Al-Xorazmiy maktabida millatparvar avlod kamol topadi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev faoliyatining ilk kunlaridayoq yurtimizda kadrlar muammosi borligini aytgan edi. Köp ötmay, bu masalani tag zaminidan örganiş va hal etiş, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş maqsadida tizimli islohotlar boşlandi.
Avvalo, maktabgaça taʼlim sohasi rivojlantirilib, poydevori mustahkamlandi. Öquv dargohlari hamda pedagoglarga eʼtibor kuçaydi. Ayniqsa, Oliy taʼlim tizimida katta özgarişlar amalga oşirildi.
Bilimga çanqoq bolalarni çuqurlaştirilgan öquv maskanlariga jalb etiş, talab yuqori bölgan sohalarga yönaltiriş maqsadida ixtisoslaştirilgan maktablar taşkil etilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev kuni keça axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yönalişiga oid fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi bilim muassasasini kelib kördi.
Maktabda fan kabinetlaridan taşqari darslar hamda fakultativ maşğulotlarni innovatsion usullarda ötiş uçun qöşimça imkoniyatlar yaratilgan. Artel, UCell, ZTE va Huawei kompaniyalarining maxsus sinflari oçilgan.
Şavkat Mirziyoyev uşbu sinflar, ulardagi muhit, texnik-uskunalarni közdan keçirar ekan, öqituvçi va öquvçilar bilan suhbatlaşdi.
— Hamma işlarimiz, islohotlarimiz Özbekistonning ertangi kuni uçun. Kelajagimiz zamini esa — siz, yoşlar. Közlaringizdan körib turibman, sizlar bilimli, Vatanimizga munosib farzand bölib yetişmoqçisizlar. Buning uçun hamma şaroitlarni yaratib beramiz, — dedi Prezidentimiz.
Şuningdek, mutasaddilarga ilğor binolar andozasi asosida maktablarning quriliş loyihalarini özgartiriş, metodologiyani mustahkamlaş orqali taʼlim sifatini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.
— Al-Xorazmiy bobomizga dunyo hozirgaça qoyil qoladi. Bugungi texnologiyalar, dasturiy mahsulotlarga u yaratgan algoritm asos bölgan. Siz bundan faxrlanişingiz, buyuk ajdodimizdek qunt bilan öqib, doim izlanişingiz kerak, — dedi davlatimiz rahbari.
Maktabda öquvçilar zamonaviy mobil va kompyuter dasturlarini örganişi, öz ustida işlab, tajriba oşirişi uçun robototexnika va sanotexnika xonalari, innovatsion va virtual laboratoriyalar taşkil etilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu bilim dargohida Mirzo Uluğbek tumanidagi IT-park bölinmasini taşkil etiş, mamlakatimizning boşqa hududlarida ham şunday markazlar oçib, bu sohaga qiziqqan yoşlarga keng şaroitlar yaratiş zarurligini aytdi.
A.Mamasodiqov
