Obröni sotib olib bölmaydi
Xalqimizning hikmatga töla gaplari köp. Maʼnosi yombidek bebaho maqol va naqllari ham bisyor. Ulardan biri “Ustoz – otangdan uluğ” degan maqol bor.
Qarang-a, ustozni neçoğli şaraflovçi gap.
Baʼzida bu maqolni aynan, yaʼni sözma-söz talqin qilib: “Otadan ham uluğ bölarkanmi, otangdek uluğ deb aytaylik”, deb qolişadi. Aslida maqol aynan şunday, yaʼni “ustoz otangdan uluğ”deyiladi. Bu yerda ota nomi aslo kamsitilayotgani yöq. Balki ustoz maqomining xalqimiz tomonidan neçoğli qadri baland ekanligiga katta urğu berilmoqda. Mayli-da, nima bölganda ham ustoz, murabbiy, muallim zotini elimiz azal-azaldan otadek möʼtabar, uluğ körib, hamişa hurmat va ehtiromga munosib deb biladi. Buyuk bobomiz Alişer Navoiy ham bejiz:
“Kim sanga bir xarf öqitmiş ranj ila,
Aylamak bölmas ado, oning haqin yuz ganj ila”,
– deya yozmagan edi.
Çindan ham uluğ bobolarimizdan meros qadriyat bölmiş taʼlim-tarbiya masalasi millatimizning nafaqat buguni, balki ertasi, kelajagidir. Şu boisdan, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, yangilanişlarda taʼlim-tarbiya sohasi davlat siyosati darajasiga kötarilayotgani şunçaki bir islohot emas, balki bu davlatimizning ustuvor vazifasi deb belgilanganidan darak beradi.
Ehtimol, bu siyosatni kimdir tiyranroq, kimlardir sayozroq anglayotgandir, ammo taʼlim-tarbiya sohasidagi sönggi uç yil içidagi özgarişlarda – tarixiy qadamlar mujassam. Yaxşi bilamizki, mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev davlat Yölboşçisi sifatida dastlaboq, nomi uluğ bölsa-da, uzoq vaqt birov “xoling nima”, deya söramagan, Özbekiston FAsi akademiklari, taniqli ilm-fan namoyandalari vakillari bilan uçraşgan edi. Ular bilan dildan suhbat qurib, fikr almaşgandi. Öşanda olimlarni qiynab kelayotgan köplab masalalarga ijobiy yeçim topilgandi. Şundan söng, ötgan qisqa vaqt davomida maktabgaça taʼlim muassasalari tarmoğini kengaytiriş, maktab taʼlimida 11 yillik tizimga ötiş, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari faoliyatiga örinli baho beriş, nodavlat taʼlim xizmatlarini rivojlantiriş va albatta, oliy taʼlim sohasini ham keng isloh qilişga yöl oçildi.
Buning uçun avvalo, taʼlim dargohlarida xizmat qilayotgan insonlar mehnatini qöllab-quvvatlaş muhim edi. Şu boisdan, tizimda faoliyat olib borayotgan öqituvçilar maoşlari keskin oşirildi. Mehnat qiliş uçun zaruriy şart-şaroitlar yaratilmoqda. Ammo… tizimda, xususan, yurtimiz oliy taʼlim sohasidagi professor-öqituvçilarning işga bölgan munosabatida bugungi davrga mos özgariş sezildimi?
Yurtimizda olib borilayotgan oçiq-oşkora adolatli siyosat, taʼlim muassasalarida qay darajada öz aks-sadosini bermoqda?
Oçiği, bu savollarga sohada garçi oldingi yillardagidan köra ança ijobiy özgarişlar sezilgan bölsa-da, hamon köngilni töldiradigan, xuşnud etadigan javobni aytiş muşkul…
Xöş, oldingi yillarda, aytaylik, oliy taʼlimda ahvolimiz qanaqa edi?
“Bu savolga xojat bormikan, hamma biladi-ku” deysizmi? Mutlaqo haqsiz. Oliy taʼlimimiz butkul korrupsiya öçoğiga aylangan, bitta-yarimta bola “adaşib” öz bilimi bilan öqişga kirmasa, qabul jarayonlari oçiqçasiga “bozor”ga aylangan edi. “Rektor guruhi”, “bunker” degan atamalarni odamlar şunçaki öylab topişmagan edi-ku, axir!
Şuning uçun ham farzandlarimiz öqişga kiriş uçun qança tayyorlanmasin, “bali yetmas”, “omadi çopmay” qolaverar, oldindan gaplaşgan, röyxatga tuşganlargina talaba böliş baxtiga erişişi mumkin edi.
Eng yomoni, bu botqoq jarayon butunlay taʼlim tizimini jar yoqasiga olib kelib qöygandi.
Fojia şundaki, pora bilan öqişga kirgan talabalarning öqişi, semestr yopişi, yaʼni sinov imtihonlarni ham pul bilan yopişiga nima deysiz?
Yer şarining Osiyo va Şarq mintaqasidagi ayrim davlatlar ötgan qisqa vaqt içida dunyoning yetakçi davlatlarini ortda qoldirib, eng rivojlangan mamlakatlar safiga qöşildi. Bugunga kunda işlab çiqarişda, texnik taraqqiyotda va boşqa eksportga ehtiyoji baland tovarlarni sifatli işlab çiqarişda bu qadar oldinlab ketganini dunyo ahli haligaça aqliga singdirolmayapti.
Vaholanki, ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez közga çalinayotgandek, ularning yutuği, birinçi navbatda, taʼlim tizimini isloh qilganligi, örta taʼlim bosqiçining davlat tomonidan kafolatlanganligi va bunga rioya qilmagan har qanday şaxs keskin jazolanişi oliy taʼlimni isloh qilişda muhim bosqiç vazifasini ötadi. Oliy öquv yurtiga kiriş imtihonlarini topşiriş uçun kelgan abituriyentning bilim darajasi imkoniyatidan yuqori böldi. Şu tariqa Yaponiya, Janubiy Koreya va Indoneziya singari mamlakatlarning butunjahon bozoridan munosib örin egallaşiga mustahkam asos yaratildi.
Agar xorij oliy taʼlim tizimini mamlakatimizdagi oliy taʼlim yönalişi timsolida soliştirilsa, mutlaqo bir-biriga öxşamaydigan holat közga taşlanib qoladi. Bizda, afsuski, taniş-bilişçilik, qarindoş-uruğçilik, korrupsiya masalasi oydinlaşadi.
Şuning uçun ham yuqorida aytganimizdek, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev iş faoliyatini avvalo taʼlimni isloh qilişdan boşladi. Sababi bundan uç yil avval maktabni hatto aʼlo baholarga tugatgan köpgina öquvçi-abituriyentlarning nufuzli oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlarini öz bilimi bilan topşirişi amrimahol bölib qolgandi. Bilimsizlik ommalaşa boşladi. Ayniqsa, test savollarining DTM tomonidan öz istaganiça joriy etilişi istalgança nohaqliq qilişga imkon yaratdi. Test sinovlaridagi “ot öyinlari”ni heç kim “körmadi”. Imtihonlarga sira tap tortmasdan “röyxat”dagi abituriyentlarning test imtihon varaqlari oçiqçasiga olib çiqilib, “bunker”çilar tomonidan javoblar belgilab berilgaç, yana qayta imtihon bölayotgan auditoriyaga kiritib beriş hollari odatiy holga aylangan edi.
Ne tongki, xalqimiz bardoşli, sabr-qanoatli xalq. Ammo hamma bunday “savdo”lardan bezgan, adolat, haqiqat deganlari bir kun kelib tiklanişini umid qilişdan özga çorasi yöq edi. Arz qilganlar böldi, albatta. Ammo ularni birov eşitdimi, axir.
Prezidentimiz tomonidan maʼqullangan supper kontraktning joriy etilgani endilikda har bir abituriyentda talaba bölişdek öziga işonç tuyğusini uyğotdi. Bungaça-çi? Yetti yoşdan yetmiş yoşgaça maʼlum ediki, har bir oliy öquv yurtining öz stavkalari mavjud edi. Aytaylik, yuridik institutga kiriş uçun falon pul, iqtisodiyot yönalişiga piston pul… zarur bölar edi. Bunday şarmandali ahvol neça yillar davom etmadimi?!
Yaqinda nufuzli bir oliy taʼlim dargohining rektori vazifasidan olingani eʼlon qilindi. Buni eşitib, qaçonki yurtimizda hali-hanuz özgarmagan, bugun zamon nafasini his etmaganlar nahotki, endi orqaga yöl yöq ekanligini, nafs balosidan xalos bölib, halol va vijdonan mehnat qiliş davri kelganini anglaşlari şunçalar qiyinmi, deb öylab qoldim.
Prezidentimiz Özbekiston öqituvçi va murrabiylariga yöllagan bayram tabrigida şunday degan edi: “Eng muhimi, öqituvçi çinakkam vatanparvar bölişi zarur. Qalbida öz kasbiga, Vataniga mehr va sadoqat kuçli bölgan öqituvçigina haqiqiy vatanparvar şaxsni tarbiyalay oladi.”
Albatta, xalqimizning boyligi, ertasi bölgan farzandlarimiz taqdiri işonib topşirilgan insonlar – öqituvçilar orasida juda-juda fidoyi, halol, vatanparvar kişilar köp. Köp emas, ularning aksariyati şunday odamlardir. Ammo ular orasida noxolislar ham yöq emas.
Ha, oliy taʼlimda muammolar yiğilib qolgan ekan. Xöş, nima qilmoq kerak?
Bizningça, taʼlim tizimida ahvolni önglaş uçun birinçi navbatda, taʼlim sifatini oşiriş, ilğor dunyo tajribasini kengroq va dadil qöllaş zarur. Buning uçun esa albatta bunday dargohlarda xalol va pok, vijdonli insonlar faoliyat yuritişlari lozim böladi. Şundagina oliy taʼlimning nufuzi, obrösi oşadi. Obröni esa sotib olib bölmaydi.
A.Pardayev.
