Maftunkor bahor

Özining sehri, jozibasi bilan butun dunyoga böy taratayotgan xalqimizning qadimiy va milliy bayrami — Navrözni Birlaşgan Millatlar Taşkiloti ham xalqaro bayram sifatida eʼtirof etgan.

Kuni keça Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “2020 yilgi Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarorida ham qadimiy bayramimiz ruhi va falsafasida yangilaniş va yaşariş, yaxşilik va bağrikenglik bor ekani, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning maʼno-mazmuniga hamohangligi alohida taʼkidlanadi.

Tabiatning evrilişi, yaşarişi baribir özgaça, zavqli. Yam-yaşil dalalarga qarab köngil yayraydi: köklam quyoşning tobora şimolga oğişidan boşlanadimi, yo maysalar orasidan turtinib osmonga yuz oçgan çuçmoma guli hididanmi?

Ehtimol, bu soğintiruvçi faslning deboçasi uzoq toğ çöqqilaridagi muzdan uzilgan ilk tomçidan yo boyçeçakning möʼjizakor ranglaridan boşlanar? Balki, şoşqaloq bodom gullari boşlab kelar bahorni…

Xuş kelding, Köklam!

Bahor, Sen rizq-röz, tökin dasturxon  yozguvçisan, Senda samo karnayçisi — momoqaldiroq  guldurosida alp yigit şijoati, Barçin qiz körki, tarovati mujassam.

Nega katta-yu kiçik bahorni eng yaqin kişisini soğingandek soğinadi? Nega suyukli yorday maftunkorsan, Navrözi olam!

Sen kelganda har yurakda yangi orzu-umidlar kurtak otadi, sening taşrifing dunyoni uyğotadi, borliqni tebratadi!

Assalom, Bahor!

Sening taşrifingga zamin poyondoz töşadi. Iforingga dasturxon yozdi. Ajib nozböy hididan dillar rohatlandi, örik gulining ol-qirmiz rangidan köngillar zavq tuydi.

Sening bu galgi taşrifing yurtimiz — Yangi Özbekiston uçun yanada yuksaliş, yaşnaş, yaşariş bahori hamdir.

Xuş kelding, Bahor!..

Ahmadali Şernazarov.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan