Hayot kiprigidagi öqlar

Şunday taqdirlar böladiki, hayoti olovli girdoblar va pörtana tölqinlar silsilasida ötadi. Sadoqat alangasida toblanib çiniqqani sari özbek ayollari timsoliga aylanib boradi…

Buyuk özbek elining navqiron isteʼdodli vakillarining ijodi avji gulga kirgan damlar, Fitrat, Behbudiy, Çölpon, Usmon Nosir  va Abdulla Qodiriy asarlari xalq mulkiga aylanib ulgurgan, Ğafur Ğulom, Abdulla  Qahhor, Oybek va Hamid Olimjonlar şoh asarlarini bitgan, Halimaxonim, Tamaraxonim sanʼatining dovruği olamni tutgan paytlarda, yaʼni 1937 yilda Saida Zunnunovaning ilk şeʼri matbuotda eʼlon qilinadi.

Tirişqoq, intiluvçan, şu bilan birga, maʼsuma adibaning ilk şeʼriy töplami esa uruşdan keyingi, tiklaniş yillarida çop etilgan. Kamtar, sodda va halol xonadon farzandi bölgan Saida Zunnunova yoşlikning huzurbaxş onlarini, çöllarni özlaştiriş, quriliş zarbdorlari mehnatini kuyladi, ayol baxtini uluğlab, samimiyatga yöğrilgan şeʼrlari bilan adabiyotga kirib keldi. Katta adabiyotimizning jöşqin oqimlariga uning inson qadrini kuylagan dilbar ovozi payvasta böldi.

Saida Zunnunova 1947-1952 yillarda Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi. Avvaliga “Gulxan” jurnalida adabiy xodim bölib işladi. Teran fikrli, harakatçan taşkilotçiligi tufayli, u Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida (1962 yildan umrining söngigaça) adabiy maslahatçi bölib faoliyat yuritdi.

Öşa yillari “Qizingiz yozdi” ilk şeʼriy kitobi bilan ustoz Ğafur Ğulomning nazariga tuşdi. Adabiy olamning serqirra ijodkoriga aylandi. Şoira prozada “Yangi direktor”, “Olov”, “Odamlar orasida” kabi qissalar, “Ona”, “Közlar” pyesalarini bitdi.

Saida Zunnunova “Sadoqat” şeʼrida şunday yozadi:

Sira çidolmayman, quvnoq çehrangda,

Qayğuning şarpasi kezsa bir nafas.

Könglimga tikandek oğir botadi,

Sening yöllaringda körsam xoru xas.

Men uni soçim-la supurib olgum,

Poyondoz deb yölga jonimni solgum.

Xohi bilgil, xohi bilmagil,

Sadoqatda bir umr qolgum…

Albatta, bu şeʼrni şoira umr yöldoşi Said Ahmadga bağişlab yozgan. Said Ahmad qançalik öziga mağrur bölmasin, Saida Zunnunova ham öziga işongan, benihoya ğururli qiz edi. Xalq­ona tilda aytganda, ikki uluğ ğurur birlaşib, zulğurur bölgandi.

— Boşdan-oyoq ibrat, — deb yozgandi Ibrohim Ğofurov, “Said va Saida” kitobining kiriş qismida berilgan “Uzilmas yaproqlar” sözboşisida.

Dunyoning talotöplari köp, zamona zayli bilan Said Ahmad qamalgan paytlar şoirani işdan haydaganlari kamlik qilganday, Yozuvçilar uyuşmasiga çaqirib, unga yo eringni, yo partbiletingni deysan, qabilida pöpisa qiladilar. Öşa paytlari partiya biletini topşirgan odam, şubhasiz, qamalardi.

— Erim “xalq duşmani” ekanini isbotlab beringlar! Men partiya biletini sizlardan olgan emasman, Oybekning tabarruk qölidan olganman, — deb hayqirgan ekan öşanda Saida Zunnunova.

Şoira işdan haydalgan kunlari şaharda ijara uyda yaşab, yozuvçilarning qölyozmalarini maşinkada köçirib kun keçiradi. Şunda ham öz yoriga sadoqati kam bölmadi. Şoira hayot kiprigidagi har bir öqni ana şunday matonat bilan yengdi.

1970 yil 20 mart kuni özbek adabiyoti ana şunday sadoqat şevasini zimmasida kötargan matonatli ayol, ajoyib şoira Saida Zunnunovadan ayrilib qolgan kun edi. Betakror isteʼdod sohibasi Saida Zunnunova hozir hayot bölganlarida 94 bahorni qarşilagan bölar edi.

U baribir öz sevgan xalqiga, muxlislariga, şogirdlariga ibratli yöllarini, mehr va ehtiros jamlanmasi bölgan barakali ijod merosini qoldirib ketdi.

Zulfiya Aminova

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan