Söz işqi

Işq – keng tuşunça. Uning turi – köp: Xudoga, yorga, kasbu korga, boylikka, sportga… işq, degandek. Şular orasida sözga işq ham bor. Bu işq qölga qalam tutqazadi. U haqiqiy bölsa, kişi umrining oxirigaça bu qalamni taşlamaydi.

Ötgan yilning 21 dekabr kuni şoir va publitsist Toşpölat Ahmad vafot etganlarini eşitib, dafʼatan köngildan şu fikr ötdi.

Buxoro adabiy muhiti vakillarini uç guruhga — Toşkentda taʼlim olganlar, Samarqandda tahsil körganlar va Buxoroda öqiganlarga böliş mumkin. Toşpölat aka ana şu ikkinçi toifaga mansub, yaʼni 1965 yili Samarqand davlat universitetini bitirgan edi.

1975 yil edi. Hozirgi Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti 4-bosqiçni tugatgan kaminani “Buxoro haqiqati” (hozirgi “Buxoronoma”) gazetasi tahririyatiga amaliyot ötaş uçun yubordi. Iyun oyida amaliyot ötadim. Keyin sentyabr – noyabr oylarida yana işlab çiqariş amaliyotida maoş olib, gazetaning sanoat bölimida adabiy xodim bölib işladim. Toşpölat aka yaqindagina Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimiga masʼul kotib bölib işga ötgan ekanlar. Avvalo, oldin işlagan jamoalari, qolaversa, şeʼrlariyu maqolalarini maşinkada terdiriş uçun tahririyatga tez-tez kelib turar edilar. Maşinka yetarli ediyu harf teruvçilarning qöli-qöliga tegmas edi. Kutib qolar edilar. Bir kuni:

— Keling, ustoz, diktovka qilib turing, men terib beraman, — dedim. 15 yoşimda yozgi taʼtil payti tumanimiz gazetasi tahririyatida maoş olib işlagan kezlarim katta qiziqiş bilan maşinkada yozişni örganib olgan edim. Fakultetda bu böyiça maxsus dars ham öqidik. 3-bosqiçda otam palto olişim uçun bergan pullarni asrab, “Moskva” degan portativ maşinka sotib olgan edim. Tez yozardim.

Şunga ham qariyb 45 yil bölibdi. Aka-ukaligimiz, ustoz-şogird­ligimiz şunça yil davom etdi. Umrning ötkinçiligiyu diydor ğanimatligini qarangki, roppa-rosa 35 kun burun, yaʼni 16 noyabr kuni Buxoro davlat universitetining anjumanlar zalida yonma-yon ötirib, Sadriddin Salim Buxoriy tavalludining 73 yilligi munosabati bilan “Şarif şahar şoiri” mavzuidagi xotira keçasini ötkazdik. Çiroyli çiqiş qildilar. Yangi kitoblari çop etilganini, uni, albatta, yetkazajaklarini aytgan edilar.

Mintaqalarimizda yaşab, ijod qilayotgan qalamkaşlarimizga xos bir-ikki jihat borki, buni markazdagi ijod ahlida kam kuzatamiz. Ular adabiyot olamida paydo bölgan asarlardan hammadan oldin xabar topadi. Çunki şunday qilmasa, adabiy muhitdan uzilib qolişi heç gap emas-da. Nazarimda, bu ijodkorlarning jismi öşa hududda yaşaydiyu ruhi poytaxtda kezadi.

Kamina Buxoroda Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov eʼlon qilgan har bir şeʼrni öz vaqtida topib, öqib yuradigan boşqa kişini körmaganman.

Mintaqalarimizdagi ahli adabning yana bir fazilati ularning xalqqa yaqinligida körinadi. U yoqlarda katta-katta maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning şoirsiz ötadigani — kam. Bu esa adabiyotni, sözni xalqqa yaqinlaştirişga xizmat qiladi. Izdihomlarda şoir yonib şeʼr öqib tursa, demak, adabiyot yaşayapti, xalq milliy hayotni badiiy sözsiz tasavvur qilib bölmasligini anglab turibdi. Darvoqe, Toşpölat aka öz şeʼrlarini kiftini keltirib öqir edilar. Ovozlari şu qadar jarangdor ediki, u kişini betaʼsir, beeʼtibor, şunçaki eşitişning aslo iloji yöq edi.

Hovlilarining darvozaxonasidan kiriladigan unça-munça qalamkaş havas qilsa arzigulik ijodxonalari bor. Akamiz bu xos xonada zavq-şavq bilan işladilar.

Zamonamiz şoirlari hayotini jurnalistikasiz tasavvur qilib bölmaydi. Toşpölat aka ham iş faoliyatlarini 1964 yili Samarqand viloyati gazetasi tahririyatida adabiy xodimlikdan boşlagan edi. 1965–1975 yillari Buxoro viloyati gazetasi tahririyatida adabiy xodim, tarjimon, bölim mudiri bölib mehnat qildilar. 1993–1996 yillari viloyat gazetasi “Buxoro haqiqati”ga, keyin “Buxoro mavjlari” adabiy-maʼrifiy jurnaliga boş muharrir böldilar.

Şöro davrida heç bir viloyatimizda jurnal çop etilmas, naşriyotlar ham yöq, buni xayolga ham keltirib bölmas edi. Holbuki, viloyatlarimiz markazlari hisoblanmiş köp şaharlarimiz, jumladan, Buxoroi şarif ham qadim-qadimdan ilm-fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat ravnaq topgan maʼrifat göşalari bölgan. Toşpölat aka “Buxoro mavjlari” adabiy-maʼrifiy jurnaliga asos solib, boş muharrir sifatida qariyb yigirma yil davomida uning muntazam çop etilişiga erişdilar. Uning sahifalarida adabiyotimiz va maʼrifatimiz ravnaqiga munosib hissa qöşgan köp-köp asarlar bosildi. Afsus, davlat byudjetidan moliyaviy quvvat olib turgan nufuzli-nufuzli jurnallarimiz adadi ham zörğa mingtaga yetib-yetmay turgan murakkab bir şaroitda bu yildan eʼtiboran “Buxoro mavjlari” faoliyatini töxtatişga majbur böldi.

Toşpölat aka Buxoro qalamkaşlarining sardori edilar. Çunki u kişi 40 (1975–2015) yil mobaynida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimini boşqardilar. Mintaqada soğlom adabiy muhit yaratiş, yozilayotgan asarlar badiiy saviyasini kötarişga hissa qöşiş, yoş isteʼdodlarni kaşf etib, ularni qöllab-quvvatlaş amalda ana şu bölim zimmasiga tuşadi. Bu davrda Buxoroda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari soni 32 nafarga yetdi. Faqat şeʼriyatgina emas, hikoyaçilik, qissaçilik va romançilikda yaxşi tajribalarga qöl urildi. Bu bölim, imkoniyatlari u qadar katta bölmasa ham, amalda xorijdan, poytaxtdan, hatto, mamlakatimizning boşqa mintaqalaridan viloyatga taşrif buyuradigan qalam ahlini kutib olar, xalq bilan uçraşuvlar taşkil etar edi.

“Buxoro yulduzi”, “Öğlingman, hayot”, “Qalbning oppoq gavhari”, “Oçiq eşik”, “Minorlar va çinorlar”, “Iymon qalʼasi”, “Fiğon”, “Şarq tumori”, “Çorbakr”, “Buxoronoma”, “Şarq gavhari” töplamlari, dostonlardan iborat “Sajdagoh” majmuasi, maʼrifiy yönalişdagi “Qalam va alam”, “Könglim guli — nabiram”, “Soğinsangiz, meni izlang…”, “Buxoro — oltin toğ”, “Labihovuzda Oy bal­qiydi”, “Yetti pir, yetti avliyo” kitoblari öz öquvçilarini topgan edi.

Sözga işqi baland bölmagan odam bunça narsa yoza olmaydi. Asarlarida hayotdan haqiqat izladilar, topganlarini qoğozga muhr­lab, kitobxonlar bilan baham körişga urindilar.

Özbekiston Qahramoni, xalq şoi­ri Abdulla Oripov bu sohibi qalamga: “Uyğoq ruhlar, toş bitiklar kuyçisi”, deb taʼrif bergan edi. Çunki Buxoro tarixini, bu zamindan ötgan ne-ne buyuk zotlar hayoti va faoliyatini yoritiş u kişi asarlarining doimiy mavzularidan bölib keldi.

Ustoz “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi” (1990 yil), “Mehnat şuhrati” (1998 yil) hamda “El-yurt hurmati” (2007 yil) ordenlari sohibi bölgan, “Oltin qalam” xalqaro mukofoti bilan ham taqdirlangan.

Nima qilamiz, Yaratgan akamizga 77 yilu 8 kunlik hayot bergan ekan. Eng muhimi, uni besamar ötkazmadilar. Ortlarida 29 nomdagi şeʼriy, nasriy va publitsis­tik kitob, sahnalaştirilgan 2 drama (“Fidoyilar”, “Qoyalar ham qulaydi”), köplab publitsistik maqolalar, isteʼdodli şogirdlar, köp sonli muxlislar, solih farzandlar bor.

Çiroyli odamlardan qalblarda hamişa çiroyli xotira muhrlanib qoladi. Ustoz ham zohiran, ham botinan çiroyli inson edilar.

Darvoqe, Parvardigor doimo suygan bandalarining muşkulini oson qiladi. Akamiz bir lozim taʼziyaga boriş uçun, kiyinib, darvozalari oldida kutib turgan nevaralarining maşinasiga ötiribdilar-u, bandalikni bajo aylabdilar…

Haqning suygani rost bölsin.

Sultonmurod Olim,

“Naqşbandiya” jurnali boş muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan