Karantinda örganganlarim
Jurnalistlik faoliyatim, ijod, boz ustiga oila, onalik masʼuliyati, qaynonalik majburiyati, buvilik baxti, eh-hey, hammasiga qay darajada vaqt topardim? Karantin menga nimani örgatdi?
Aslida davralarni unçalik xuş körmayman. Opa-singlim, ukalarimga biroz vaqt ajratardim, göyo qayergadir keç qolayotgandek, şoşilib yurardim. Baʼzan farzandlarim iş vaqtida telefon qilişsa bormi, “tezroq gapir, işim juda köp”, derdim, ular istagança vaqt ajratolmasdim.
Endi uyda ötirib öylasam xatolarim juda kö-öp ekan. Özi asliyatimda keçirim söraşni xuş köraman, lekin ğururim heç yöl bermagan ekan. Endi kelin qolib, har kun tongda özim nonuştaga tayyorgarlik köraman. Şirçoyni ham qaynonam örgatganlaridek tayyorlayman. Erta ketib, keç işdan qaytişlarimga çidagan, mening jurnalist bölişimda, yutuqlarimda öz hissasini qöşgan insonimga termulaman: “Meni keçiring, dadasi,” degim kelayapti. Nevaram uyğoniboq özini bağrimga otadi. Gödakning xuşböy iforidan rohatlanarkanman: “Şu vaqtgaça senga, sen istagançalik mehr körsata olmaganim uçun buvingni keçir, bolajonim”, deyman. U nima deyayotganimni tuşunmasa-da, jajji qölçalarini sarak-sarak qilib, köksiga qöyadi, xuddi: “Rahmat, rahmat”, deyayotgandek. Xavotirli va qançalik tahlikali bölmasin, davlat işiga otlangan, xalq xizmatida bölgan öğlimni duo qilaman: “Hamişa omon böl, yaxşi borib kel, bolam!”.
U bilan birga işga çiqib ketişimga odatlangan öğlimga uyda qolişim eriş tuyuladi, u maşinasining oynasini tuşirib: “Hammasi yaxşi böladi, tez kunlarda koronavirusni yengib, karantindan çiqamiz, oyijon”, deb könglimga taskin beradi…
Qizlarim qönğiroğidan könglim yorişib ketadi, soğinç köz yoşlarimni yaşiraman. Bilaman, bu tiyilgan köz yoşlar tunda joynamoz ustiga tökiladi. Şu kunga yetgunga qadar kimlarni ranjitdim, birovni noörin dilini oğritmadimmi? Ön yil töşakda mixlanib qolib, dardga ham mardonavor çidagan, sabr bilan hayot qiyinçiliklarini yenga olgan, umrining sönggi daqiqalarida ham Allohga şukrona aytib joni uzilgan padari buzrukvorimni eslayman. Rözğorning “ğor”ini töldiriş uçun, usti yupun bölsa-da, xöjalik idorasidagi gulahlarni yoqiş, issiq örnidan turib işga keladiganlarga xonalarni isitib qöyiş ilinjida qişda qor keçib, bahorda loytuproqdan yurib, uzoq masofani pisand qilmay, qatnab işlasa-da, hayotidan nolimagan, çehrasi mahzun sabr malikasi volidai muhtaramam yodimga tuşadi. Bilib-bilmay sizga oğir botadigan gaplar aytgan bölsam meni keçiringlar, deyman iç-içimdan. 103 yoşda vafot etgan Qunduzoy buvimning ertaklari haqiqat ekanligini tuşunişim uçun şunça vaqt kerak bölibdi-ya.
Bizga nima böldi? Qay manzilni közlab ketdik? Rivojlaniş, taraqqiyot, axiri tanazzul, bu nimasi? Televizor, internet, instagram, telegramm, feysbuk… muk tuşib telefon, kompyuter qutisiga yopişib qolgan ota-ona, öğil-qiz, hatto bobo-buvilar köz oldimdan ötaveradi.
Issiq suvimiz, sovuq suvimiz, barça şaroitlar muhayyo esa-da, kunda beş bor yuvinib olişga erinmasmidik. Endi-çi, uyda ötirib Yaratganning inoyati, marhamatidan umidvor bölib turibmiz. Ammo bugun kirlangan qalblarni tahorati haqida öylamayotganlar qolmadi, deb ayta olamizmi?
Yo Robbim, momomning qanoatini, volidamning sabrini ber, menga! Mayli qirq yamoq bölsa-da, hayo libosi, ibo bezagini ber qizlarim, nevaralarimga! Taşvişlarni yengişda, nomard paykoniga öq bölmaslik uçun janggohlarda yoşlik quvonçini taşlab kelgan Otam matonatini ber öğlim va öğiltoy nevaralarimga!
Karantin, sen bizga nimani örgatding, nimani özlaştirdik, şu kunlarda şular haqida köproq öylay boşladim.
Qiziq, aslida odam deganiga bu hayotda nima yetişmaydi. Arzimagan ho-yu havas deb bir-birlariga zarda qiliş, köngil qoldiriş nima uçun özi? Ming kişilik, beş yuz kişilik töylar, dabdabali tantanalar bizga kerakmi? Mumkin ekan-ku, 30-40 kişilik töy qilsak ham bölarkan-ku?
Bu sinov, bu oğir kunlar saboği… Ammo tezroq yana osoyişta kunlar kelsin, endi odamlar köp narsalarni tuşunib yetdi. Faqat bu balo-yu ofat daf bölsa, unga çora topilsa bas, deyman iç-içimdan ertangi yoruğ, farahbaxş kunlar kelişiga inonib.
Mohira Şakarova,
jurnalist.
