«Assalamu aleykum» yoxud Myanma fojiasi

Janubiy-şarqiy Osiyoda joylaşgan Myanma soyuz Respublikasida şu ötgan bir hafta davomida kamsonli rohingiya musulmonlari yaşaydigan 2,600 dan ortiq uylarga diniy nizolar tufayli öt qöyildi, minglab begunoh odamlar vahşiylarça öldirildi.

Myanmadan 123 ming kişi qoçib Bangladeş çegarasiga ötib uysizlik va oçlikdan, eng muhimi, hali davom etib kelayotgan jaholat, irqçilik, diniy nizolar, milliy kamsitiş kabi illatlardan aziyat çekişmoqda. Ular taqdiri hamon qil ustida!

Internet xabarlaridan.

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

Quyoş har tong Birma[1] tuproği uzra boş kötarganda Rakxayn ştatida yaşovçi rohingiya musulmon bolalari uyquli közlarini işqalab mana şunday kalom-la uyğonişadi. Közlariga quyoşning zarrin nurlari tuşişi bilan qonga singgan anʼanalarga köra Yaratgan egamga, çaraqlab turgan quyoşga va yuzlarini mayin silab turgan Bengal körfazining şabadasiga salom yöllaşadi.

Qizçalar qamişdan töqilgan savatçani boşlariga kötarib, loviya terişga ketişdan oldin, oppoq bulutlar ortida özining sözini şaksiz tinglab turgan Yaratuvçiga, közlariga berkinayotgan quyoşga va römolini uçirayotgan körfaz şamoliga şirin til bilan salom beradi.

— Assalamu aleykum!

Tösatdan boşlangan qonli hujumlar, azobli quvğunlar-u alamli xörlaşlar, bokira qizlarning yolvorib ingraşlari, jonajon uylarining kulga aylanişi, yaqinlarining jonsiz jasadlari, gulxanda kuyayotgan inson etining açimsiq hidi, soçilib ketgan tananing dahşatli manzarasi rohingiya musulmon bolalarining umid-la, salom berib uyğonişdan qaytarolmaydi.

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

Rohingiya musulmonlarining Bengaliya çegarasiga yaqin hududida yaşovçi 82 yoşli kampir yarim tunda boşlangan hujumdan omon qolib, tört yoşli nevarasini kötargança ğarb tomonga qarab qoçib borardi. U yaxşi bilardiki u yaylovni töğri kesib ötsa (esi oğib adaşmayotgan bölsa) tong otar-otmas u Çittagong tumaniga[2] ötib oladi. Kampirning qoqsuyak yelkasini ezib turgan, uzoqdan tarozining ikki pallasini eslatuvçi tayoqning bir uçida xaltaga solingan va pişillab uxlayotgan nevarasi, ikkinçi tomonida esa bir haftalik yemak-içmaklari bor edi. U yalang oyoq loy yöldan olis-olislarga közlarini qadagança Bengaliya tomon odimlab borardi. U umrida bunday quv­ğinlardan köpini körgan bölib, barçasidan taqdirning inoyati va özining çaqqon oyoqlari tufayli omon qolgandi. Ota-onasi ötgan asrning boşlarida bu yerlarga yoruğ umidlar bilan köçib kelişgan bölsa-da, umrlari röşnolik körmay ötib ketdi. Kampir na inglizlarning mustamlaka davrida, na ozod Myanma Respublikasi davrida tinç odamlarday yaşay oldi. Umri tahlika-yu quvğinlarda ötdi. Ular vatan deb bilgan maskanlarida gado edilar, ortiqça edilar. U şuning uçun keçasi-yu kunduzi sergak, köçişga şay turar, heç qaçon xotirjamlikka berilmasdi va mana — şu tarzda qaridi ham!

Rohingiya musulmonlari — oddiy dehqonlar, çöponlar, quruvçilar boşqalar kabi sayohatlar-u qulay imoratlarni orzu qilişmas, har tong (ular har qanday mehnatga tayyor edi) turib tinç va xotirjam şukronalik salomini aytişni istardilar. Ular saylaş va saylanişdan mahrum edilar. Bundan taşqari, şahar va jamoat transportlarida qisilib yurişga, kasalxonalaru ijtimoiy yor­damlar, taʼlim oliş, çet elda öqiş, davlat işlarida işlaş kabi XXI asrda milliardlab insonlar foydalanayotgan imkoniyatlardan mosuvo bölsalar-da, mana şu zaminda tinç va xotirjam yaşaşni barçasidan afzal körardilar. Faqat bolalari omon bölsa böldi. Buning uçun ular oğir va zaharli işlarda mehnat qilar, haqorat-u xörlaşlarga ham çidar va şunda ham har tong umid va işonç sözlari bilan bolalarini uyğotişga özlarida kuç topardi.

— Assalamu aleykum!

Kampir şilta loy bölgan yölda yolğiz ketib borar ekan, boya köz oldida yuz bergan fojialarni eslamaslikka, faqat va faqat ölib ketgan eri va farzandlarining hurmati uçun yolğizgina yodgorini asrab qolişni özining oliy burçi deb bilardi. U çegaradan qanday ötişdan köra, bolaning uyğonib qolişidan qörqardi. Agar u uyğonsa askarlar uni payqab qolişi mumkin. Buning ustiga bola turib, onasini söraganda nima, deb javob berişni ham bilmasdi. Unga otasini askarlar otib, onasini esa zörlaşganini aytişdan köra kampirga ölim afzalroq. U keçagi voqeani köz oldidan quvmoqçi bölsa-da, har bir narsa keçagi dahşatlarni özida yasar, alamli xotiralarni qözğardi. Osmonda porlab turgan yulduzlar ham qonli nur soçayotganday öğli va kelinini eslatardi. Myanma harbiylari öğlini otib öldirişdi. Telbanamo, közlari katta-katta oçilib, tişsiz oğzidan tilini ğalati öynatayotgan, qop-qora yuzlari taraşaday burişib, botib ketgan, egilib turgan gavdasi ğalati köringan kampir yonidan esa ahmoqona boqib, indamay ötib ketişdi. U omon qoliş uçun emas, etagiga yaşirib olgan nevarasini asraş, mabodo özini otib taşlaşsa, bolaning ustiga qulab uni omon qoldirişni öylardi. Qurollangan harbiylar nozik kelinini xörlaşayotganida kampir bolani xaltaga solib avvaldan qazib qöyilgan yertöla orqali boqqa ötib ketgandi. U boğdan çiqib ketar ekan gözal kelinining ayançli yolvorişini ham, sigareta çekib nozik qizlarday kulayotgan harbiylarning ovozini ham eşitmas, faqatgina bağridagi begunoh bolani asraş uçun ortga qaramay odimlaşni öylardi, xolos.

Umri loviya va şakarqamiş yetiştirib ötgan kampir na ota-onasining, na ikkita qizining qabrini eslay olardi. Endi öğli va kelinining ham qabri yöq. Qabrsiz, qadrsiz neça-neça avlodlar ötmoqda… Asrlar almaşmoqda… Ammo hammasi şu-şu… Ammo rohingiya musulmon bolalari umidlarini öldirmay har tong işonç-la uyğonişmoqda…

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

Kampir tajribali qoçoq edi. U tuni bilan dam olmay, biror marta qoqilmay, bolaga çuldurab alla aytgança ketib borardi. U ataylab kelinining harbiylar yirtib taşlagan köylagidan bir burdasini olgan, bola özini onasining bağrida uxlayotgandek his qilişi uçun bolakayning böyniga uni boğlab ham qöygandi. U balçiqqa botib qolmaslik, zaharli haşarotlar-u ilonlarni bosib olmaslik uçun közini yerdan uzmas, garçi sillasi qurib, közi xira körayotgan bölsa ham, hansiragança qari toşbaqaday tanasiga birlaşib ketgan toş yukini köz-qoraçiğiday saqlagança odimlab borardi.

Tongga yaqin qöşni mamlakat çegarasiga yetay deganda kampir qayerdandir kelayotgan maşina ovozini eşitdi. Öşa onda uning bor madori tugagan, közlari heç nimani farqlay olmasdi. Ammo bolani manzilga yetkaziş uçun bor kuçini işga solib yanada tezroq odimlay boşladi. Özidan quyilib kelayotgan qora terni artişga ham vaqt qizğanib, yuragining töxtab qolmasligini sörab ötinardi.

Mana, nihoyat, tikonli simlar körindi. Badanini aççiq tirnab ötuvçi bu sovuq simlar momoga çöt emas, ammo atrofda izğib yurgan harbiylar uni payqab qolsa, şundoğ burnining tagidagi “omonlikka” erişolmay narigi dunyoga ravona bölişi aniq. Şunda avlodi ham butkul quriydi.

Çegara simlari köringanda kampir tavakkal qilişni istamadi. Yelkasidagi tayoqni taşlab, yeguliklarini bir çetga qoldirdi. Xaltani oçib bolakayning börsildoq yuziga yana bir bora qaradi. «Öğlining özi, hali katta yigit böladi, momosini duo qilib yuradi». Bolakay esa heç nimani eşitmas, dunyo­dagi milliardlab begunoh gödaklar kabi pişillab uxlab yotardi. Orqa tarafdan esa quyoş boş kötarib kelar, Bengal körfazi esa yengil şamol yöllardi. Kampir şoşilişi kerak. Bola yotgan xaltani or­qasiga olib emaklay boşladi. Şu ketişda u tösiqqaça bir soniya ham dam olmay bordi. Orqa tarafdan maşina çiroqlari közga taşlanar, çegara qorovullarining ovozi esa yaqin-yaqindan eşitilardi. Baland ösgan qamişlar momoni öz bağriga bosib yaşirardi. Kampir tikonli simlarga qöl botirganda, Birma osmonida quyoş paydo böldi.

Şunda! Şunda quyoş nurlari Bengal körfazidan akslanib bola közlariga tuşganda, bolakay pişillab nafas olişdan töxtadi va hali közlarini oçar-oçmasdan rohingiya musulmonlarining minglab bolajonlari kabi başar ahliga salom yölladi.

— Assalamu aleykum!

Kampir şundan qörqqandi. Uning salomini nafaqat askarlar, balki olis-olislardan nur soçuvçi quyoş ham eşitganday böldi. Bengal körfazi köpirib tölğonganday böldi. Kampir yuz tuban yiqildi. Myanmaning johil va uyqusirab, zerikib ötirgan çegaraçilari ular yoniga çopib kelar ekan, bola şirin til bilan butun insoniyatga, dunyo tinçligiga davogar-u şu orqali rohat-faroğatda yaşayotganlarga, dinu millatidan qatʼi nazar barça ongli insonlarga rohingiya musulmon bolalarining umid va işonç, bokira va munis salomini yöllardi:

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

— Assalamu aleykum!

[1] Myanma davlatining eski nomi. Buyuk Britaniyaga vassal bölgan davrda nomlangan (1824—1948).

[2] Bangladeşning Myanma soyuz respublikasiga

çegaradoş tumani.

 Javlon Jovliyev

Muallif haqida:  J.Jovliyev — Qamaşi tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining sanʼatşunos-jurnalistika yönalişini bakalavr va magistratura bosqiçini tamomlagan.

Hozirda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasida işlaydi. Hikoyalari respublika naşrlarida çop etilgan.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan