Sabr— Alloh neʼmati

Ertalab ajoyib voqea, ajoyib holat böldi, şundan kayfiyatim ham ajoyib! Buni bajoni dil şarhlab bermoqçiman.

Maydalab yoğayotgan qor, izillagan sovuq… işga boriş uçun Yunusobodning 17-mavzesidan 67-yönaliş böyiça qatnaydigan avtobusga çiqib orqaroqdagi böş joyga ötirdim. Öringa joylaşarkanman, közim avtobusning haydovçi tarafdagi peştoqiga yozilgan, içidan çiroq bilan yoritilgan çiroyli S harfiga tuşdi. U juda çiroyli edi! Yaxşilab qarasam, davomida yana harflar bor, lekin nimqoronğulikda ularni öqişim qiyin böldi. Tikilib ketyap­man, boş­qa heç narsa xayolimni tortmaydi. Nihoyat, S ga yondoş harflarni ham angladim: Sabr!

Nazarimda, avtobus içida bu botiniyu zohiri gözal söz möʼjaz quyoşça bölib çaraqlay boş­ladi. Tikilganim sayin qalbimga osoyişta, orasta nurlar taralayotgandek. Nogoh bir novça yigit röparamda turib qoldi-yu, söz tösilib qoldi. Asta öng, çap­­ga oğaman — şuʼlalangan sözga intilaman. Nihoyat, yigit yonga surildi — quyoşli söz yana közimga tuşdi.

Tasavvurimda bu katta avtobusda ketayotganlar hayot karvonining ramziy bir yölovçilariga aylandi. Hamma qandaydir niyat bilan yölga çiqqan. Ularning orasida kimdir xotirjamu kimdir şoşilgan, kim borlikdan köksi balandu kim yöqçilikdan taşvişli, kim soğu kim dardmand, kim şukronadayu kim afsusda… Ammo ularning hammasiga — barçamizga, har qanday holatda, har doim yaxşilik, saodat, savoblar yölini oçadigan Allohning marhamatli neʼmatlaridan biri — sabr kerak!

Bizga kerak va nokerak turli buyumlar, şifobaxşligi neçoğli tasdiqlangani nomaʼlum dori-darmonlar, bir-ikki oyda xorijiy tilni örgatib qöyişga kafolat berayotgan öquv kurslari haqidagi eʼlonlar, mayli, öz yöliga. Ularga hamma birdek ehtiyojmand emasligi — tabiiy. Lekin şunday daʼvat, tarbiya, nasihat, yöl-yöriqlar borki, ularni tuğilgandan umringning oxirigaça qança tinglasang, qalbingga joylasang, ularga amal qilib yaşasang — şunça joiz, şunça afzal, şunça xayrli va şunçalar oz…

Sabr sözini mana bu avtobusda muruvvatli, muhabbatli, talabçan ustoz kabi köz öngimizga yozib qöyişgani qanday xayrli iş bölibdi!

Men özim sabr-toqatda noqisligim sababli köp pand yeganman. Lekin çiroyli sabr-toqat egasi bölişni juda xohlayman. Hozir şu umid yana qalbimni orziqtirarkan, röparamdagi yozuv — quyoşça közlarimga jimir-jimir yulduzçalar kabi soçila boşladi. Uni köraversang, uni sevib qolsang, qalbing­ga mus­tahkam jo bölib borsa, sabr bizni muruvvatli panohiga olsa, inşaalloh.

Birdan bu quvonçni bölişgim keldi — yon-atrofimdagilarga bir-bir qarab çiqdim. Yonimdagi hamroh mening — öziga yetti yot begona ayolning bunaqa hayajonlanib, jilmayib nimadir demoqçi ekanidan hayronligi nigohida aks etib turardi. Yozuvga işora qildim: “Qarang, qanday çiroyli, qanday ibratli, qanday yaxşi!”

Manzilimga yetib, har doimgidan boşqaça kayfiyat bilan bekatda tuşdim. Nazarimda, avtobus emas, içi nurga tölgan bir maʼvo asta joyidan qözğaldi. Közlarimga uning sirtiga yozilgan 01 507 DCA belgisi ham boş­qaça, ajoyib körindi.

Muhtarama ULUĞOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan