Dunyoda har yili 1 trillion AQŞ dollari pora uçun “uzatiladi”mi?..

Korrupsiya — ijtimoiy-siyosiy vayronkor kuç bölib, u milliy iqtisodiyotni zaiflaştiruvçi, ijtimoiy tengsizlikni, uyuşgan jinoyatçilikni, xalq­ning davlat boşqaruv hokimiyatiga nisbatan işonçsizlikni yuzaga keltiruvçi, jamiyat maʼnaviy ongini izdan çiqaruvçi illatdir.

Islom dinida ham pora xarom qilingan bölib, bu borada köplab Hadislarda keltirib ötilgan, jumladan, Payğambarimiz pora olgan va bergan hamda vositaçilik qilgan şaxslarga nisbatan: “Pora beruvçiga ham, pora oluvçiga ham, ikkovi örtasida turib vositaçilik qilganga ham Ollohning laʼnati yoğilsin”, deya bu gunoh qattiq qoralanadi.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining maʼlumotlariga köra, dunyo­da har yili 1 trillion AQŞ dollari miqdorida pora beriladi. Natijada jahon iqtisodiyoti korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablağidan ayriladi. Bu esa jahon yalpi içki mahsulotining 5 foizini taşkil qiladi.

Jahon mamlakatlari orasida korrupsiyaning yoyiliş indeksi har yili “Transparency International” xalqaro taşkiloti tomonidan tahlil qilib boriladi.

Hokimiyatga pul bilan erişgan odam undan daromad olişga intiladi.

Aristotel.

Uşbu taşkilotning 2018 yil uçun indeksi 180 mamlakatni qamrab olgan bölib, olib borilgan örganişlar tahlili natijasida, indeks böyiça eng kam korrupsiyalaşgan davlatlar qatoriga Daniya va Yangi Zelandiya kiritilgan bölsa, eng köp korrupsiyalaşgan va körsatkiçlar 10 dan 13 gaça bölgan mamlakatlar sifatida Somali, Suriya va Janubiy Sudan körsatib ötilgan.

Özbekistonda ham mustaqillik yillarida baʼzi mansabdorlarning tadbirkorlar va fermer xöjaliklari mulklariga taʼmagirlik közi bilan qaraşi, bankdan kredit olişi yöliga sunʼiy tösiqlar qöyilişi zamirida korrupsiyaviy manfaatlar yotgani heç kimga sir emas.

Şuningdek, oliy taʼlim muassasasi, tanlov yuqori bölgan kollej va litseylarga öqişga kirişda, taʼlimni özlaştiriş oraliqlarida zaruriy ballarni töplaşda, ayrim “ustoz”larning taʼmagirligi, nufuzli va maoşi yuqori bölgan taşkilotlarga işga kirişda, turli tenderlarda iştirok etiş negizida ham korrupsiya avj olgani barçaga maʼlum.

Mazkur illatga qarşi kuraşiş borasida Özbekiston bir qator xalq­aro hujjatlarga qöşilişi bilan birga, özining milliy huquqiy negizini şakllantirib, ularni takomillaştiriş borasida muayyan işlarni olib bormoqda.

Jumladan, jamiyatda korrupsiyani kamaytirişda “Elektron hukumat töğrisida”gi qonunning roli eʼtiborga olinib, qonun asosida yaratilgan axborot almaşinuv tizimi barça boşqaruv taşkilotlarida joriy qilinib, 100 dan ortiq davlat xizmatlari elektronlaştirildi.

Ammo jamiyatda har bir şaxsning qonunlarga rioya etişi, imon va eʼtiqod bilan yaşaşigina uşbu illatga barham berişini taʼminlaydi.

L.Xöjaqulov,

“Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi xodimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan