Bahona jinoyatni oqlamaydi

Insonda masʼuliyat hissi bölmasa, na yaqinlari, na qonun oldidagi burçini anglamas ekan. Farğona viloyati Quva tumanida yaşovçi Musaffoxon Hojimatov oilasi bilan ajraşgan va farzandlari uçun ajratilgan 12 million söm miqdoridagi alimentni tölamay qoçib yurgan. Yaqinlarning taʼqibidan qoçib qutuliş mumkindir, lekin sud qarorini bajarmay uzoq vaqt yurişning iloji yöq.

Şu maʼnoda, ijroni taʼminlaş maqsadida, uning uyiga borgan majburiy ijro byurosi Quva tumani bölimi xodimi Ö.Tölqinjonovga M.Hojimatov qarşilik körsatib, temir jism bilan unga tan jarohati yetkazgan.

U zöravonlikning oqibatida avvalgidan ham yomonroq vaziyatga tuşdi. M.Hojimatov Özbekiston Respublikasi JK 105-moddasi 2-qismi “v” bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga tegişli jinoyat işi Tolmozor mahalla fuqarolar yiğini  binosi, oçiq sud majlisida körib çiqildi. Sud unga 3 yilu 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinladi va undan jabrlanuvçi Ö.Tölqinjonov foydasiga 7922000 söm miqdoridagi moddiy zararni undiriş belgilandi.

Elyorjon Abduraimov ham Quva tumanida yaşagan. Hali öttizga tölmagan bu yigit uyidagi 180 m2 ekin maydoniga beş tup “naşa” ösimligini ekib, parvarişlab kelgan. Bu işi qonunga xilof ekanini yaxşi bilgan, albatta. Lekin unga buyam kamlik qilgan şekilli, tumandagi “Guliston” MFY hududi ariq böyida ösib çiqqan, yovvoyi holdagi “naşa” giyohvandlik ösimligini ham yulib olib kelgan va uyida quritib qöygan.

Quva tuman “Guliston” MFY tomonidan berilgan yozma xabarga köra, joriy yil 5 oktyabr kuni tuman IIB xodimlari E.Abduraimovning hovlisidagi ekin maydonini közdan keçirişganda, u ekib parvarişlayotgan beş tup “kannabis” ösimligi va xonadon ayvonidagi xas-xaşaklar orasida saqlanayotgan, quritilgan holdagi giyohvandlik moddasi aşyoviy dalil tariqasida olingan.

Şu yil 19 noyabr kuni jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudi, sayyor sud majlisida uşbu iş ham körib çiqildi.

Sudlanuvçi E. Abduraimov öziga eʼlon qilingan ayblovga töliq iqror böldi. Öz qilmişiga bir qator vajlarni sabab qilib körsatdi. “Otam vafot etgaç, oilaviy qiyinçiliklarga uçrab, spirtli içimliklar içişga berilib qoldim”, deydi u. Uning aytişiça, alkogol soğ­liğini oğirlaştirib qöygaç, ikki yil avval ariq yoqalarida yovvoyi holda ösadigan “naşa” giyohvandlik ösimligini körib qoladi. Şundan söng uşbu modda uning ermagiga aylanadi va hovlisida özi uçun ekib parvarişlaydi. Afsuski, bu ermak unga qimmatga tuşdi. Sud hukmi bilan uç yilu olti oylik ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlandi.

Hayotning past-balandiga duç kelmaslikdan heç kim kafolatlanmagan. Taqdir sinovlari, har xil taşvişlar har bir insonning boşida bölişi mumkin. Özining irodasizligini turli bahonalar bilan oqlaşi esa kap-katta yigitning işi emas, albatta. Holbuki, Elyor kabi yöl tutadiganlar bu illat bilan yaqinlariga, oilasiga neçoğli zarar yetkazayotganlarini anglaşlari zarur edi. Qilmiş-qidirmiş deydilar. Jinoyatga jazo muqarrar. Endi hamma gap öz qilmişiga yaraşa jazoga tortilgan bu insonlar, qöygan qaltis qadamlaridan töğri xulosa qiladilarmi? Kun kelib, ozodlikka çiqişgaç, töğri hayot keçiradilarmi? Hamma gap şunda.

Zafarjon Omonov, 

jinoyat işlari böyiça Quva tuman sudi raisi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan