Har kişi “Alpomiş”ni öqisa…

— Har bir özbek “Alpomiş”ni öqişi kerak, çunki bu kitob Vatan haqida bebaho qasida, — degan insonning bolalari 80-yillarda boş egib yaşar edi, — deydi qişloq oqsoqoli Rahmonqul ota.

— Bu kunlarning qadriga yetinglar, men uruşga ketib, jon olib-jon berib qaytganimda köngil qöygan qizimni otasidan katta odamga uzatib yuborişgan ekan. Oh dedim, voh dedim, dardimni anglaguvçi bir zot topilmadi. Alam qilgani “kuyov” yuz taniş edi-da, — degan edi kuraşa-kuraşa oxir murodiga yetişgan sevişganlarning töyida ötirgan bir otaxon. — Kim nima desa desin, Istiqlol bizga tinçlik, baxt-saodat berdi, muhabbat berdi, yuzimiz yoruğligini berdi deb qadrlanglar, — deya davrani tark etuvdi öşa odam…

Vatan deganda biz, avvalo, uyimizni, ostonamizni tuşunamiz. Sal es kirgaç, köça-köyga çiqqanimizda qişloğimiz qiyofasida ona Vatanni tasavvur qilamiz. Özimizça hayratlanib, qiziqib, ardoqlab yuramiz. Bu tuyğu bolaligimizning kunora öziga xos işlari. Menimça, Vatanni ardoqlaş, seviş, himoya qiliş, huv öşa olis, kattalar, bizni “ha endi bola-da”, deb yurgan kunlardan boşlab kurtak yozgan böladi. Har holda men şunday deb tuşunaman. Dunyoda bola tasavvuridan buyuk narsa yöq.

Saksoninçi yillarning oxirida devorlari nuray boşlagan binolar, qora mehnatdan ezilgan xalq, tongda uyğonganiga işonib-işonmay qöygan odamlar va qadriyatidan ayrilgan el-ulus qolgandi. Vatan Mustaqil böldi. Biz öşa eski binoni butkul buzib taşlamadik, öz navbatida şunçaki oqqa böyab ham qöymadik. Aksinça, uning yonida gözal Vatan tikladik. Ğururimizni, unutilişga mahkum etilgan qadriyatlarimizni tikladik. Bugun qad rostlayotgan har bir binoga boqib, xuddi ğururimiz ham şu qadar muhtaşam bölib borayotganini his qilaman.

Hozir olamning har göşasida xatar, har puçmoğida tahlika. Dunyo dengizda böronga duç kelgan kemaday çayqalib turibdi. Çetdan, taşqaridan körinişi sipo, közni quvontiradigan, özini döst deb taniştiradigan yoşlar köp kitob öqişi kerak. Bilimdon, aql-zakovati möl, tafakkuri keng kişini dahanaki öyinlar aslo çalğitmaydi, özi tanlagan yölidan qatʼiy borişga zamin yaratadi. Adabiyot paydo bölibdiki, kitob insonning eng yaqin dösti ekanligi har bir asrning gapi bölgan. Bundan keyin ham şunday bölişi, şubhasiz. Turli “izm”larning makriga uçib, yolğon vaʼdalarga işonmasligimiz joiz. Boşimizni silab, qanoti ostiga olib, kelajakka dadil qadam bos, sen bizning işonçimizsan, deb yuragimizga quvvat beruvçi öz el-yurtimiz bor.

Sanjar Tursunov

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan