Kulib kuzatsammi yoki mağzun?

(Yil adoğida aytilgan istiğfor)

Yil ötdi. Davrimizning yana bir aziz yili ortda qolayapti.

Haqrost, bu yil oğir keldi. Hammani sinovdan ötkazdi bu yil. Jinsiga, irqiga, millatiga, kambağalu boyligiga, amaldoru faqirligiga qarab ötirmadi bu yil.

Yilni kuzata turib, negadir yöqotganlarimiz haqida öylay ketamiz. Yöqotganlarimiz bir–bir köz oldimizdan ötadi. Har jabhada köp narsa yöqotgandekmiz. Ammo topganlarimiz ham kam emas. Yana topganlarimiz dilga taskin beradi, çehralarga mamnun tabassum bağişlaydi.

Yil boşlandi, degunça sinov boşlandi. Dastavval Avstraliyadagi yonğinlar insoniyat hayvonot va nobotot olamiga befarq emasligining, kurrai zaminda hamon ğamxör odamzotning avlodlari yaşayotganining isboti böldi. Ammo aslan nima uçun dunyoga kelganini unutgan odamzotning nafsi yana zabtiga mindi. Yaqin Şarqda yölovçi samolyotining urib tuşirilişi olamga uruş xavfini solgandek böldi. Biroq xudbinlik va ğayirlik inson bolasini töliq egallay olmagan ekan. Xavf barham topdi.

Ahli başar kutmagan edi… Ne-ne uruşning talotöplaridan-da köproq talofat yetkazuvçi ofat borligini. Olam koronavirus infeksiyasi girdobida qoldi. Hamma uyda qoldi! Butun insoniyat uyda qoldi! 7,8 milliard jon öz uyidan panoh topdi.

Bu infeksiya qariyb 82 million kişini zararlab, ularning salkam 1,8 millionini bu olamdan olib ketdi. Va insoniyat yana bir bor tuşunib yetdi: hadisi şarifda aytilganidek, ilmdan boşqa najot yöq va bölmagay! Inson ilmining hosilasi bölgan Covid-19ga qarşi vaksinalarni işlab çiqariş va sinovdan ötkaziş boşlandi. Xavf birozgina çekingandek tuyuldi.

Baxtga qarşi, boşqa sinovlar yöq emas ekan. Bularning bari insoniyat irodasini sinab, yaşaşning, hayotning tub mohiyati nima ekanligini uqtirgandek göyo. Dunyo böylab yuz bergan voqea-hodisalarni anglaş, tahlil qilişning özi muşkul. Lekin Toğli Qoraboğdagi harbiy töqnaşuvlar, Belarus va Qirğizistondagi talotöplar, Qöşma Ştatlarning Yevropagaça tarqalgan namoyişlari, Fransiyadagi holatlar… hamma-hammasi odam bolasining nima uçun dunyoga kelişi va nima uçun umr keçirişini — hayotning mohiyatini körsatib berdi. Inson bepoyon koinotdagi mitti jussa. Hatto, u, kerak bölsa, millimetr ham çiqmas mitti virus oldida ham ojiz. Xöş, nimasiga, nima uçun keriladi bölmasa bu ojiz banda? Sobitu sayyorada inson özing, inson özing…

Odamzod havoyi nafs qurboniga aylanayotgan bir paytda, bilmaydiki, boşqa xavf yaqinlaşayotganini. Har yili 4,2 million kişi havo ifloslanişi oqibatida turli kasalliklardan vafot etişi köplarni taşvişga solmayapti. Iqlim özgarişiga insoniyatning taʼsiri kun kelib tuzatib bölmas xatolarni keltirib çiqarmasligiga heç kim kafolat bermaydi.

Ha biroq, ilmdan boşqa najot yöq va bölmagay! Ilmning ildizi esa kitobda, kitob öqişda. Özbekistonda Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yilida “Yoşlar ovozi” (sobiq “Turkiston”), “Dugonalar”, “Toşkent oqşomi” kabi naşrlar çop etilmadi. Ayniqsa, 1925 yil Abdulla Qodiriy erk va adolatga taşna yurak qoni bilan yozib asos solgan “Muştum” jurnalini ham bugun qaydan izlaşni bilmaymiz.

Uşbu yili jahonda 2,7 million kitoblar dunyo yuzini kördi. Yakunlanayotgan yilning deyarli har kunida qariyb 330 million adadda gazetalar tarqatildi va tarqatilmoqda. Kurrai zaminda 7,8 milliard kişi yaşayotganini eʼtiborga olsak, bu körsatkiç qançalar köngilni xotirjam qila oladi?

Bu yil — 5,2 million gektar maydondagi örmonlar nobud böldi; 7 million gektar maydondagi tuproq eroziyasiga uçradi; 36 milliard tonna SO2– karbonat angidrid gazi atmosferaga çiqarildi; çöllar 11 million gektarga kengaydi; qariyb 10 million tonna toksik kimyoviy moddalar atrof-muhitga çiqarildi; suv bilan boğliq bölgan kasalliklar tufayli 839 kişi olamdan ötdi.

Bular insoniyatga saboq çiqariş uçun ogohlantiriş emasmikan.

Bu körsatkiçlar, bu statistik qaydlarning hammasi insonni çuqur mulohazaga çorlaydi. Ertangi kun haqida, istiqbol haqida, yaqin kelajak haqida muşohada yuritgani çorlaydi va eng muhimi, dars olişga, saboq çiqarişga, töğri xulosa yasaşga çaqiradi.

Yilning 366 kunini kinotasmaday köz oldidan ötkazib, yaqin ötmişga nazar solayotgan kişini bir savol öylantiradi endi: bu yilni qanday kuzatadi? Kulib kuzatsami yoki mağzun?..

Yangi yilimiz yaxşi yil bölsin, ilohim!

Otabek Isroilov,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan