Inson nomi mağrur jaranglaydi yoxud haqiqiy erkak qanday böladi?
Bolalik. Sen tengilar ertadan keçgaça stadionda töpning orqasidan yugurgani yugurgan. Darsdan qaytişingda xohlaysanmi-yöqmi, söqmoq yöl ularning yonidan ötadi. “Oşir”, “Öngdan öt”, “Jarima töpini ber”, “Gol!” kabi qiyqiriqlar içida parişon xayollaring bilan andarmon bölib yurganingda, közlari senga tuşadi:
— Kel, qöşil.
— Yöq, darsim köproq edi. Ertaga imtihonim. Ona tilidan olimpiadaga…
Gaping bölinadi. Sözingni tugatmasdan kamsituvçi ovoz yangraydi:
— E-ye-ye, erkakmisan özi?!
Öyin davom etadi…
Adabiyot darsi. Ijodga bölgan mehring tufaylimi, asarlarni qunt bilan öqib, şeʼr-u dostonlarni soatlab yoddan aytarding. Tabiatan öğil bolalar erinçoq böladi. Sinfingdagi 20 nafar yigit qilmagan vazifani bir sengina bajarsang, qolganlar yonida hurmating yöqoladi. “Erkakmasakansan!” degan taʼnani eşitmaslik uçun “Kemaga tuşganning joni bir”, muallimadan dakki eşitasan va tabiiyki, ertasiga maktabdan çaqiruv xati keladi. Dadang uyning erkagi bölgani uçun bunday “mayda masalalar”ga aralaşmaydi, majlis-u yiğilişbozliklar doim onangning çekiga tuşgan. Boşqa ota-onalar singari volidang ham taʼna-yu daşnomlarga kömiladi, yuzing şuvit bölib, közingda yoş miltillaydi, böğzingga nimadir tiqiladi. Lekin yiğlolmaysan. “Falonçi erkak böla turib, yiğlab yuribdi”, deb ustingdan kulişlarini öylaysan-da, özingni tiyasan…
Qişloqdagi barça yoşlar singari bolaliging yaylovda ötgan. Doim bir xil xayot: tong saharlab uyqung oçilmasdan, sariyoğ surilgan nonni “kavşab”, mollarni haydaysan, keçga qarab toğdan endirasan. Tuşgaça ukang boqadi, peşindan keyin sen. Maktabda dars vaqti şunday taqsimlangan. Yaylovda qişloqning eng oldi tödaboşilari qartabozlik qiladi. Ajralib qolmaslik uçun öyinga tuşunmasang-da, tomoşa qilasan. Gohida kimlarningdir qistovida tengdoşlaring bilan janjallaşasan, kuraş tuşasan. Kunda bir yering momataloq! Bu “maşğulot”lar senga yoqmasa-da, yöq deyolmaysan: Erkaksan-da! Şom qoronğisida uyga kelasan va ovqat yeb-yemasdan, uxlab qolasan. Yarim tunda uyqung qoçadi. Dars tayyorlab, ilhom kelsa, qoğoz qoralaysan. Hayot şu zayl davom etaveradi…
Talabalik — umrning “oltin muammo”larga boy zanglamas davri. Kursdoşlaring kunda bir maşmaşa öylab topadi: tungi klub, qahvaxona, restoran, bouling, futbol… Senga esa tinçlik kerak. Ular hordiqni turli köngiloçar maskanlardan izlasa, senga “bir burda osoyiştalik” kifoya. Heç kim halal bermasa! Buni tuşuntirolmaysan-da xohlab-xohlamay ularga ergaşasan. Bazm avjida telefoning ona haqida kuy çalib, jiringlaydi. Ekranga “Jannatim” degan yozuv çiqadi. Javob bermaysan…
Universitet yotoqxonasidan joy tegmadi. Peşonada yozilganiga şukr qilib, ijarama-ijara köp sanğiding. Har oy suvi tez oqadigan soyga örnatilgan çarxpalakday ijara pulini beriş vaqti aylanib kelaveradi: uy egasining nomini eşitsang, köz oldingga quruq çöntakni qöllaring bilan körsatgança söppayib turgan qiyofang keladi… Şunday “oltin kunlar”ning birida xususiy naşriyotdan yotoq va yeb-içişi mavjud işning daragini eşitasan. Yönalişingga mos sohadan iş topilganidan quvonasan va boşliq bilan maoş, qolaversa, yaşaş şaroiting, yeydigan ovqating haqida kelişmasdan, ortiqça bahs-munozaraga bormasdan (“Axir, erkaksan”) nima deyişsa xöp deb, boşingni xam qilib turaverasan: yetkizganiga şukur!
“Biz hali oyoqqa turamiz”, “Yelkamiz oftob köradi”, “Korxonamiz rivojlanib ketadi”, “Iş boşqaruvçim bölasan”… kabi oxiri yöq vaʼdalarga uçib, zax va qoğoz, böyoq hidi burqsigan naşriyotda uç oy (q)işlading. Çöntaklaring rahmatga, universitetda jurnaldagi isming töğrisidagi böş katakçalar esa “NB”ga töldi. Sen erkak bölganing va boşliğing erkakligi uçun çidading, tişni tişga qöyib, sabr qilding… Tinmay işlading, haqqing — “Biz rivojlanib ketamiz”, “Seni rahbar qilaman”, “Iş boşqaruvçim bölasan”…
Xöş, erkak sözining maʼnosi nima özi? Bu jumlaning tub mohiyatida kim mujassam-u, odamlar uni niqob qilib, ortiga kimni yaşiryapti? Bobong haqiqiy erkak oilasining çinakam qalqoni, farzandlarining “qahramon”i böladi, derdi. Senga döstining yordamga muhtojligini közidan sezadigan, qölidan kelmaydigan işga vaʼda bermasdan, gapining ustidan çiqib, jamiyatda bir qadam oldinda yuradigan mukammal inson erkak, deb uqtirişgan. Bolangning egnida kiyimi yöq, oilang qotgan nonni suvga ivitib yeyayotgan bir şaroitda qöşningning öğli velosipedini minib, çokokrem surilgan şirmoy nonni köz-köz qilgança uyingga kelganini körganing — yigitning singani böladi!
Qişloğingda “Erkak yozda işlamasa, sigir qişda öladi” naqliga amal qilib, tengdoşlaring kabi oğir-u yengil mehnat bilan birga ulğaygansan. Şaharga öqişga kelib, har xil joyda ijara turding, turli odamlar bilan qöşni bölib, suhbatini olding. Ularni körib, beixtiyor özingga ğuldiraysan: “Çopon kiygan har kişi erkak bölavermaydi!”
Inson nomi mağrur jaranglaydi. Har gapning birida erkak sözining siyqasini çiqarayotgan ayrim “erkak”larga “Erkakmisan?”, deging keladi. Haqiqiy erkakka qiliç tiğidan söz tiği ötkirroqdir.
Abdulaziz Ahmedov,
Özbekiston Jurnalistika va ommaviy
kommunikatsiyalar universiteti
talabasi.
