Dunyoni lol qoldirgan özbek doirasi
Özbek milliy madaniyati va sanʼatida doiraçilik maktabining alohida örni bor. Şu munosabat bilan “Özbekkonsert” davlat muassasasida özbek doira sanʼatining dunyoga tanilişida katta hissa qöşgan sanʼatkor, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan artist, doira zarbi ustasi Abbos Qosimov bilan uçraşuv bölib ötdi.
Öz ijro yönalişiga ega sanʼatkor “teskari zarb” ijroçilik yölidan foydalanib, yurtimizda ilk bor karnay-surnay, noğora kabi milliy sozlarimizning imkoniyatlari naqadar kengligini butun dunyoga namoyiş qildi. Mohir doiraçi yiğilganlarga çet eldagi faoliyati haqida sözlab berdi.
Abbos Qosimov doiraçilik sanʼatida sodda ijroçilik yölidan emas, murakkab yönalişni tanlagan holda doiraçilikni xalq qalbiga singdira oldi. U professional ijroçi sifatida ham yuksak badiiy asarlar yaratgan. Tinimsiz izlanişlari, maşaqqatli mehnati, sanʼatga fidoyiligi, kuçli irodasi tufayli bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning köplab mamlakatlarida özbek milliy sanʼati, madaniyati dovruğini olamga taratmoqda. Bundan taşqari, u doira ijroçilik sanʼatida alohida maktab yaratgan ustoz sifatida xorijiy davlatlarda ham köplab şogirdlar yetiştira oldi.
— Bundan bir neça yil ilgari “Abbos” guruhini taşkil etib, yurtimizdagi turli darajadagi tadbirlar bilan bir qatorda, çet ellardan ham muxlislar orttirdik, — dedi Abbos Qosimov. — Özbek doiraçilik maktabi anʼanalarini salkam 15 yil xorijdagi muxlislarimizga taqdim etdik. Yoşlikdagi orzuimga qiyinçilik bilan erişgan bölsam-da, meni va guruhimni qöllab-quvvatlaganlarga öz minnatdorligimni bildiraman. Yaqinda muhtaşam “Xalqlar döstligi” sanʼat saroyida, yurtimiz tarixida ilk bor, doira va zarbli çolğular iştirokida konsert dasturi taqdim etmoqçimiz.
“Zarb şou” deb nomlanadigan konsert dasturida nafaqat hamyurtlarimiz, balki AQŞ, Tailand, Turkiya, Ozarbayjon va qöşni davlatlardan ham mehmonlarning taşrifi közda tutilgan. Konsert şou tarzda namoyiş etilib, unda taniqli xonandalarning çiqişlari ham rejalaştirilgan.
Hikmatullo Xöjaqulov.
