Inson erkiga qöyilgan tuzoq

Xalqaro ekspertlarning baholaşiça, dunyo böyiça odam savdosidan tuşadigan yillik daromad juda katta miqdorni taşkil etmoqda. Har yili jahon miqyosida taxminan 2.700.000 kişi uşbu jinoyat jabrlanuvçisiga aylanmoqda.

Mamlakatimizda har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, qonunda körsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga ega. Öz haq-huquqlarini anglamagan yoki oson yöl bilan pul topib, turmuş keçirişni istaydiganlar turli noxuş vaziyatlarga tuşib qolayotir. Bu esa dunyo miqyosidagi global muammo — odam savdosi jinoyati bilan şuğullanuvçilarga qöl kelmoqda. Sönggi yillarda odam savdosi tufayli yuzaga kelayotgan global xavf qançalik ortib borayotibdi. Qator mamlakatlarda unga qarşi kuraşiş çoralari körilmoqda.

Mamlakatimizda ham uşbu jinoyatga barham beriş uçun yetarli huquqiy normativ baza şakllantirildi. 2008 yilning 17 aprelida “Odam savdosiga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinişi bilan mamlakatimizda mazkur global muammoga qarşi kuraşiş hamda undan jabrlanganlar himoyalanişi uçun huquqiy asoslar yaratildi. Prezidentimizning joriy yil 30 iyuldagi “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarşi kuraşiş tizimini yanada takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmoni bilan uşbu tizim yanada takomillaştirildi.

Xalqaro ekspertlarning baholaşiça, dunyo böyiça odam savdosidan tuşadigan yillik daromad juda katta miqdorni taşkil etmoqda. Har yili jahon miqyosida taxminan 2.700.000 kişi uşbu jinoyat jabrlanuvçisiga aylanmoqda. 600.000 dan 800.000 nafargaça ayollar va bolalar aldov yöli bilan çet ellarga olib ketilib, sotib yuborilmoqda. Bunday noxuş holatlar, afsuski, respublikamizda ham mavjud…

Inson yaxşi umidlar bilan yaşaşi kerak. Har birimizning maslagimiz halol mehnat qilib, jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş, oilamizga halol luqma olib kiriş bölganida, bu kabi jinoyatlarga örin qolmasdi. Ming afsus, oramizda mehnat qilmasdan öz maqsadlariga erişiş uçun har qanday qabih yöldan qaytmaydiganlar bor. Hatto arzimas pul uçun öz farzandidan, zurriyodidan voz keçayotganlar ham uçrab turibdi.

Asli xorazmlik bölgan Nargiza Yoqubova xuddi şunday nomussiz işga qöl urdi. Bor-yöği ming AQŞ dollari uçun öz jigarbandini niyati nomaʼlum kimsalar qöliga topşirmoqçi böldi. Ötgan yili 22 oktyabr kuni soat taxminan 1500larda Yaşnobod tumani, “Pahlavon Mahmud” köçasida joylaşgan “Iltifot” kafesida voyaga yetmagan (2017 yilda tuğilgan) farzandi Ş.Mavlonbekovni olib kelib, fuqaro Ş.Rajapovaga kelişilgan mablağ evaziga sotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi.

Sudda u öziga eʼlon qilingan aybga iqror bölib, pulga muhtojligi tufayli şunday qilişga majbur bölganini aytdi. Afsuski, buni heç qanday bahona bilan oqlab bölmaydi. Nahotki, tinç-oso­yişta yurtda birgina bolani voyaga yetkaziş şunçalik maşaqqat bölsa?

Namanganlik Şahribonu Mirzayevaning qilmişi esa bundan-da oğir. U avval ham tört marotaba sudlangan. Ammo tegişli xulosani çiqarib olmagan ekan. Gapni gapir uqqanga, deb şunga aytsalar kerak-da. Bu ayol BAAning Dubay şahridagi şeriklari bilan til biriktirib, iş izlayotgan, pulga muhtoj qizlarni topib, ularga jönatib turgan. Yöl va viza xarajatlarini özi tölaş orqali yoş qiz-juvonlarning işonçiga kirib, “Ertaklar mamlakati”da ularni tanfuruşlik qilişga majburlaşgan. Şu örinda savol tuğiladi: öz çirkin maqsadi yölida “ov”ga çiqqan bu ayol qizlarni sehr-jodu bilan jönatganmi? Aks holda, odam savdosining ayançli oqibatlari haqida şunça tarğibotu taşviqot işlari olib borilayotgan bir payt­da yöl va viza haqini özi tölab berişini aytgaç, bu ayoldan şubhalaniş kerak edi-ku! Demak, yurtimizda odam savdogarlarining kö­payişiga sabab bölayotganlar ham begona emas, bular — yo öta göl yoki tez va oson pul topsam böldi, deya öz qadr-qimmatini öylamaydiganlar ekani heç kimga sir emas.

Qisqasi, yurtdoşlarimizni huşyorlikka, ogohlikka daʼvat etarkanmiz, bunday voqea­lar rizqni özga yurtdan izlayotganlarga, xususan, xotin-qizlarimizga saboq bölişini ham taʼkidlab ötmoqçimiz. Qolaversa, odam savdosi bilan şuğullanuvçi firibgarlar qonun oldida javob berib, tegişli jazoni olişdan taşqari, Yaratganning ham qahriga uçraydi. Imom Buxoriydan şunday rivoyat qilinadi: “Alloh taolo: “Uç kişi borki, qiyomat kuni men ularga xusumatçiman deydi. Bular — mening nomimdan (ahd) beradigan va keyin xiyonat qiladigan, hur kişini sotib pulini yeydigan va mardikor yollab, işlatib, haqini bermagan kişilardir”.

Bahriddin Ikromov,

jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar

Yaşnobod tuman sudining sudyasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan