Qalbga nur ulaşuvçi kuç

Ilmiy kitoblar insonning maʼnaviyatini oşirişga xizmat qiladi. Biz ham öz jamoamiz bilan juda katta kuç bilan ilmiy meroslarni töplagan holatda bir neçta kitoblarni naşrdan çiqardik. “Samarqandlik allomalar” kitobining özida 140 ga yaqin islomşunos olimlarning, allomalarning tarjimai holi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari tomonidan tayyorlanib, “Jaholatga qarşi maʼrifat” rukni ostida çop etilgan kitoblar taqdimoti ötkazildi.

Tadbirda tarixçilar, şarqşunos olimlar, islomşunos, soha mutaxassislari, diniy idora va taşkilotlar vakillari, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom instituti tadqiqotçilari va kitobxonlar iştirok etdi.

— Prezidentimiz taşabbusi bilan taşkil etilgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyuk vatandoşimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hamda yurtimizdan yetişib çiqqan boşqa uluğ allomalar merosi, ularning jahon siviliza­siyasi, ilm-fan taraqqiyoti rivojiga qöşgan bebaho hissasini çuqur tad­qiq etişda muhim örin tutayotganini alohida taʼkidlamasak böl­mas, — deydi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining direktori Ubaydulla Uvatov. — Kitob inson qalbiga nur olib kiradi. Ayniqsa, ilmiy kitoblar insonning maʼnaviyatini oşirişga xizmat qiladi. Biz ham öz jamoamiz bilan juda katta kuç bilan ilmiy meroslarni töplagan holatda bir neç­ta kitob­larni naşr­dan çiqardik. “Samar­qandlik allomalar” kitobining özida 140 ga yaqin islomşunos olimlarning, allomalarning tarjimai holi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari tomonidan 50 ga yaqin diniy-maʼrifiy, tarixiy, maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi kitob va risolalar, “Jaholatga qarşi — maʼrifat” rukni ostida 30 ta kitob naşrga tayyorlangan. Şulardan 5 tasi – “Samarqandlik allomalar”, “Alauddin al-Usmandiy as-Samarqandiy”, “Imom Buxoriy — muhaddislar sultoni”, “Ibrohim Saffor Buxoriy” kitoblari va “Imom Buxoriy majmuasi” kitob albomi şular jumlasidandir.

— Kitoblar maʼnaviy xazinadir, — deydi Imom Buxoriy xalq­aro ilmiy-tadqiqot markazi direktori örinbosari Şukurillo Umarov. — Sir emaski, bizning diyorimizdan juda köp allomalar yetişib çiqqan. Ularning ilmiy merosini örganiş va hayotga tatbiq qiliş bizning oldimizga qöygan eng birinçi vazifamizdir. Yoşlarga islom dinining asl mazmun-mohiyatini örgatiş, maʼrifatparvarlikni oşiriş böyiça köp işlar qilinmoqda. Qolaversa, allomalardan qolgan qölyozmalarni yiğiş va ularni tarjima qiliş böyiça ham jiddiy şuğullanyapmiz. Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev ilmiy-tad­qiqot markaziga taşrif buyurgan çoğlarida qöl­yozmalar bilan tanişib, bu işni davom ettirişimizni vazifa qilib belgilab bergandilar. Bugungi kunda yiqqan qölyozma materiallar 5 mingdan oşdi.

Imom Buxoriy asarlari asosida turli yoşdagi kitobxonlarga möl­jallangan “Oila — mustahkam qörğon”, “Ota-ona — hikmat, farzand — çiroq”, “Imom Buxoriy merosida farzand tarbiyasi” kabi ommabop risolalar ham tayyorlandi.

Feruza Rahimova,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan