Vatanni sev, tuproğini öp!
“Boşqalar tarafindan huquqingning toptalmovi, çetlarga mahkum, mazlum bölmaslik, çet millatlarga öz tovuşingni eşitdurib eşitmoqqa majbur etuvğa şubha yöqkim, qölingdagi qurolingğa, askariy kuçingğa qarab bölur.
Köramizkim Ovrupo, Omriqo millatlari bunçaliq şaʼn-şavkatni faqat harbiy kuç ila qozonmişlardir. Ovrupo, Omriqo imperialistlari Şarq xalqini faqat qurol kuçi ila özlariga asir etmişlar va hali ham harbiy kuç ila Şarq mazlumlarini zanjirda tutarlar”, deb yozadi Abdulla Qodiriy “Iştirokiyun” gazetasining 1919 yil, 4 noyabrdagi sonidagi “Bizda askarlik masalasi” nomli maqolasida.
“Zarafşon” gazetasining 1923 yil 21 iyundagi sonida Hoji Muin esa “Askarlik töğrisida” nomli maqolasida şunday deydi:
“Askarsiz millat jonsiz gavda hukmidadir. Özining yerlik xalqi¬dan askari bölmagan bir yurt qöriqçisiz bir istehkom kabidir. Askarlik bir millatning hayot-mamot masalasini hal qiliş uçun zör röllar öynaydurğon bir kuçdir. Har bir yengiş va yengilişning boisi askardir”.
Millatimizning öşa davrdagi oğriqli, hayot-mamot masalasi — öz armiyamizga ega böliş orzusini qizil imperiyaning zulm maşinasi bir qur taslim etgandi…
Hayriyatki, mustaqillikka erişdik. Istiqlol yillarida milliy armiyamiz tugal şakllandi. Sarhadlarimizni munosib himoya qila oladigan zabardast tizimga ega böldik. Zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan taʼminlandi. Muntazam armiya vatanimiz va xalqimiz osoyiştaligini saqlamoqda.
Şu bilan birgalikda, dunyo qurolli kuçlari safida ilğorlar qatoriga çiqa oldik. Erişgan yutuqlarimizga tayanib, milliy tiklanişdan — milliy yuksaliş sari dadil qadam qöymoqdamiz.
Ötgan yilda 10 ta davlat hududida umumiy hisobda ötkazilgan 32 ta tanlovda 39 ta davlatdan 223 ta jamoa va 5 mingdan köproq harbiylar iştirok etdi.
Özbekistonlik harbiylar 14 ta tanlovda iştirok etişib, 2 ta oltin, 4 ta kumuş va 5 ta bronza medalini qölga kiritişdi. Eʼtibor bering, 14 ta tanlovning 11 tasida hamyurtlarimiz ğoliblar qatorida eʼtirof etildi. Albatta, bu milliy yuksaliş mevalari.
Abu Nasr Forobiy “Haqiqiy baxtga erişiş maqsadida özaro yordam qiluvçi kişilarni birlaştirgan şahar — fazilatli şahardir, baxtga erişiş maqsadida birlaşgan kişilar jamoasi — fazilatli jamoadir”, deydi. Fazilatli mamlakat, fazilatli xalqqa aylanamiz desak, milliy tiklanişdan — milliy yuksaliş sari degan boş ğoya atrofida birlaşişimiz lozim.
Nukusdagi 45-sonli umumtaʼlim maktabidagi jasorat darsi haqidagi xabarni öqidim. “…egnilariga harbiy aslaha va qurol taqqan motoöqçi, yuziga niqob taqqan mergan askar tadbir sönggiga qadar yoşlarning diqqatida böldi. Oxiri yigitlar qiziqişlarini oşkor etişdi: harbiy qurol va aslahalarni uşlab körişga, ularni kiyişga ruxsat söraşdi. Ularning iltimosi yerda qolmadi”.
“Maktab hududida oliy harbiy taʼlim muassasasi faxriy qorovuli va kursantlarning qöl jangi böyiça körgazmali çiqişlari namoyiş etilganda közlarda hayrat va havas ötlari çaqnadi”, deb yozilgan Olmaliqdagi maktablardan birida ötkazilgan tadbir haqida.
Xöş, qalbdagi öt, közlardagi hayratga sabab nima? Men buni Vatan nomli gözal boğda kökargan ajib nihol — vatanparvarlik, degan bölardim. Tadbirlarda harbiy qurolni uşlab yoki kaskani kiyib rasmga tuşayotgan, tank yoki zirxli texnika içiga kirib, ustiga çiqib, selfi qilayotgan ösmirga eʼtibor qarating. Uning fikrlaşi, qiziqişidan kelib çiqib, vatanparvarlik saboğini örganiş kerak. Prezidentimiz aytgan bu niholni avaylab östiriş uçun ularda milliy ruhni şakllantiriş lozim.
Davlatimiz rahbari taʼkidlagandek, kelajakda harbiy bölişni orzu qiladigan botir farzandlarimiz milliy ruhni, muqaddas Vatan taqdiri uçun masʼuliyat tuyğusini boy tariximizdan, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz jasoratidan oladi. Öz oilasi, mehribon ota-onasi hamda el-yurtimizning işonçi, ğamxörligi va eʼtiboridan oladi.
Alijon Safarov,
zaxiradagi polkovnik.
