin özining jamiyat oldidagi, qonun oldidagi masʼuliyati va majburiya­tini unutib qöyadi. Holbuki, Özbekistonni yangilaş, milliy yuksalişni yangi bosqiçga kötariş bu – öz-özidan, osonlikça bölayotgani yöq.

Hammangiz körib turibsiz, qançalik oğir va murakkab bölmasin, bugungi kunda zarur kuç va imkoniyat, mablağ topib, qança-qança katta dastur va loyihalarni amalga oşirmoqdamiz. Yangi-yangi korxonalar, yöl va köpriklar, boğça, maktab va şifoxonalar, madaniyat va sport inşootlari, köplab uy-joylar quryapmiz va Xudo xohlasa, bunday işlarimizni yanada köpaytiramiz.

Xalqimizda “Qars ikki qöldan çiqadi”, degan maqol bor. Agar öylab qarasak, bu maqol Konstitutsiyamiz normalariga ham töla mos keladi. Yaʼni, Asosiy qonunimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari bilan birga, ularning burç va majburiyatlari ham aniq belgilab qöyilgan.

Köpni körgan muhtaram keksalarimiz, faol fuqarolarimiz, aziz opa-singillarimiz, ziyolilar, nav­qiron yoşlarimiz bugungi islohotlarni har tomonlama qöllab-quvvatlab, ularda fidoyilik bilan iştirok etayotgani şaxsan menga katta kuç-quvvat bağişlaydi. Imkoniyatdan foydalanib, barçangizga, butun xalqimizga buning uçun çin yurakdan alohida minnatdorlik bildiraman.

Işonçim komil, biz mana şunday tinç va osoyişta hayotimizni qadrlab, özaro hurmat va ahilligimizni asrab-avaylab, şukrona qilib yaşasak, Yaratganimiz öz neʼmatini xalqimizga yanada ziyoda qilib beradi.

Aziz döstlar!

Biz jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltiriş borasidagi işlarimizni uzluksiz davom ettirişimiz zarur.

Huquqiy tarbiyani maktabgaça taʼlim tizimidan boşlaşimiz, bu boradagi ilk könikmalar ona allasi kabi farzandlarimiz qalbidan umrbod joy olişi darkor.

Konstitutsiyamiz har bir fuqaroning ongi va qalbidan çuqur joy olgan, ularning huquq va erkinliklarini töliq kafolatlaydigan haqiqiy hayot qomusiga aylanmoği lozim.

Har bir soha va yönaliş, taʼlimning barça bosqiçlari uçun huquqiy madaniyatni yuksaltirişning ilmiy asoslangan dasturi tayyorlanişi kerak. Bunda, avvalambor, Konstitutsiyani örganişga jiddiy yondaşiş lozim. Umumtaʼlim maktablari uçun “Konstitutsiya alifbosi”, “Konstitutsiya saboqlari”, “Konstitutsiya asoslari” kabi darsliklarni yaratiş zarur, deb hisoblayman.

Adliya, Maktabgaça taʼlim, Xalq taʼlimi, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirliklari bu işlarga masʼul böladi.

Uşbu fanlardan dars beradigan öqituvçilarni tayyorlaşda ularning siyosiy, huquqiy va maʼnaviy saviyasiga alohida ahamiyat beriş lozim. Şuningdek, hayotdagi adolat tantanasi, qonuniy haq-huquqlar tiklangani haqida qiziqarli körsatuvlar, seriallar, badiiy filmlar, teatr asarlari yaratiş ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Umuman olganda, qonun va adolat tantanasi uçun kuraşadigan insonlar bugungi kunning qahramonlari bölişi kerak. Aynan şunday odamlarning hayoti şoir va adiblar, rejissyorlar, jurnalistlar uçun ijodiy mavzu böladi, deb öylayman.

Qadrli vatandoşlar!

Inson huquq va erkinliklariga amal qilinişini taʼminlaş, har bir şaxsning qadr-qimmatini eʼzozlaş biz barpo etayotgan oçiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas xususiyatidir. Bunday prinsip Asosiy qonunimizda qatʼiy belgilangan.

Konstitutsiyada xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai sifatida muhrlab qöyilgan va bunda çuqur maʼno bor. Bu qoidalar mamlakatimizda demokratiya umum­insoniy tamoyillarga asoslanişi, davlat öz faoliyatini faqat inson va jamiyat farovonligini közlab amalga oşirişini anglatadi. Buni birgina şu yilning ötgan davrida Xalq qabulxonalariga kelib tuşgan 880 mingdan ortiq murojaatning 510 mingdan ziyodi ijobiy hal etilgani ham tasdiqlaydi.

Şu munosabat bilan hamma rahbarlarga yana bir bor eslatib ötmoqçiman. Bizga umid va işonç bildirgan, bizni rahbar etib saylagan, el-yurtimizni, har bir fuqaroni rozi qiliş asosiy burçimiz ekanini heç qaçon unutmaylik. Xalq bizdan rozi bölsa – Yaratgan ham bizdan rozi böladi.

Konstitutsiyamizda inson, uning hayoti, erkinligi, şaʼni, qadr-qimmati va boşqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida mujassam etilgani bejiz emas. Ana şu prinsipni amalga oşiriş uçun bizda qatʼiy siyosiy iroda va yetarli imkoniyatlar mavjud. Buning uçun biz, avvalo, quyidagi muhim vazifalarni hal etişimiz zarur.

Birinçidan, inson huquqlarini taʼminlaş samaradorligini yanada oşiriş uçun milliy strategiyamiz bölişi lozim.

Keyingi yillarda mamlakatimizda bu borada keng kölamli işlar amalga oşirilayotgani sizlarga yaxşi maʼlum.

Bu yilning özida “Şaxsga doir maʼlumotlar töğrisida”gi, “Jabrlanuvçi, guvohlarni va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Şuningdek, Xalqaro mehnat taşkilotining “Majburiy mehnat töğrisida”gi, “Sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi töğrisida”gi konvensiyalari ratifikatsiya qilindi. Bu bizning majburiy mehnatga qarşi kuraşiş borasidagi qatʼiy va özgarmas pozitsiyamizni ifoda etadi.

Sönggi yillarda jinoyat sodir etgan şaxslarni afv etiş böyiça 8 ta farmon qabul qilinib, 4 ming­dan ziyod şaxs jazoni ötaş joylaridan ozod qilindi. Ana şu işlarimizning mantiqiy davomi sifatida kuni keça navbatdagi farmonga imzo çekdim. Unga binoan jinoiy qilmişiga çin dildan puşaymon bölib, tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 92 nafar mahkum afv etilib, ular erkin hayotga qaytariladi.

Bu yil Jasliq qörğonidagi jazoni ijro etiş koloniyasini yopganimiz ham ana şunday insonparvar siyosatning amaliy namunasi böldi.

Ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarga pensiya va ijtimoiy suğurta tölaş tartibi birinçi marta amaliyotga kiritildi. Natijada manzil-koloniyalarda jazoni ötayotgan pensiya yoşidagi 709 nafar mahkumga pensiya pullari tölab berilmoqda.

Biz avval yöl qöygan xatomizni tuzatib, uşbu toifadagi fuqarolarning Konstitutsiyamizda belgilangan pensiya oliş huquqini taʼminlaş yölida dastlabki qadamni qöydik.

Joriy yilda “Mehr-1” va “Mehr-2” insonparvarlik tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Ana şu tadbirlar doirasida Yaqin Şarqdagi qurolli mojarolar maydonidan, Afğonistondan 261 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar yurtimizga qaytarib olib kelindi. Ularga zarur tibbiy va moddiy yordam körsatildi.

Inson huquqlarini taʼminlaş haqida gapirganda, ötgan uç yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, uşbu yilda 5 ming 868 nafar yurtdoşimiz Özbekiston fuqaroligiga qabul qilinganini taʼkidlaşni istar edim. Lekin bu sohada hali qiladigan işlarimiz köp.

Avvalo, yuqorida zikr etilgan Milliy strategiyani işlab çiqib, şu asosda mazkur yönalişdagi siyo­satimizni izçil amalga oşirişimiz kerak. Uşbu strategiyada inson huquq va erkinliklariga oid konstitutsiyaviy tamoyillarni röyobga çiqariş mexanizmlari aniq-ravşan belgilanişi lozim.

Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qiliş mada­niyatini şakllantiriş, şu orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirişimiz zarur.

Milliy strategiya doirasida inson huquqlarini öqitişning uzluksiz tizimini yaratiş, umumtaʼlim maktablari, oliy öquv yurtlari, kadrlarni qayta tayyorlaş markazlarida “Inson huquqlari”, “Bola huquqlari”, “Ayollar huquqlari” nomli maxsus öquv kurs­larini joriy etişning vaqti-soati keldi, deb öylayman.

Ikkinçidan, huquqni muhofaza qiluvçi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yölida oğişmay xizmat qiladigan idoralarga aylantirişimiz lozim.

Ötgan uç yilda jabrlanuvçilar, guvohlar va jinoyat protsessining boşqa iştirokçilarini himoya qiliş tizimi yaratildi. Nodavlat sud-ekspertiza taşkilotlari fao­liyatiga ruxsat berildi. Sohani rivojlantiriş böyiça ustuvor yönalişlar va zarur çora-tadbirlar tasdiqlandi.

Xabaringiz bor, ötgan yillarda tintuv jarayonini, olingan körsatmalarni hodisa sodir bölgan joyda tekşiriş, tergov eksperimenti kabi protsessual harakatlarni video tasvir orqali qayd etiş şartligi qonuniy asosda belgilangan edi.

Biroq aholi bilan muloqotlar huquq buzilişi xavfi bölgan boş­qa holatlar böyiça ham şunday çoralarni qöllaş zarurligini körsatmoqda. Xususan, şaxsni uşlab turiş, unga protsessual huquqlarini tuşuntiriş kabi jarayonlarni, agar u himoyaçidan voz keçsa, bu holatni ham majburiy tarzda video tasvirga tuşiriş tartibini örnatiş zarur.

Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan uşlangan şaxs maxsus binoga olib kelinganidan keyin bu haqda uning oila aʼzolari darhol xabardor qilinişi kerak. Buni suriştiruvçi, tergovçi va boşqa vakolatli şaxsning majburiyati sifatida qonunda aniq belgilab qöyişni taklif etaman.

Bundan taşqari, şaxsni uşlab turiş va uning huquqini çeklaydigan boşqa protsessual majburlov çoralarini qöllaş holatlarini hisobga olişning elektron tizimiga ötiş zarur. Bu jarayonda inson omili iştirokini iloji boriça kamaytiriş lozim.

Kelgusi yildan boşlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qiliş tartibi joriy etiladi. Şu orqali suriştiruv va dastlabki tergov jarayonida muvozanatni, yaʼni özaro tiyib turiş tamoyillarini taʼminlaş imkoni yaratiladi. Bunday muhim özgariş ham bizning tajribamizda birinçi marta joriy etilmoqda.

Sir emas, ilgari prokuratura idoralari nihoyatda yopiq, nazoratdan xoli bir organga, taʼbir joiz bölsa, oxirgi instansiyaga aylanib qolgan edi. Buning oqibatida qança-qança odamlar nohaq jabr çekkani, adolatsizlikka duçor bölgani ham ayni haqiqat. Qançalik oğir va noxuş bölmasin, biz şu haqiqatni tan olib, bu sohada qonuniylik va adolatni qaror toptirişga kirişdik.

Işonamanki, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qiliş böyiça rivojlangan demokratik mamlakatlarda amal qiladigan bunday tajribani joriy etiş hayotimizda adolat mezonini mustahkamlaşda ulkan qadam böladi.

Sudlarning çinakam mustaqilligini taʼminlaş biz uçun eng ustuvor vazifadir. Ayniqsa, sud biron-bir mansabdor şaxs­ning qöli yetadigan idoraga aylanib qolişiga mutlaqo yöl qöymaslik şart. Şu sababli sud işlariga aralaşgani yoki sudga bosim ötkazgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş lozim.

Keyingi paytda Xalq qabulxonalariga kelib tuşayotgan murojaatlarning aksariyati sud, prokuratura, içki işlar idoralari fao­liyatidagi kamçiliklarga taalluqli. Şuni inobatga olib, uşbu idoralar xalqimiz bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimini yaratişi zarur. Har bir ariza va şikoyatning qonuniy yeçimi ana şu idoralar rahbarlari faoliyatiga berilgan baho böladi.

Bunday yangi özgarişlarni avvalo, xalqimiz, jumladan, yurtimizda qonun ustuvor ekaniga işonib sarmoya kiritayotgan çet ellik hamkorlarimiz har tomonlama his qilişlarini istardim.

Uçinçidan, advokatura institutini takomillaştiriş orqali inson huquqlarini taʼminlaşni yangi bosqiçga kötariş zarur.

Bu tizimning huquqiy maqomini kuçaytiriş, advokatlar vakolatlarini kengaytiriş böyiça bir qator işlar amalga oşirildi. Lekin hali öz yeçimini topmagan muammolar ham bor. Misol uçun, 33 milliondan ortiq Özbekiston aholisiga faqatgina 4 mingta advokat xizmat körsatayotganini ijobiy baholab bölmaydi.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi advokatlarning 60 foizi 50 yoşdan oşgan şaxslardir. Ular orasida 30 yoşga tölmagan yoşlar 70 nafarga ham yetmasligini qanday izohlaş mumkin?!

Bunday açinarli holatga bar­ham beriş uçun avvalo advokatlar nufuzi va maqomini oşiriş, advokatura institutining mustaqilligini taʼminlaşimiz şart.

Yaqin istiqbolda Advokatura ins­titutini rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqiş lozim. Heç bir idora advokatlarning fao­liyatiga tösqinlik qilmasligi şart.

Ayni vaqtda advokatlarga nisbatan qöyiladigan malaka talablari ham uşbu konsepsiyada töliq aks etişi zarur. Bu borada biz rivojlangan davlatlarning ilğor tajribasini har tomonlama örganişimiz kerak.

Törtinçidan, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, dinlararo bağrikenglik, mamlakatimizda va xorijda fuqarolarimizni kafolatli himoya qiliş bundan buyon ham davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri bölib qoladi.

Şu maqsadda fuqarolarimizning muqaddas ziyoratlarni ado etiş bilan boğliq imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Jumladan, umra ziyoratiga boruvçilar soni 10 mingdan 30 mingtaga, haj ziyoratiga boruvçilar esa 5 mingdan 7 ming 200 nafargaça oşirildi, safar bilan boğliq xarajatlar esa kamaytirildi.

Umuman, sönggi yillarda mamlakatimizda vijdon erkinligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan katta işlar sizlarga yaxşi maʼlum, deb öylayman.

Bugungi kunda mahalliy va xorijiy nufuzli ekspertlar iştirokida biz “Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida”gi qonunning yangi tahriri ustida iş olib bormoqdamiz. Uşbu qonun fuqarolarimizning vijdon va eʼtiqod erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini töla taʼminlaşga xizmat qiladi.

Muhtaram majlis iştirokçilari!

Xorijda vaqtinçalik mehnat qilayotgan fuqarolarimiz va ularning oila aʼzolarini himoya qiliş böyiça ham tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari böyiça respublika komissiyasi tuzildi. Hukumat tarkibida Xorijda vaqtinçalik mehnat qilayotgan Özbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti taşkil etildi.

Biroq çet elga işlaş uçun fuqarolarni jönatiş bilan şuğullanayotgan baʼzi bir xususiy firmalar odamlarni aldayotgani haqidagi materiallar matbuot sahifalarida eʼlon qilinmoqda. Departament uşbu firmalar faoliyatini qatʼiy nazoratga olişi lozim.

Özbekiston Respublikasi, mamlakat içkarisida yoki taşqarisida bölişidan qatʼi nazar, öz fuqarolarini huquqiy himoya qiliş, ularga homiylik körsatişni bundan buyon ham kafolatlaydi va barça çoralarni köradi.

Buning uçun, jumladan, xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz tomonidan körsatilayotgan konsullik xizmatlarini elektron şaklga ötkaziş lozim. Toki çet eldagi fuqarolarimiz boşqa şahardan konsullik bölimlariga bevosita özi kelib, ovora bölib yurmasin.

Taşqi işlar va Adliya vazirliklari kelgusi yilda uşbu tizimni töliq işga tuşirişga masʼul etib belgilanadi.

Beşinçidan, xotin-qizlar va erkaklar örtasida huquqiy tenglikni mustahkamlaşga mamlakatimizda jiddiy eʼtibor berilmoqda.

Xotin-qizlar qömitasi va uning hududiy bölimlari butunlay yangitdan taşkil etilgani, ularga qöşimça vakolat va imkoniyatlar berilib, tölaqonli faoliyat yuritişi uçun zarur şaroitlar yaratilgani bu yölda yangi qadam böldi.

Joriy yilda Konstitutsiyamizning 46-moddasiga asosan “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarni izçil amalga oşirişda parlament va jamoatçilik nazorati nihoyatda zarur, deb öylayman.

Kelgusida ham onalik va bolalikni himoya qiliş, xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini hal etiş davlatimizning diqqat markazida böladi.

Keyingi paytda köplab ayollarimiz davlat va jamiyat boşqaruvi, iqtisodiyot, moliya-bank, taʼlim-tarbiya, soğliqni saqlaş, madaniyat va boşqa sohalarda masʼul rahbarlik lavozimlariga kötarilmoqda.

Özingiz ayting, joylarda odamlarning dardu taşvişlarini, oila va mahalladagi ahvolni kim hammadan köra köproq biladi, kim hammadan yaxşiroq his qiladi? Albatta, hurmatli va mehribon ayollarimiz emasmi?

Heç şubhasiz, ijtimoiy muammolarni aniqlaş va ularni öz vaqtida hal etişda, boşqaruv samarasini oşirişda opa-singillarimizning örni va taʼsiri juda katta. Şuning uçun biz xotin-qizlarning jamiyatdagi örni va mavqeini oşiriş, ularga turli masʼul vazifalarni işonib topşirişga qaratilgan siyosatni yanada faol davom ettiramiz.

Oltinçidan, fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan mulk huquqi daxlsizdir va doim davlat himoyasida böladi.

Biz ötgan yillar davomida tadbirkorlik yölidagi ortiqça çeklovlarni bartaraf qiliş, ularning faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralaşuvini qatʼiy çeklaş borasida salmoqli işlarni amalga oşirdik. Jumladan, korrupsiyaga yöl oçib berayotgan yer ajratiş amaliyoti tubdan isloh qilindi. Bu jarayon endilikda yer ajratiş elektron tizimi orqali amalga oşirilmoqda.

Kelgusi yil 1 yanvardan boşlab hokimlarning qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni olib qöyiş böyiça vakolati xalq deputatlari Kengaşlariga beriladi. Bu özgariş ham mulk daxlsizligini taʼminlaş yölidagi jiddiy qadamlardan biridir.

Bundan taşqari, yerni olib qöyiş va kompensatsiya tölaşning yangi tartibi, yer faqat mulk egasining roziligi bilan olinişiga oid qoidalar joriy qilindi. Şu bilan birga, mulk daxlsizligi töğrisidagi qonunlarga amal qilmagan mansabdor şaxslarga nisbatan, ular qanday lavozim egasi bölişidan qatʼi nazar, javobgarlik kuçaytirildi. Şuningdek, kompensatsiya miqdori töğrisida taraflarda kelişmovçilik vujudga kelsa, endi bunday holatlar faqat sud yöli bilan hal etiladi.

Maʼlumki, şu paytga qadar hokimlar yerdan foydalaniş huquqini beradigan qarorlarni özlari qabul qilar, vaqti kelganda esa, ularni özlari bekor qilişi ham mumkin edi. Endi ana şu vakolatni çeklaşning fursati yetdi. Çunki bunday vakolat faqat hokimga berilişi turli adolatsizliklarga sabab bölişini köp misollar körsatmoqda. Bunday masalalar endi faqat sud tartibida hal qilinadi.

Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik subʼyektlarining mulkiy huquqlarini noqonuniy çeklaş bilan boğliq holatlar aniqlangan taqdirda, unga tadbirkor manfaatlarini közlab sudga murojaat qiliş huquqini beriş lozim.

Sohada oçiqlik va oşkoralikni taʼminlaş uçun hokimlarning fuqarolarga yer beriş haqidagi qarorlarini tegişli saytlarda eʼlon qilib boriş amaliyotini yölga qöyiş kerak.

Biz jismoniy va yuridik şaxs­larning mulk huquqi kafolatlarini taʼminlaş maqsadida xalqaro andozalarga javob beradigan islohotlarimizni bundan buyon ham qatʼiy davom ettiramiz.

Bir söz bilan aytganda, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etiş uçun biz hayotimizning barça jabhalarida konstitutsiyaviy nazoratni kuçaytirişimiz zarur. Bu esa pirovard natijada inson huquq va erkinliklarini, uning şaʼni, qadr-qimmati, mol-mulkining daxlsizligini saqlaş, fuqarolarning mehnat qiliş, taʼlim oliş, tibbiy yordamdan foydalaniş kabi eng asosiy huquqlarini töla taʼminlaş imkonini beradi.

Qadrli yurtdoşlar!

Maʼlumki, şu yil 22 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va xalq deputatlari Kengaşlariga saylovlar bölib ötadi.

“Yangi Özbekiston – yangi saylovlar” şiori ostida ötayotgan bu kampaniya mamlakatimiz siyosiy hayotidagi ğoyat muhim voqeadir.

Konstitutsiyamizga muvofiq, fuqarolar davlat va jamiyat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga ega. Saylovda öziga maʼqul bölgan nomzod yoki biron-bir partiya ilgari surayotgan das­tur uçun ovoz beriş, ularni qöllab-quvvatlaş vakillik demokratiyasining yaqqol körinişidir.

Ötgan qisqa davrda saylovga oid 21 ta qonun tizimlaştirilib, Özbekiston tarixida ilk bor yagona Saylov kodeksi qabul qilindi. Bu milliy qonunçiligimizni mustahkamlaş, demokratik saylovlarni ötkazişni yanada takomillaştiriş yölidagi muhim qadam böldi.

Mazkur kodeksdagi eng katta yangilik siyosiy maydonning töliq siyosiy partiyalarga berilişi bilan boğliq, desak, adaşmagan bölamiz. Unga muvofiq, siyosiy partiyalar Qonunçilik palatasiga bölib ötadigan saylovda ilgaridek 135 ta emas, balki töliq – 150 ta saylov okrugidan öz nomzodlarini körsatadi.

Özbekiston Ekologik harakati uçun belgilangan kvotaning bekor qilingani ham siyosiy maydonda soğlom raqobatni şakllantirişga xizmat qiladi.

Saylov kodeksiga muvofiq siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlari ham kengaytirildi. Endi vakil saylov komissiyasi majlislarida, hujjatlarni topşirişda, imzo varaqalari qanday töldirilganini tekşirişda qatnaşadi. Şuningdek, u saylov uçastkasida ovozlarni sanab çiqişda iştirok etiş huquqiga ham ega.

Bularning barçasi saylov jarayonida oçiqlik va oşkoralikni, jamoatçilik nazoratini oşirişga xizmat qiladi.

Bu yilgi saylovlarda fuqarolarimiz erkin ovoz berişlari uçun joylarda 6 ming 720 ta okrug va 10 ming 253 ta saylov uçastkasi taşkil etildi.

Fuqarolarning saylaş va saylanişga oid huquqlari yanada kengaytirildi va amalda bölgan köplab çeklovlar bekor qilindi.

Konstitutsiyamizda belgilangan fuqarolarning saylovda iştirok etiş huquqini taʼminlaş maqsadida bu yil yangi bir qadam qöydik. Endi oğir va öta oğir bölmagan jinoyatlarni sodir etgan şaxslar ham saylovda iştirok etiş huquqiga ega böldi. Şu asosda bölajak saylovlarda ozodlikdan mahrum etilgan 1 ming 905 nafar şaxs ham iştirok etişi uçun qonuniy imkoniyat yaratildi.

Heç şubhasiz, yangi Saylov kodeksi va undagi 30 dan ortiq yangi demokratik qoidalar saylov qonunçiligimizni yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.

Bu yil mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya saylovda iştirok etmoqda. Xalqimiz hayotiy muammolar va ularning yeçimini yaxşi biladigan, islohotlar samarasiga xizmat qiladigan qonun va qarorlar qabul qilişda jonbozlik körsatadigan, katta bilim va malakaga ega insonlar deputat bölişini xohlaydi. Şuning uçun köppartiyaviylik asosida saylanadigan yangi parlamentimiz, birinçi navbatda, xal­qimiz va Vatanimiz manfaatlarini himoya qilişga qodir bölgan deputatlardan iborat bölişi lozim.

Saylov jarayonida önlab xalqaro taşkilotlar, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining tölaqonli missiyasi kuzatuvçilari hamda 40 dan ortiq xorijiy davlatdan 600 dan ziyod kuzatuvçi qatnaşişi kutilmoqda.

Uşbu saylovlar orqali xalqimiz bugungi islohotlarimizga baho bersa, jahon hamjamiyati yangilanayotgan Özbekistonga baho beradi.

Öylaymanki, har bir yurtdoşimiz özining konstitutsiyaviy va fuqarolik burçini, Vatanimiz taqdiri va kelajagi oldidagi masʼuliyatini anglab, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz tinçligi va farovon hayoti uçun, farzandlarimizning baxti va kamoli uçun ovoz beradi.

Aziz va muhtaram vatandoşlarim!

Barçamizga yaxşi maʼlumki, hozirgi kunda dunyo şiddat bilan özgarmoqda. Insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar tobora kuçayib bormoqda. Jahon miqyosida şaf­qatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarşiliklar, savdo uruşlari ğoyat keskin tus olmoqda.

Mana şunday murakkab şaroitda biz faqat xalqimizning aql-zakovati, bukilmas irodasi va salohiyatiga, öz kuç va imkoniyatlarimizga tayanib, ayni vaqtda dunyo hamjamiyati bilan hamkor bölib, dadil oldinga borişimiz şart. Bu borada bizga Konstitutsiyamiz hamişa rahnamo bölib, beqiyos kuç-qudrat manbai bölib xizmat qiladi.

Biz bugun öz oldimizga katta-katta maqsadlar qöyib, marrani baland oldik.

Özbekistonda demokratik islohotlar muqarrar tus oldi va heç kim, heç qanday kuç bizni öz tanlagan yölimizdan qaytara olmaydi.

Bu — bugungi hayot, bugungi zamon talabi.

Bu — köp millatli, bağrikeng, mehnatkaş va olijanob xalqimizning xohiş-istagi.

Va biz xalqimizning tub manfaatlari, uning ezgu orzu-intilişlarini ifoda etadigan ana şunday siyosatni jadal davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki uni yangi, yanada yuksak bosqiçga kötaramiz.

El-yurtimiz, jahon hamjamiyati bizga katta işonç bilan qaramoqda. Ana şu yuksak işonçga har tomonlama munosib bölib, qatʼiyat bilan olğa intilib, közlagan uluğ maqsadlarimizga birgalikda albatta yetamiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi marosimda iştirok etayotgan, ezgu taşabbus va islohotlarimizni qöllab-quvvatlab kelayotgan muhtaram elçilarga, xalqaro taşkilotlar vakillariga öz nomimdan, xalqimiz nomidan çeksiz minnatdorçilik bildirişga ruxsat bergaysiz.

Sizlarni, butun xalqimizni qutluğ ayyom – Konstitutsiya kuni bilan yana bir bor çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Barçangizga mustahkam soğlik, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman.

Eʼtiboringiz uçun rahmat.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan