Ozod va erkin hayotimizning mustahkam poydevori

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan 7 dekabr kuni “Özbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tantanali marosim bölib ötdi. Unda davlat va jamoat arboblari, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, sanʼat va sport namoyandalari, keng jamoatçilik, yurtimizda faoliyat körsatayotgan diplomatik korpus va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev xalqimizni uşbu qut­luğ ayyom bilan muborakbod etib, Asosiy Qonunimizda belgilangan fuqarolarning huquq va manfaatlari, mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etiş yölidagi ustuvor yönalişlar haqida maʼruza qildi.

Özbekiston yangi taraqqiyot yölidan olğa ildamlamoqda. Barça sohada jadal surʼatda olib borilayotgan islohotlar, avvalo, xalqimiz farovonligini yuksaltirişni maqsad qilgan. Öziga xos yil sarhisobiga aylangan Kons­titutsiya bayramida yakunlanayotgan yilda bajarilgan işlar köz oldimizdan öta­di, nimalarga erişa oldigu, qaysi vazifalarni uddalaşda sustkaşlikka yöl qöyildi, degan savol köndalang böladi.

Davlatimiz rahbari öz maʼruzasida şu masalaga eʼtibor qaratdi. Mamlakatimizda qonuniylikni taʼminlaş, davlat va jamiyat boşqaruvida, kundalik hayo­timizda oçiqlik va oşkoralik tamoyillarini qaror toptiriş, xalqimizni rozi qiliş borasidagi vazifalarga töxtaldi.

Prezidentimiz öz maʼruzasida qonun ustuvorligini taʼminlaş demokratik huquqiy davlatning boş mezoni hisoblanişi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari işlab çiqayotgan hujjatlar, mansabdor şaxslarning xatti-harakatlari faqat va faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga muvofiq bölişi şartligini alohida taʼkidladi. Konstitutsiya va qonun ustuvorligiga erişişda jamoatçilik nazoratidan samarali vosita yöq ekani, qonuniylikni qaror toptiriş, qonun buzilişiga qarşi kuraşiş borasida jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari “uyğongani” qayd etildi.

Boş qomusimizda belgilangan insonparvar tamoyillar töla amalga oşirilmoqda. Sönggi yillarda Prezidentimizning jinoyat sodir etganlarni afv etiş böyiça 8 ta farmoni qabul qilinib, 4 mingdan ziyod şaxs jazoni ötaş joylaridan ozod qilindi.

Ötgan uç yilda 9 ming 692 nafar, jumladan, bu yil 5 ming 868 nafar şaxs Özbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvçi organlarni faqat va faqat xalq manfaati yölida oğişmay xizmat qiladigan idoralarga aylantiriş zarurligini taʼkidladi.

Tantanali marosimda yurtimiz sanʼat ustalari va yoş ijroçilar iştirokida konsert dasturi namoyiş etildi.

ÖzA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan