Baxtning yangi qirrasi

Bekatda turgandim. Uzoqdan bir keksa ayol körindi. Unga qaradimu yuragim gupillab urdi. Xolaning yurişi, böy basti quyib qöygandek onamga öxşardi. Hatto egnidagi jemferining rangiyu, yelkasi aralaş boşiga taşlab olgan kattakon şol römoligaça   taniş. U yonimga yetib kelgaç töxtadi, men şoşa-pişa unga salom berdim. U mehr bilan alik oldi. Beixtiyor unga yaqin bordim, rayhon hidi anqirdi.

Men yöqotgan narsasini topgan devonaday entikib tez-tez nafas ola boşladim. Bekatga men kutayotgan avtobus keldi. Xolaga qaradim. Hayriyat u ham avtobus sari yurdi.

Avtobusning oldingi eşigidan çiqdik. Sal örtaroqdagi örindiqda ötirgan yigit örnidan turib joy berdi. Men ham xolaga ergaşdim. Közim bilan salonni kuzatdim. Xola boşini kötarib menga qaradi. Bu payt közyoşlarim özimga böysunmasdi. Xola örindiq tutqiçida turgan qölimdan uşladi.

— Darding yangimi, bolam? — söradi xola.

— Ha.

— Onangmi?

— Ha.

— Betobmidi, qaradingmi?

— Ha, lekin köp yotmadilar. Bizni qiynamadilar…

— Yolğiz bolasimisan?

— Yöq, ikkita opam, akam bor.

— Ular ham onangni yonidamidi, sönggi yölga birga kuzatdinglarmi? — dedi xola xorğin ohangda.

— Albatta-da, — dedim.

— Onang baxtli ekan, — xörsindi xola, — sen ham baxtli ekansan, bolam.

Xola nigohimdagi iztirobni körib “uh” tortdi, boşini çayqab qöydi. Keyin sokin ovozda gap boşladi:

— Bolam, har bir ona Yaratgandan farzand doğini körsatma, bolalarim orqamda qolsin deb duo qiladi. Öğlimga qabrimga bir kaft tuproq taşlaş nasib qilsin, deb söraydi. Onang niyatiga yetibdi. Bu dunyodan bola-çaqasi huzurida xotirjam köz yumibdi. Menda ana şu xotirjamlik yöq bolam. Keçalari Ollohga nola qilib çiqaman…

Şu çoq yonimizga çiptaçi bola yaqinlaşib qoldi. Xola rangi uniqib ketgan latta sumkasini titkilab pensiya daftarçasi bilan hamyonini topguniça yöl pulini men ikkalamiz uçun töladim.

Xola xijolat tortdi. Duo qildi. Keyin:

— Mening ham bir qiz, ikki öğlim bor. Uç yil burun kiçik öğlim kasalga çalinib vafot etdi. Ortida ikkita bolasi qoldi. Men hozir şular bilan turaman. Kelinim yomon emas. Har holda bir qoşiq ovqatim tayyor. Katta öğlim Rossiyada, öşa yerdan uylangan. Onasi borligi esida ham yöq.

Qizim Turkiyada. Qizini uzatganda qarzga kirgan. Öşa pulni topgani ketgan. U yerda bir boy kampirga qararmiş. Telefon qilib turadi, öziça u bu narsa yuborgan böladi. Şu yoşimda menga narsasi kerakmi, bolam. Bir burda nonga qornim töyadi. Qizim yonimda yursa deyman, sirdoş bölardi, dardkaş bölardi. Tunlari yonimda eş-qöş bölsa qaniydi. Dunyoni işlarida, öz onasi qolib birovning onasini oq yuvib, oq tarab ötiribdi. Ertaga kuçdan qolib kelganda men bormanmi yöqmanmi, qayerdan biladi.

Eri esa allaqaçon boşqasiga uylanib oldi. Şularni öylasam yuragim açiydi, bağrim kuyişadi.

Sening onang qanday baxtli ekan, öz jigarbandlari sönggi yölga kuzatibdi. Öğli bel boğlab xassakaşlik qilibdi. Ona uçun bu baxt qizim. Sen yiğlama, onangdan ham, unga şunday çiroyli umr, baxt bergan Ollohdan ham rozi böl.

… Bu suhbat, tasodifiy uçraşuv bölganiga ança böldi. Lekin dilimga şu qadar taskinlik berdiki, sira xayolimdan ketmaydi…

Muhabbat Hamidova,

“Gulxan” jurnali boş muharriri örinbosari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan