“Bobur mirzoga mehrim meni Özbekistonga yetaklaydi”

Bu yil ham 14 fevral — buyuk vatandoşimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Andijonda tantanali marosim va ilmiy konferensiya taşkil etildi. Unda yurtimiz ilm-fan va madaniyat namoyandalari hamda dunyoning öndan ortiq mamlakatidan taşrif buyurgan taniqli boburşunos olimlar, OAV vakillari iştirok etişdi.

Maʼlumki, jahonning turli kutubxonalarida buyuk ajdodlarimizga tegişli nodir manbalar saqlanmoqda. Ayniqsa, Boburiylar uç asrdan ziyod hukmronlik qilgan Hindistonda ajdodlarimizga tegişli köplab maʼnaviy xazinalar mavjud.  Yurtimizga anjumanda iştirok etiş uçun kelgan xorijlik mehmonlardan biri, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining Hindistondagi bölimi rahbari, Rampur Rizo kutubxonasi vitse-prezidenti, şoir va olim, doktor Syed Naqi Abbas bilan  suhbatlaşdik.

— Yurtimizga xuş kelibsiz. Sizning Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan zaminga taşrifingiz birinçi marta emas. Bilamiz, ijodiy–ilmiy işlaringiz köp. Vaqtingiz tiğiz. Ammo har yili Özbekistonga taşrif buyurişni kanda qilmaysiz. Albatta, biz bundan xursand­miz. Aytingçi, sizni bu diyorga nima yetaklaydi?

—  Yurtingiz meni maftun qilgan bir qölida qiliçu bir qölida qalam bilan yaşab ötgan uluğ inson tavallud topgan joy. Hazrat Bobur juda olijanob fazilatlar egasi bölgan. Mehr-oqibat, keçirimlilik, mardlik, tantilik, bağrikenglik, bosiqlik kabi xarakteridagi ijobiy jihatlar tufayli ham elning mehru muhabbatiga sazovor bölgan. Ayniqsa, uning nozik didli, nuktadon olim, aruz ilmini çuqur egallagan dilbar şoirligi meni hayratda qoldiradi. Har yili fevral oyida mahoratli sarkarda va dilbar şoirga bölgan mehrim meni Özbekistonga, Andijonga yetak­laydi.

Ikkinçidan, bu davlatda mening eng yaxşi döstlarim bor. Olimlar, şoirlar, ilm-fan, maʼrifat ahlidan bölgan zamondoşlarimiz bilan fikr almaşiş, yangi tadqiqotlar va ijodiy işlarimizni namoyiş etiş, bir-birimiz bilan döstona suhbatlaşiş menga ulkan zavq beradi. Yangi taassurotlar, yangi fikr va ğoyalar bilan yurtimga qaytaman.

— Maʼlumki, Hindistonda boburiylar va boşqa uluğ zotlardan boy maʼnaviy meros qolgan. Siz faoliyat yuritayotgan Rampur Rizo kutubxonasida bizning buyuk zotlarga oid qanday nodir asarlar bor?

— Kutubxonamizda boburiylar davriga oid noyob asarlarning asl qölyozmalari saqlanayotgani bizning faxrimizdir. Bizda hazrat Boburning “Devon”i, “Boburnoma”, “Humoyunnoma”, Kamron Mirzoning “Devon”i, qolaversa, boşqa juda köplab noyob kitoblar bor. Ularning har biri bebaho boylik.

Şu örinda ehtirom bilan tilga oliş kerakki, Hazrat Bobur Hindis­tonga özi bilan birga örta osiyolik köpgina mutafakkir olim, benazir şoir, xattot, tabib, hunarmand va boşqa kasb egalarini olib borgan. Öşa davrda bizning yurtimizda yaşagan ilm va adabiyot ahlidan juda gözal asarlar meros bölib qoldi. Ana şunday ulamolardan bir qançalarining qölyozma kitoblari kutubxonamizda saqlanadi.

Misol uçun, Zahiriddin Muhammad Bobur davrida yaşagan Tabibiy taxallusi bilan maşhur bölgan mutafakkirning keyinçalik Humoyun mirzoga atab yozgan betakror asarlari mavjud. Tib, falsafa, axloq haqidagi bu kitoblar bugungi kun uçun ham katta ahamiyat kasb etadi. Bunday misollarni köp keltiriş mumkin.

Bundan taşqari, Rizo kutubxonasida bugungi zamonaviy özbek adabiyoti vakillarining ham köplab ki­toblari mavjudligi bizni hamişa quvontiradi.

— Kutubxonangizda Boburiy malikalar va öşa davrda yaşab, qalam tebratgan movarounnahrlik boş­­qa ayol ijodkorlarning ham asarlari saqlansa kerak…

— Albatta. Aytiş kerakki, Boburiy malikalar juda savodli, maʼrifatparvar, nozik qaraşli, öz davrining barça ilmlaridan xabardor va bahodir ayollar bölgan. Misol uçun, Şoh Jahonning qizi Jahon Orobegim nihoyatda ziyoli va tafakkurli şoira bölgan. Uning juda katta şaxsiy kutubxonasi bölgan ekan. Tarixiy manbalarda yozilişiça, podşoh otasi qöliga tuşgan har bir yaxşi asarni qiziga tuhfa qilgan. Qolaversa, uning kutubxonasida Örta Osiyodan keltirilgan nodir asarlar ham köp bölgan. Bizda Jahon Orobegim mutolaa qilgan asarlar ham bor. Qiziği, ularning aynan şu malika öqigan asarlar ekanini heç ikkilanmay aytişimiz mumkin. Çunki ularda bu isteʼdodli ayol öz qöli bilan dastxat, qaydlar, izohlar yozgan. Misol uçun, “Risolai Xoja Abdulloh Ansoriy”da Jahon Orobegim öz husnixati bilan yozgan dastxatini öqiş mumkin. Bunday kitoblar köp. Eʼtirof etiş zarurki, bu malika tasavvuf va ilmda nihoyatda zakiy edi.

Boburiyzoda Avrangzebning qizi Zebunnisobegim ham betakror şoira bölgan. Men bir rivoyatni sizga aytib beray. Tarjima qilib, özbekistonlik döstlarga yetkazsangiz, xursand bölardim.

Rivoyatlarga köra, Avrangzeb olamgirga Çin ölkasidan tuhfa keltirişibdi. U qimmatbaho közgu ekan. Şoh uni qizi Zebunnisobegimga beribdi. Kunlardan bir kuni malikaning kanizagi uyni tozalayotib, bexosdan öşa oynani sindirib qöyibdi. Şundan söng u ming bir qörquv va xijolat bilan Zebunnisobegim ötirgan xonaga kirib, bir burçakda qimtinibgina, aybdorona turaveribdi. Mutolaa bilan maşğul bölgan malika undan nima gapligini söraganda, tabʼi nazmga ega kanizak şunday debdi:

“Az qazo oinai çini şikast”.

(Tarjimasi: Bexosdan çin közgusi sindi).

Şunda Zebunnisobegim hozirjavoblik bilan:

“Xub şud, asbobi xudbini şikast”

(Tarjimasi: Yaxşi bölibdi, xudbinlik asbobi sinibdi), deb javob beribdi.

Bunda, birinçidan, Zebunnisobegimning naqadar rahmdil va bağrikeng ayolligini biliş mumkin. Yaʼni, ming bir xijolat bilan qilgan işini, podşoh sovğasini sindirib qöyganini aytib, jazo kutib turgan kanizakni keçiriş va şu bilan birga unga tasalli beriş sohibkaramlik belgisi. Ikkinçidan esa malikaning naqadar fasohat egasi ekanini anglaş mumkin.

Aytmoqçi bölganim, boburiy malikalar ana şunday gözal xulq va maʼrifat egasi bölişgan. Kutubxonamizda Zebunnisobegim, Gulbadanbegim, Jahon Orobegim va boşqa köp­lab malikalarning nodir qölyozmalari saqlanadi.

— Biz “Ramayana”ni juda yaxşi köramiz. Hatto, u asosida yaratilgan film özbek tiliga tarjima qilingan, uni tomoşa qilmaganlar kam bölsa kerak. Yaʼni, hind xalqining milliy qahramonlari va uluğ mutafakkirlariga nisbatan hurmatimiz yuqori. Sizlarda-çi? “Boburnoma” qay darajada örganilmoqda?

— Mamnuniyat bilan tilga oliş kerak: “Ramayana” ham, boşqa hind asarlari ham boburiylar hukmronligi davrida fors va boşqa tillarga tarjima qilingan. Bobur va uning avlodlari tomonidan Hindistonda kitobga, millatidan qatʼi nazar xalq maʼnaviy boyligiga ehtirom körsatilgan. Buni biz juda yaxşi tuşunamiz, xursand bölamiz. Şunga monand Hind xalqi ham Bobur va boburiylar yaratgan nodir asarlarga ehtirom bilan munosabatda böladi. “Tuzuki Bobur” (“Boburnoma”)da şoh va şoir faqatgina körgan-keçirganlarini yozgan. Yolğon yozmagan. Bu asarda Hind tarixiga oid ham noyob maʼlumotlar bor. Şu bois ham bu asar bizning mamlakatimiz, butun hind eli uçun ham qimmatini heç qaçon yöqotmaydi.

Bizda boburşunoslik bilan şuğullanayotgan olimlar kam emas. Qölyozmalarni öqiyotgan, tadqiq qilayotganlar bor. Şuning uçun ham “Boburnoma” örganilişda davom etyapti, deb aytiş mumkin.

— Siz ham matnşunoslik bilan şuğullanayotgan olimsiz. Şoh va şoirning asl qölyozma asarlarini mutolaa qiliş baxtiga erişgansiz. Aytingçi, sizni Hazrat Boburning qaysi asari köproq hayratlantiradi?

— Men matnşunoslik bilan şuğullanayotgan mutaxassis sifatida Zahiriddin Muhammad Boburning har bir asarini öta qimmatli sanayman. Ammo şoir sifatida “Aruz risolasi”ga mehrim bölakça. Hazrat Boburni bir qölida qiliç bilan yaşaşga majbur bölgan şoir deb his qilaman, tuşunaman. Uning şeʼr ilmidan çuqur xabardorligi bağoyat eʼtirofga arzirli.

Qolaversa, kutubxona işini yuritayotgan mutaxassis sifatida Hazrat Boburning bu kasbni ham çuqur bilganidan hayratlanaman. “Tuzuki Bobur”(“Boburnoma”)da Hindistonda köp yomğir yoğişi natijasida namgarçilik yuqori ekanini ayta turib, şu sababdan bu mamlakatda kitoblarga ziyon yetişidan xavotir oladi. Kitob­larni asraş, kelajak avlodga benuqson yetkaziş uçun qölyozmalarning jildini qalin çarmdan qilişni buyuradi va uning har bir varoqlari orasiga yupqa qoğoz qöyiladiki, bu namni tortib olişga xizmat qilgan. Bu ham Hazrat Boburning kitobga mehri, avlodlarga ğamxörligi nişonasidir.

— Ayni paytda qanday ilmiy yoki ijodiy işlar bilan maşğulsiz?

— Yaqinda yangi kitoblarim naşr etiliş arafasida. Birinçisi, “Jahongirnomai Tolibi Amuliy”. Bobur podşohning nabirasi Jahongir haqida.  Ikkinçi kitobim “Tazkirayi şomi ğaribon” deb nomlangan bölib, unda boburiylar davrida Örta Osiyodan Hindistonga borib yaşagan 475 nafar şoir hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlarni jamlaganman. Qolaversa, “Fehristi merosi xati Özbekiston dar kitobxonai Rizo Rampur”(Rampur Rizo kutubxonasidagi Özbekistonning qölyozma merosi) deb nomlangan katta ilmiy tadqiqotga qöl urganman. Bu kitob ham yaqin vaqtlarda çop etilsa kerak.

Şuni alohida taʼkidlaşni istardimki, men bilişni, örganişni istagan manbalar hali juda köp. Kelajakda ham Bobur va boburiylarning nodir qölyozmalarini öqiş va örganiş, tadqiq etişda davom etaman.

— Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligiga bağişlangan ilmiy konferensiyada qatnaşdingiz. Taassurotlar qanday?

— Taassurotlarim bir olam! Har yilgidek ilmiy konferensiyaga yuqori darajada tayyorgarlik körilgan. Bu yil ham yangi döstlar orttirdim. Dunyo­ning bir neça davlatlaridan kelgan tajribali olimlar bilan fikr almaşdik. Boburşunoslikka oid yangi tadqiqotlar, ilmiy, badiiy asarlar bilan tanişdim. Özimning bir neça kitoblarimni tuhfa ham qildim.

Konferensiya davomida yana bir narsa meni hayratlantirdi: keksa olimlarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur haqida gapirganda jismlari kuçga tölib, ğayrat, şijoat bilan sözlaşayotganini kuzatib, xursand böldim. Demak, Hazrat Bobur — Xudo bergan ulkan şaxs. Uning asarlarini öqiyotganlar, ilmiy izlanişlar qilayotganlar yoki badiiy asar yozayotganlar heç qaçon qarişmaydi. Hali yoş bölsam-da, yarmi hazil, yarmi çin bu fikrni könglimga jo qilib, yanada kuç va mehr bilan bu uluğ sarkarda va betakror şoirning asarlarini örganişda davom etaveraman.

Har birimizga Alloh yor bölib, Hazrat Bobur ruhlari madadkor bölsin!

—  Dildan suhbat uçun taşakkur.

Sitora Tojiddinova

suhbatlaşdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan