Tabiat — uluğ ijodkor
Gul va çeçaklarga burkangan boğni, ayniqsa, navbahorniyu örik gulini yaxşi körardi Hamid Olimjon. Şu bois suyukli yori Zulfiyaxonim muhabbat va uyğoniş fasli kelişi bilan qöliga qalam olar, yuragida bir soğinç bilan bahor manzaralarini çizar edi.
Hirotdagi xuşmanzara Unsiya ijod ahlining boği bölgan. Hazrat Navoiy Unsiyaga öz qöli bilan mevali daraxt va gullar ekkani haqida maʼlumotlar mavjud. Jomiy va Navoiy adabiy maktablari ham Unsiyada joylaşgandi. Bu maktabda qançadan-qança isteʼdodlar tarbiya topgandi.
Mirzo Boburning Kobulda önta boğ barpo etganligi manbalarda qayd etilgan. “Şahroro boğ” şular jumlasidandir. U “Boburnoma”da özi bunyod etgan boğlarning manzarasini tasvirlaydi. Daşti Şayx qirlari etagida ösadigan lolaning 33 xilini qalamga oladi. Hindistondagi Jamna daryosi sohilida “Ram boğ”ini barpo etdi. Mevali daraxtlar bilan birga, oq yosuman, sambitgul, josun kabi gullar, manzarali daraxtlar ektiradi. Hindistondagi “Boği Boburiy” hanuz barqaror. Mahalliy xalq xuşböy atirgulni Hindistonga birinçi bölib Bobur keltirganini hali-hali taʼkidlaydi.
Qalam ahli boği
Zamondoşlari akademik şoir Ğafur Ğulomning “boğbonnamo” siymosini bot-bot eslaydilar. Toşkentning Arpapoya mahallasidagi hovlisi çamanzor göşasini eslatardi.
Abdulla Qahhor ham nabotot dunyosining yaqin dösti edi. Uy-muzeyini ziyorat qilib, bir zamonlar u ekkan mevali daraxtga közimiz tuşgan. Azamat daraxt soyasida nafas rostladim. Yaxşidan boğ, degan naql xayolimdan keçgandi.
Uluğ şoir Hamid Olimjon 1944 yilning 3 iyulida avtohalokat sabab olamdan ötdi. Fojia sodir bölgan kuni qoronğu tuşgunga qadar Dörmondagi boğ hovlisida jismoniy mehnat bilan maşğul bölgani adabiy davralarda aytiladi.
Gul va çeçaklarga burkangan boğni, ayniqsa, navbahorniyu örik gulini yaxşi körardi Hamid Olimjon. Şu bois suyukli yori Zulfiyaxonim muhabbat va uyğoniş fasli kelişi bilan qöliga qalam olar, yuragida bir soğinç bilan bahor manzaralarini çizar edi. “Hammayoq yangilana boşladi. Zilol, oq, puşti ranglar Toşkentning içkari hovlilariga ham kirib, gul soçib yuribdi. Birinçi bahor… Har novda, har maysa öziça uyğonib, bahor keldi — mening dardu armonim oşgandan oşib ketdi. Yana qoğozga muk tuşdim…”
Ha, Zulfiyaning “Bahor keldi seni söroqlab” şeʼri şu tarzda dunyoga kelgandi.
Bir paytlar buyuk adib Oybek domla Taxtapul va Yunusobod mavzelari örtasidagi Oqtepa mahallasidan boğ-hovli sotib olgan. Rafiqasi Zarifaxonim bilan yozni şu boğda ötkazardi. Şu yerda yozilgan “Qutluğ qon” romanida aynan öşa jannatmonand boğning ajoyib manzarasini — gözal tasvirini köramiz.
Abdulla Qodiriyning ham katta boği bölgan, töğriroği, u padari buzrukvori Qodir bobo barpo etgan boğ içida ösib-ulğaydi. Bir kuni boğ darçasini kimdir taqillatdi. Julqunboy borib darçani oçgaç, salom-alikdan söng, Abdulla Qodiriyni ziyorat qilmoqçiydim, dedi kelgan odam. U uluğ yozuvçini boğbon yo uy xizmatçisi deb öylagan ekan-da.
1933 yilning bahor oylari rus yozuvçisi Aleksey Tolstoy rafiqasi bilan Abdulla Qodiriy uyida mehmon böladi. Serşahd uzumlardan tatib körgaç, “qaniydi, bizning ham boğimiz bölsa”, deydi Tolstoy rafiqasiga yuzlanib. Endi boğimiz, uzumzorimiz böladi, deydi turmuş örtoği tabassum bilan va Habibulla Qodiriy (A.Qodiriyning öğli)dan bir neça tok novdalaridan olib berişini söraydi. Xohişi bajarilgaç, novdalarni zontik örnida boşiga tutib, minnatdor holda, jönab ketişadi.
Tabiat, öz navbatida, uluğ ijodkor. Uning nimaga qodirligi faqat uyğoniş faslidamas, yilning tört faslida yaqqol namoyon böladi. Tabiat va qöli gul inson harakatining birlaşuvi haqiqiy möʼjiza yarata oladi. Bugun şunday möʼjizani Milliy boğ hududidagi muhtaşam Adiblar xiyobonida ham körişimiz mumkin.
Sevimli adiblarimizdan birining: “Boğ haqida muhtaram Prezidentimizning sözlarini eşitarkanman, xayolimda Alişer Navoiy tavallud topgan Hirot, u yerdagi Unsiya boği jonlandi”, deb taʼkidlaşida jon bor, albatta.
2017 yili ijod ahli uçun ham unutilmas voqealarga boy böldi. Aprel oyining 18 sanasida Prezidentimizning “Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği hududida Adiblar xiyobonini barpo etiş töğrisida”gi qarori eʼlon qilindi. 2017 yil 23 dekabrda muhtaram Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboni bilan tanişiş maqsadida Milliy boğga taşrif buyurdi. Biz doimo ziyolilarni, ijodkorlarni qöllab-quvvatlaşimiz kerak, dedi mamlakatimiz rahbari bir guruh yozuvçilar bilan uçraşuvda.
Boğ içidagi Mir Alişer Navoiyning muhtaşam haykali — barhayot şeʼriyatning muazzam mujassamasi edi. Adiblar xiyoboniga qöyilgan Said Ahmad va Saida Zunnunova, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Oybek, Ğafur Ğulom, Ozod Şarafutdinov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuflarning jonajon xalqi va Vataniga bölgan mehr va sadoqat timsoli haykallari ham bamisoli asarlari singari özbek adabiyoti böstonini bezab turibdi.
Xiyobondan yoşlar qadami uzilmaydi — bu yerda navnihol boğbon mehrini tuyib va tafakkur dunyosidan bahra topib, özi uçun bir umrga unutilmas saboq oladi. Çamanzorning beğubor havosi hislarning köngildan qoğozga tökilişiga sabab böladi. Bu maskan yoş ijodkor uçun mahorat, mehnat, yaratuvçanlik olamidir. Adabiyot boğida yangi dunyolar oçilib, şeʼriyat va ijodga mehri oşadi, sehrli olamga intiliş iştiyoqi ortib boraveradi…
Muhammad Şodiy,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
