Möʼjizaga qiyos yurt
Yangi Özbekiston — yangi islohotlar
Navoiy şahrini va viloyatini sahro bağridagi gözal kelinçakka, betakror möʼjizaga qiyoslaşadi. Har ikkala öxşatişda ham jon bor. Bir söz bilan aytganda Navoiy — Xudo yarlaqagan yurt. Navoiyning çöllaridagi şuvoqlardan göyo oltin zarralari tökiladi. Maysalar yer osti tabiiy elementlarining xabarçilari. Sahrolardan anglagan odamga uluğ ajdodlarning jasorat va mardlik nidolari hamon yangrab turadi.
Uçquduq va Tomdidan taralgan qozoq ölanlari, Nurota va Qiziltepadan boşlangan yoronlarga, Karmana va Xatirçidan yangragan laparlar-u, Zarafşon va Navoiydan taralayotgan rus, qoraqalpoq qöşiqlariga hamohang yangraydi.
Mutaxassislarning aytişlariça, Mendeleyev jadvalidagi barça ximiyaviy elementlar Navoiy zaminida topiladi. Alişer Navoiy asarlari umuminsoniy va ölmas hikmatlarga boyligi, umrboqiyligi bilan dunyo adabiyotini boyitganidek, Navoiy viloyati ham noyob va bebaho zaxirasi bilan mamlakat xazinasini boyitib turadi. Viloyatdagi qudratli sanoat korxonalari, yangidan bunyod etilayotgan, işga tuşirilayotgan inşootlar mamlakatimiz iqtisodining asosiy qon-tomirlari hisoblanadi.
Yangi yil arafasida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga navbatdagi taşrifini har galgidek viloyat ahli katta quvonç bilan kutib oldi. Prezidentning bu taşrifi navoiyliklar uçun yangi yilda munosib va katta sovğa böldi.
Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantiriş, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, qurilib bitkazilgan yangi sanoat majmualari bilan tanişiş maqsadida amalga oşirilgan uşbu taşrif juda samarali va mazmunli böldi.
Mana, uç yildirki Navoiy viloyatida boşqa sohalar kabi, sanoat ham har tomonlama gurkirab ösmoqda. Prezidentimizning alohida taʼkidlab aytganlaridek, bugungi kunda mamlakatimizda işlab çiqariladigan sanoat mahsulotlarining 10 foizi Navoiy viloyati hissasiga töğri keladi. Viloyat aholi jon boşiga töğri keladigan yalpi mahsulot, investitsiya, sanoat va qişloq xöjaligi mahsulotlari böyiça mamlakatda birinçi örinni egallaydi. Xizmatlar va çakana savdo böyiça poytaxtimiz Toşkentdan söng ikkinçi örinda turadi.
Agar raqamlarga eʼtibor qaratadigan bölsak, viloyatda 2019 yilda umumiy qiymati salkam 1,4 milliard dollar bölgan 7 ta davlat ahamiyatiga molik va 360 ta hududiy investitsiya loyihalari amalga oşirildi. Işga tuşirilgan va amalga oşirilgan yirik loyihalar orasida “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining 1,7 milliard dollarlik 3 ta loyihasi nihoyatda dolzarb hisoblanadi. Ilgarilari million, deb yozsak, xursand bölardik. Mana endi milliardlarni qalamga olayotirmiz. Bu salobatli raqamlar mamlakatimizning jadal rivojlanayotganidan darak beradi.
“Navoiyazot”ning birinçi loyihalaridan — polivinilxlorid, kaustik soda va metanol işlab çiqariş majmuasining oçilişi mamlakatimizda uşbu turdagi mahsulotlarga bölgan ehtiyojni taʼminlaşda muhim qadam böldi.
Alohida taʼkidlaş kerakki, uşbu majmuani bunyod etiş va eng zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlaşga 500 million dollar investitsiya sarflandi. Korxonada yiliga 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol işlab çiqariladi.
Işlab çiqariladigan mahsulotlar asosan avtomobilsozlik, töqimaçilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz tarmoqlari, elektr texnikasi, quriliş materiallari korxonalari faoliyatida muhim örin tutadi. Bu mahsulotlar şu paytgaça katta valyuta evaziga import qilinar edi. Korxona işga tuşgaç, endi ana şu yirik mablağ özimizda qoladi. Eng muhimi, yangi majmuada 900 dan ziyod yangi iş örinlari yaratildi. Uşbu loyiha Xitoyning “China CAMC Engineering Co.LTD”, “HQS Shanghai Company” kompaniyalari konsarsiumi bilan hamkorlikda amalga oşirildi. Buni taşrif çoğida sözga çiqqan injiniring korporatsiyasi vitse-prezidenti Vang Yuxang ham mamnuniyat bilan taʼkidladi.
“Navoiyazot”da qisqa davrda qiymati 217 million dollar bölgan yangi zamonaviy azot kislotasi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş böyiça ikkinçi yirik loyiha ham yakunlandi.
— Sahro bağrida Navoiy va Zarafşon kabi şaharlarni, sanoat mintaqasini barpo etgan viloyatning mehnatkaş, mard va olijanob aholisi yangi Özbekiston rivojiga katta hissa qöşişiga işonaman, — dedi davlatimiz rahbari. Va: — navoiyliklar tanlagan yöllaridan ortga qaytmaydilar. Aksinça, olğa intiladilar. Navoiyliklar hamişa namuna böladilar, — deb alohida işonç bildirdi.
Prezident marosim iştirokçilari guvohligida ramziy tugmani bosib, korxonani işga tuşirdi. “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati köp tarmoqli sanoat korxonasi hisoblanadi. U mamlakatimiz neft-gaz tarmoği, qişloq xöjaligi, energetika va toğ-kon sanoati uçun 70 dan ortiq turdagi zarur mahsulotlarni yetkazib beradi.
“Navoiyazot” korxonasi faoliyatini yaqindan turib tomoşa qiliş ham ajoyib, ham hayratli. Turli xil bir-biriga payvandlangan, ulangan katta-kiçik quvurlar öziga xos gözallik bunyod etgan. Turfa mahsulotlardan tayyorlangan uşbu quvurlar bir qaraşda osib qöyilgan labirintlarga öxşaydi, bir qaraşda esa kubiklarni eslatadi. Quvurlardan ularning hajmiga qarab mahsulot oqadi. Bu mahsulotlar qimmatbaho hisoblanadi, sanoat rivoji uçun işlatiladi. Xalqimizning tabiiy boyligiga aylanadi. Boşqa bir noyob mahsulotni işlab çiqarişga sabab böladi. Bu mahsulotlar mamlakat taraqqiyotiga, rivojiga beminnat xizmat qiladi…
Yaponiyaning “Mitsubishi Yeavy Industres” va “Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsarsiumi bilan hamkorlikda yangitdan bunyod etilayotgan korxonada zamonaviy texnologiyalar jalb etilişi tufayli yiliga 735 million kilovatt-soat elektr energiyasi tejaladi. Oqibatda atrof-muhitga çiqadigan zararli gazlar miqdori ham ança kamayadi.
Şuningdek, “Navoiyazot”ning işlab çiqariş repertuaridan yangidan qurilayotgan köplab sanoat majmualari örin olgan. Ana şunday yana bir yirik korxona — azot kislotasi majmuasi hisoblanadi. Qiymati 217 million dollarga teng uşbu korxona Şveysariyaning “CASVLE SA” kompaniyasi bilan birgalikda bunyod etilmoqda. Korxona yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlaş quvvatiga ega. Şu kunlarda sönggi jihozlaş işlari olib borilmoqda. Uni işga tuşiriş şu yilning fevral oyiga möljallangan.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, bundan 55 yil oldin qurilgan har jihatdan eskirgan azot kislotasi sexlari foydalanişdan çiqariladi. Ularning örnini yuqorida tilga olingan yangi majmua egallaydi.
Prezidentimizning taşrif davomida “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanişuvi ham samarali böldi. Prezidentimiz EIZ faoliyati bilan tanişar ekan, yutuqlarni yanada mustahkamlaş, yangi innovasiyalarni joriy etiş haqida aniq körsatmalar berdi.
Şubhasiz, Prezidentimizning har bir taşrifi zamirida ulkan maqsadlar, sarhisob va katta-katta rejalar yotadi. Şuningdek, uşbu taşriflar mazmun-mohiyatida uluğ hikmatlar bor.
Aşurali Jörayev.
