Yurakning pinhon xonasi
yoxud Vatan kimözarga sevilmaydi!
Vatan tuyğusi. Vatanga muhabbat. Vatanparvarlik. Yurtni seviş. Xalqi uçun jon fido etiş…
Eʼtibor beryapsizmi, bugun bu jumlalar tez-tez quloqqa çalinyapti. Çalinsa ham mayli edi, bahaybat qönğiroqli soat singari barça sohalarda “bong uryapti”. Yozuvçi-şoirlar, ommaviy axborot vositalari, amaldorlarni qöya turing, endi ösib kelayotgan yoş avlod ongiga ham baʼzi hollarda soxta madhiyabozlik singdirilmoqda. Maktabda ustozim bir gapni köp qaytarardi: “Vatan uçun jon fido etmang, şunçaki Vatan uçun yaşang. Vatan uçun yaşagan inson yurt va xalqi uçun jon berişga tayyor turadi…”
Vatan haqida Şavkat Rahmon şunday satrlar bitgan:
Joylaşgansan şunçalar çuqur…
Öz tubiga yaşirgan yurak.
Senga yetib bormoqlik uçun
Uzun umrim yetmasa kerak.
Köryapsizki, oddiy sözlar. Lekin har bir söz, harfda oğir yuk, daxldorlik hissi mujassam. Bu tuyğu baʼzi “Zulfiyaçi” qizlar, qayerda nima deyiş va qaysi davrada özini qanday tutişni qoyillatadigan ayrim “faol yoşlar”ning vatanparvarligi kabi emas. Bu şeʼr çin köngildan, iddao va taʼmasiz yozilgan. Yurakdan çiqqan asar yuraklarga yetib boradi…
Yaqinda ijtimoiy tarmoqqa “Adiblar xiyoboni”dagi Zulfiyaxonim, Abdulla Oripov va Muhammad Yusuf haykallarining ayni kundagi ahvoli videolavhasi joylandi. Şoira Zulfiya haqidagi postda şunday deyilgan:
“Zulfiyaxonim öz surati aks etgan, oltin suvi yugurtirilgan medallarni köksiga taqqan, başang kiyingan “qizlari”ning yöliga qarayotgandek: “Qaysi qizim kelarkanu, gullarimga suv quyarkan, yon-atrofimni supurib, çang-ğuborimni tozalarkan”.
Satrlarni öqirkanman, “Zulfiya” mukofoti sovrindorlarining jöşib gapirişi yodimga tuşadi:
— Biz mukofotni köksimizgamas, yuragimizga taqamiz, u çap tomonimizda urayotgan yurakni xalq uçun, yurt uçun xizmat qilişga undaydi. Vatan uçun yaşaşga daʼvat etadi. Albatta, özimga bildirilgan işonçni oqlab, Zulfiya onam singari şoira bölişga vaʼda beraman…
Şularni öylab, taʼsirlanib yurgan kezlarim edi. Katta bir bayram arafasida tuman faol yoşlarini markazga çaqirişdi. Borsam, katta xonada 20 nafarga yaqin yigit-qiz. Semiz va gavdali odam tadbirda tuman yoşlari nomidan qaysi mavzuda “nutq sözlaşimiz”ni tuşuntiryapti:
— Bolalar, keça yiğilişda hokim buva bizga soxta qarsakbozlar emas, haqiqiy vatanparvarlar kerak, dedilar. Şunday gapiringki, har sözingizdan yuraklar junbuşga kelsin, nutqingizdan közlangan maqsad yiğilganlarni ruhlantirişdir…
Öylayman, nega biz soxtalikdan haligaça voz keça olmadik, jamiyatning turli jabhalarida qalloblik, közböyamaçilik bölgani yetmagandek, endi eng oliy tuyğuga ham “köz olaytirib”, yiğilganlar közini şamğalat qilyapmiz? Töğri, bu yoşlar faoldir, boringki, qobiliyatlidir, lekin bunday yöl bilan obrö izlaş, mukofotga daʼvo qiliş qançalar töğri?! Bugun nega kitobni “Spark” oliş uçun öqişimiz kerak? Göyo Vatanni maʼlum iddao bilan, evaziga nimadir kutib “sevyapmiz”?
— Siz hokim buvaning qilgan ezgu işlari, samarali faoliyati haqida çiroyli şeʼr yozing. Ularga yoqsa, könglidan joy olsangiz, “Spark” bor.
— Piyoda yurganim yaxşi!
Vatan — inson yuragining yaşirin xonalaridagi pinhon tuyğudir. Uni hamma ham topa olmaydi. Ungaça yetib borolmaydi. Vatan neligini anglaganlar esa u haqda hadeb gapiravermaydi, yozavermaydi. Inson yaxşi körgan narsasini könglining eng çuqur yerida asraydi. Aslida Vatanga muhabbat ota-onaga bölgan muhabbatga mengzaladi. Axir ota-onangizga har kuni muhabbat izhor qilmaysiz-ku! Inson gözal bu tuyğuni hammaga jar solişga qizğanadi, har joyda aytavermaydi. Çunki soxta muhabbatu qarsakbozlik Vatanimizga kerak emas!
Abdulaziz Ahmedov,
“Hurriyat” muxbiri.
