Narkokuryerlar qölga olindi
jinoiy guruh aʼzolari qariyb 6 kg.ga yaqin giyohvandlik moddalarini içiga yutişgan ekan…
Davlat bojxona qömitasining Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş boşqarmasi, “Toşkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi, Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari kontrabandasi foş etildi.
Xususan, “Toşkent” xalqaro aeroportida 4 nafar xorijlik fuqarolar — M.T., S.M., Ya.A. va N.N.larning bojxona nazoratidan ötişi çoğidagi xatti-harakatlari, bezovtalanişi bojxona xodimlari eʼtiborini tortdi. Avvaliga ularning qöl yuklari va egnidagi kiyimlari közdan keçirildi. Bir qaraşda hammasi joyidadek, ammo yölovçilar nimadan bezovta ekanligi baribir şubhali edi.
Şundan söng, xorijlik yölovçilar aeroportdagi bojxona postiga örnatilgan inson tana aʼzolarini skanerlovçi “Body scanning” qurilmasi orqali közdan keçirildi. Buni qarangki, ekrandagi tasvirlar eʼtiborni tortdi. Qurilma uşbu yölovçilarning organizmida, aniqroği yöğon içak kanallarida yot jismlar borligini körsatdi.
Mazkur holatga oydinlik kiritiş maqsadida uşbu şaxslar belgilangan tartibda poytaxtimizdagi Şoşilinç tez tibbiy yordam körsatiş Respublika ilmiy markaziga olib kelinib, şifokorlar tomonidan xolislar iştirokida tibbiy körikdan ötkazildi.
Körik natijasida 4 nafar yölovçining içki aʼzolariga maxsus öramlar yaşirilganligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga köra, 4 nafar narkokuryerlarning içki aʼzolarida yaşirilgan jami 268 ta öramlar içida umumiy vazni 4 kg. 152,52 gm.ni taşkil etuvçi geroin giyohvandlik vositasi yaşirilganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi “Ayritom” çegara bojxona postida ham yana bir narkokuryer qölga olindi. M.M.ismli şaxsning içki aʼzolarida 67 dona ovalsimon şakldagi öramlarda 1 kg. 42 grammdan ortiq opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Şuningdek, bojxonaçilar “Toşkent” xalqaro aeroporti orqali xorijga yöl olgan S.M.ning qinğir rejasini foş etişdi. Gap şundaki, uşbu şaxs öz içki aʼzolariga 35 dona ovalsimon şakldagi öramlarda 544,75 grammdan ortiq geroin giyohvandlik vositasini yaşirgan ekan. Şundan söng, tezkor ötkazilgan tadbirlar natijasida, unga mazkur giyohvandlik vositalarini yetkazib bergan jinoiy şerigi, xorijiy davlat fuqarosi Q.R. ham uşlandi.
Şunday qilib, bojxona xodimlari tomonidan umumiy oğirligi 5 kg.739 gr.dan ortiqni taşkil etuvçi geroin hamda opiy giyohvandlik vositalarini içiga yutgan holda olib ötmoqçi bölgan jami 7 nafar narkokuryerlar hamda mazkur jinoyatlarning asosiy taşkilotçilari bölgan 3 nafar xorijiy davlat fuqarolari qölga olindi.
Mazkur aniqlangan barça holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov organiga yuborildi.
Davlat bojxona qömitasi matbuot xizmati.
