“Jurnalist haqiqatni ayta olmasa, heç bölmasa yolğon gapirmasin”
“Hurriyat”ning bugungi mehmoni köpçilikka taniş bölgan, tajribali va iqtidorli telejurnalist Gulmira Musajonova böldi.
“Oddiy haqiqatlar” körsatuvi muallifi Gulmira Musajanova bugungi matbuot, televideniyedagi içki «senzura» va yuqori maoş taklif qilgan xususiy telekanalga nima sababdan işga ötmagani haqida.
— Gulmira opa, siz bilan yanada yaqindan tanişib olsak nima deysiz? Bilamizki, xalqimizning atoqli adibi Farhod Musajonovning qizisiz. Oiladagi adabiyot zavqi va ijodiy muhit sizni jurnalistikaga yetaklagan ekanda?..
— Men 1972 yil 27 iyunda tuğilganman. Bilasiz, aynan şu kuni yurtimizda OAV xodimlari kuni sifatida nişonlanadi. Bu ham (kulib…) bejiz bölmasa kerak?! Xullas, kasb bayramimiz nişonlanadigan kun men uçun qöşaloq bayram.
Oilamiz haqida gapirsam, dadam “Öqçi” mahallasida tuğilgan. Toşkentda 1966 yilda röy bergan zilziladan söng oilamiz u yerdan unça uzoq bölmagan joyga — Labzak mahallasiga köçib ötişgan. Bobom Muso Alimuhammad va buvim Başorat Islomova ziyoli kişilar bölişgan. Bobomni 1937 yil 9 oktyabr kuni Şahidlar maydonida “xalq duşmani” deya qatl etişgan. Öşanda dadam endigina uç yoşdan oşgan bölgan. Buvim tört nafar yoş bola bilan yolğiz qolganlar, rözğor tebratişga bir özlarining kuçi yetmay, bolalarining nonsiz, oşsiz qolgan kunlari köp bölgan ekan. Dadamning bolalikda tuşgan rasmlarida çöpdek ozğin, lekin novça bölgani seziladi. Bobom oqlangunga qadar, yaʼni 1956 yilgaça dadam “xalq duşmanining farzandi” degan tamğa bilan yaşagan. Jamiyatdan ajratib qöyişgan. Beçora buvim va dadamga neçoğlik oğir bölganini tuşuniş qiyin bölmasa kerak… Albatta, bularning bari haqida menga buvim, dadam köp bora hikoya qilib berişgan.
Buvimning ziyoli va öqimişli bölganliklari farzandlarining tarbiyasida aks etgan. Nihoyatda irodali, sabr-matonatli fazilatlarga ega bölgan buvim gazetada işlab bolalarini oyoqqa qöygan. Amakim Ğanijon Musajonov Toşkent tibbiyot institutining 1-bosqiçini bitirganda Ikkinçi jahon uruşi boşlangan. Öşanda voyaga yetgan yigitlarni vokzalda yiğişgan va öğillarini uruşga kuzatişga çiqqan onalarga: “Yigitlarimiz uzoq va sovuq ölka — Rossiyaga ketmoqda. Uyingizga borib issiq körpa-töşak, non, qurut, mayiz, yonğoq olib keling. Tongda jönaşadi”, deb onalarni ketkazib yuborişgan. Buvim keçasi bilan aytilgan narsalarni topib, vokzalga kelsalar, onalardan bölak heç kim yöq emiş. Onalarning yiği-siğisi vokzalni tutib ketmasligi uçun şu xiyladan foydalanişgan-da. Aslida poyezd keçasi ikkidayoq jönab ketgan…
Ikki yil davomida amakimdan xatlar kelib turgan. U xatlarni öqiş oson emas, eng bağritoş inson ham közda yoşsiz öqiy olmasa kerak. “…Mehribon onajonim, uruş tugab uyga qaytsam, sizni heç narsaga muhtoj qilmayman… Ukam Farhodjonni özim oyoqqa qöyaman… Hammamiz juda çiroyli hayot keçiramiz”, kabi jumlalarni hayajonsiz öqib bölmaydi. Ammo uruş qurbonsiz bölmas, 1943 yilda amakimdan qoraxat kelgan.
Men yaxşi eslayman, öğlining diydoriga töymagan buvim uruş haqida qanday film bölsa, televizor oldiga örindiq qöyvolib, közoynaklarini taqib, diqqat bilan körardilar. “Buvijon, televizorni bunça yaqindan körmang”, desam: “Ğanijonim çiqib qolarmikan, körarmikanman bolamni», deyman-da qizim”, derdilar. “Bu filmlarda aktyorlar suratga tuşgan, voqealar uyuştirilgan”, desam ham bir bora öğlini köriş ilinji, umidi buvimning yuragida umrbod yaşadi.
Dadam mana şunday qiyinçiliklarni körgani uçun ham yozuvçi bölgan bölsalar kerak, deb öylayman. Oğir damlarni, yetimlikni boşdan keçirgan dadam: “Uylansam, farzandlarim qiyinçilik körmasdan ösadi”, deb özlariga söz bergan ekanlar. Çindan ham biz heç narsaga muhtoj bölmasdan ösib-ulğaydik. Dadam hozirgi Özbekiston Milliy universitetining fors filologiyasini tugatgan edi. Tilni mukammal bilganliklari uçun xorijga işga taklif qilişgan, bu haqda buvimga aytganlarida: “Sovuq ölkalarda bitta öğlim qolib ketdi. Ikkinçi öğlimni ham yöqotişni istamayman”, degan ekanlar. Dadam buvimning holatlarini tuşunib, taklifga rad javobini bergan.
Dadamga qarab, ona uçun köp narsadan voz keçganlarini endi tuşunyapman va ota-onam uçun nima qila oldim özi, degan fikr menga tinçlik bermaydi. Qiyinçiliklarda odamning irodasi toblanadi, agar uning içki özagi, maʼnaviyati baquvvat va mustahkam bölsa. Otam köp qiyinçilik körgan inson, şu sabab ham yozuvçi bölgan bölsa kerak. Odamlar bilan bölişadigan dardi, aytadigan fikrlari bor edi… Asarlarini öqib, barçasi özlari, umr yöllarida uçragan katta odamlar va mayda kimsalar haqida ekanligini anglayman. Aslida, har bir körsatuv ortida ham Şaxsning dardi, fikri yotadi. Busiz mumkin emas. Asarlarni, şu jumladan, körsatuvlarni ham konfetga qiyoslayman — aksariyatining qoğozi çiroyli, yaltiroq, darrov közga taşlanadi, ammo oçib, içini qarasangiz, bemaza. Ustidagi qoğozi uning maʼno-mazmuniga qaraganda ança-munça qimmatroq ekanini tuşunasiz. Mohiyatan esa böm-böş. Sayoz. Şunday körsatuvlar, spektakllar, kinofilmlar köpayib ketgani odamni ranjitadi. Liboslariga, musiqasiga, dekoratsiyalariga mahliyo bölamiz va şularni maqtaymiz, çunki boşqa heç narsasi yöq, mohiyatan qaşşoq. Yangi fikrni körmaysiz. Körsatuvda öziga xos fikr, yangi fikr aytilsa — xursand bölib ketaman. Çunki bu nafaqat tomoşabin, uni tayyorlayotgan ijodkorlar — biz uçun ham muhim, biz ham «katta»larga — saviyasi baland, aqlli, tafakkuri keng, bilimi çuqur, öz mustaqil fikriga ega, uni erkin ayta oladigan, salohiyatli şaxslar tomon talpinamiz. Kattalar orasida ösamiz, maydalar orasida maydalaşamiz, degan gap bor-ku. Şaxs masalasi, kimni şaxs deb ataymiz, u qanday şakllanadi, yoşlarni öz mustaqil fikriga ega bölgan şaxs sifatida qanday qilib tarbiyalaş mumkin, degan savollarni deyarli har bir qahramonimga beraman. Çunki millat ana şunday şaxslar — fikrlovçi odamlar bilan tirik.
— Gulmira opa, rahmat, mahzun va yorqin taassurotlar uyğotdingiz. Oilangiz tarixi bilan yaqindan taniştirdingiz. Endi özbek matbuoti, jurnalistikasi, qolaversa, Özbekiston Milliy televideniyesi haqida suhbatlaşsak, nima deysiz. Sizningça, matbuotimiz bugungi kunda nima sababdan oqsamoqda?
— Jurnalist nuqtai nazaridan emas, oddiy inson sifatida gapiradigan bölsam, aksariyat odamlar tafakkur, fikrlaş dangasaligiga yöliqqan. Öylaş, muşohada yuritiş ham mehnat. Aqliy mehnat ham odamdan harakatni talab qiladi. Erinamiz. Biz tayyor javoblarga örgandik. Özimizga savollar bermay qöydik. Uzoqqa borib nima qildik, masalan, televideniye bugun ilğor va tezkor, millionlab auditoriyaga ega — katta kuç. Buning sababi, uni istagan vaqtda, hattoki nonuşta paytida ham köriş mumkin. Televideniye tayyor mahsulotni qölingizga tutqazadi. Alohida vaqtingiz, mablağingiz ketmaydi. Mana şu holat odamlarni fikriy dangasalikka çalinişiga sabab, deb öylayman. Körsatuvda ötirgan ekspertlar maʼlumotni şarhlab, sizga xulosa çiqarib beradi. Tomoşabin ekspertning xulosasiga tayanib, vaziyat haqida özi öylamaydi. Nima qiladi öylab — şundoqqina hammasini tayyor holda tutqazişdi axir! Ol, foydalan. Yangi fikr, yangilik qaçon paydo böladi? Qaçonki odam izlansa! Mustaqil muşohada yuritsa. Jamiyatda qabul qilingan tayyor javoblar, mavjud bölgan qoliplar içida yaşaş qulay. Ana şu «qulay» hayot quliga aylanib bormoqdamiz. Agar gazeta-jurnallar haqida gapirsak, avvalo, poçta xizmati bizda yaxşi işlamaydi, şu bois ular obunaçining qöliga vaqtida yetib bormaydi. Aksiga olib kioskalarga çiqarilmaydi. Ixlosmand odamning ham gazetani topib öqişi qiyin. Gazeta-jurnallarga yaqinlaştiriş örniga ayrim narsalar bizni ulardan uzoqlaştiriş maqsadida qilinayotgandek tuyuladi menga…
Malaka oşiriş uçun Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda böldim. Ularda hamon gazetalar “tirik”. Insonlarda ertalabki nonuştada gazeta öqiş könikmasi şakllangan. Gazeta öqiş — ehtiyojga aylangan! Saharda çop etilgan gazetalar soat oltigaça hammaning poçta qutisiga taşlab ketiladi. Bundan taşqari, tuşlikda, keçqurun çiqadigan gazetalarni ham kutişadi. Odamlar gazetadagi yangiliklar işonçli manba ekanligi uçun öqişadi.
Yana bir masala, bugungi kunda gazetalarning taqdiri faqat gazetaçilarning muammosi yoki fojiasi bölmasligi kerak. Bu bilan butun jamiyat şuğullanişi zarur. Xalqimizda gazeta öqiş könikmasi susayib ketgan. Ilmiy, salmoği yuqori bölgan jurnallarning ham tiraji kam. Uni ham asosan ziyolilar yoki şu sohaning mutaxassislari öqiydilar, xolos.
— Mutlaqo çin gaplarni aytayapsiz. Şu örinda bir mulohaza dilimga keldi. Bilasizmi, Özbekistondagi televideniye tarmoqlari, radio, bosma OAV, internet naşrlarida faoliyat körsatuvçi jurnalistlar örtasida körinmas “jarlik” borga öxşaydi. Yaʼni, özaro hamkorlik yölga qöyilmagan. Masalan, faqat OAV xodimlari kuni arafasida, yaʼni kasb bayramlarimizda (demak, sizning tuğilgan kuningizdagina, hazil) telejurnalistlar matbuotda işlaydigan hamkasblarini “yöqlaydi”. Matbuotda çiqayotgan maqolalardan esa aksariyati bexabardirlar. Şunday emasmi?
— Haqsiz. Aslida jurnalistlar hamma joyda va hamma vaziyatda bir-biri bilan jips bölmoği kerak. Afsuski, bizda heç kim bir-birini töğri maʼnoda himoya qilişni istamaydi. Buning guvohi böldik. Jurnalistlar hamjamiyati yöq degim kelmayapti, lekin biz bitta kuç emasmiz. Şunça yildan beri bitta kuçga aylana olmadik. Rahmatli ustoz Mahmud Saʼdiy bilan ölimlari oldidan suhbatlaşgandim. Öşanda jurnalist aslida qanday bölişi haqida gapirgandi. Şu kundan boşlab, körsatuvlarimda ismimdan keyin jurnalist sözini yozişga uyaladigan böldim. Çunki avvalo, biz şu nomga munosib bölişimiz kerakligini tuşundim. Har holda, men uçun bu şunçaki nom emas.
“Hurriyat”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” va yana sanoqli gazetalarning öz muştariylari bor. Yaxşi maqola çiqsa, şuning özi — eng yaxşi reklama. Maqola oğizma-oğiz bölib, ovozasi bizga ham yetib keladi. Qaysidir naşrda yaxşi maqola çiqqanini eşitsam, albatta topib öqiyman. Topa olmagan taqdirimda nusxasini jönatinglar deb iltimos qilaman. TV jurnalistlari ham gazetalarning faoliyatini kuzatadi, öqiydi. Sizlarda ham qator muammolar borligini bilaman, ammo ular haqida çuqur öylab körmagan ekanman.
— Navbatdagi savolim ham TV haqida. Yutuqlar özimizniki, uni birov olib qöymaydi, ammo hamon davlat kanallarida haqiqiy hayot, davr ruhi sezilmayapti. Tomoşabinni ekran qarşisiga “mixlab” qöyadigan körsatuvlar deyarli yöq. Buning sababi nimada, telekanallarda hamon «senzura» kuçlimi yoki muammo kadrlarga borib taqaladimi?
— Maʼlum maʼnoda içki «senzura» hamon bor. Hamma joyda ham bor. Sizlarda yöqmi? Bizning sohada «senzura»ning qay darajada bölişi rahbarlarga köproq boğliq. Agar rahbarga Xudo ozgina yurak bergan bölsa, es-huşi joyida, insofli bölsa, albatta, erkin ijod qiliş tarafdori böladi. Ammo amal aziz ekan, deb kursiga yopişvolib, “hammasi joyida” deb yuraversa heç narsa özgarmaydi. Men rahbar emasman, balki şuning uçun ehtimol ularni tuşunmasman, ammo baribir jurʼat bölişi lozim, deb hisoblayman. Şunday rahbarlar böladiki, “kel, şu oldinga bir qadam qöyay-çi, balki bu men öylagançalik qörqinçli emasdir”, degan fikrning özi ham yöq. Xalqimizning işonçini yöqotganimizga sabablar köp, ulardan biri şu.
Özbek Milliy teleradiokompaniyasi şu paytgaça köplab tajribali kadrlarni tayyorladi. Ammo sohamizda moddiy rağbat kamligi uçun bugungi kunda eng tajribali kadrlar davlat kanallaridan köra, yaxşiroq maoş tölaydigan xususiy kanallarga ötib ketdi. Kadrlar davlat kanallarida olgan bor tajribasini, Alloh yuqtirgan ozgina iqtidori va salohiyatini xususiy kanallarga sarflab kelmoqda.
Aslida davlatniki degani — heç kimniki degani ekan… Xususiylarda rahbar tikilgan pulni oqlaş uçun ham eng yaxşi va iş beradigan kadrlarni saralab oladi. Bugun mana “Sevimli” kanali eng reytingi baland kanallardan bittasi. Egasi tikkan pulni oqlaş hamda uning işonçiga loyiq böliş uçun kanal tinimsiz izlanişda, yangilik kiritişdan çarçamayapti. Har bir auditoriyaga bağişlab körsatuvlar yetkazib bermoqda. Aytaylik, davlat kanalida kim “Sevimli” kanali boş rahbaridek qayğuradi? Pul davlatdan oqib kelyapti-ku. Agar imkonim bölganida men ham xususiy kanal oçardim. Nega sifatli kadrlarning xususiy kanalga ketib qolayotgani TV rahbarlariga alam qilmayapti? Öşa kadrlarni şu yerda şakllantirdi, iş örgatdi, oylik töladi, kasal bölsa, imtiyoz berdi. Hammasi bizning kanallar hisobidan böldi-ku. Davlat kanallari özini yaxşilaşi uçun xodimlarini moddiy-maʼnaviy jihatdan juda kuçli qöllab-quvvatlaşi kerak. Toki, jurnalist-ijodkorlar telekanallarga “kerak” ekanligini his qilişsin.
— Sizga ham xususiy telekanaldan iş taklif qilişganida ötmagan ekansiz, boisi nima?
— Birinçidan, örgangan joyim, qolaversa, endilikda yoş, kuçga tölgan kadr emasman. Boşqa kanalga ötib, özimni yana mehnatim bilan körsatişim uçun boşidan harakat qilişim kerak. Yoşligimda men ham heç qaysi jurnalist borişni istamagan joylarga borib, reportajlar tayyorlaganman. Keçasi 12 gaça montajda ötirib, ertalab 6 da yana işga kelgan vaqtlarim köp bölgan. Hozir esa iş joyimda körsatuvlarimni bemalol tayyorlaş imkoniga egaman. Işlarim bilan özimni, qaysidir maʼnoda, “isbotlaganim” uçun şunday şaroitda işlayapman, deb hisoblayman. “Madaniyat va ma’rifat” kanalini esa yaxşi köraman. Şuning uçun şu kanalning xodimiman.
— Darhaqiqat, TV kanallarining soni bugun ança köpayib ketdi. Ammo oçiq aytiş kerakki, ulardagi ayrim körsatuvlarni körişga odamning sabri ham, asabi ham çidamaydi. Sizning “Oddiy haqiqatlar” körsatuvingizga öxşagan joni va fikri bor salmoqli körsatuvlar, yuqorida aytganimdek, barmoq bilan sanarli. Körsatuvingizda siz boşdan keçiradigan quvonç-taşvişlarni bizga ilinsangiz…
— Savolingizni tuşundim. Men ham oçiq aytaman. Rahbariyat tomonidan körsatuv efirdan oldin köriladi, qandaydir özgartirişlar kiritiladi va buni töğri tuşunişga harakat qilaman. Yaşirmayman, qahramonlarim oldida uyalib qolgan vaziyatlarim ham bölgan. Misol uçun, faylasuf olim Viktor Alimasov bilan bölgan suhbatim töliğiça efir yuzini körmadi. Sababi uşbu faylasuf şablon fikrlar bilan sözlamaydi. Hayotga mutlaqo boşqaça nigoh ila qaraydi. Intervyudan könglim tölgandi. Mulohazalar kuçli edi, biroq, hali bunga bir qadar tayyor emasligimiz uçun bor böy-basti bilan efirga berolmadik.
— Suhbatdoşingiz xafa bölgandir?
— Xafa böldilar. Gulmira, sizga işongandim-ku, içimdagilarni röy-rost aytdim. Suhbatdoşlarim menga işonç bildirib, içidagilarni tökib ketsa-yu men efirga bera olmasam, uyalib qolaman-da. Lekin naçora, bunaqa vaziyatlar, afsuski, bölib turadi. Bir paytlar körsatuvni töxtataman degan qarorga ham kelgandim. Televideniye — bu minbar. Aslida, hozir şular — şu aqlli, savodli, saviyali, tafakkuri keng ziyoli odamlar gapirişi kerak! Lekin, boşqa narsa meni köproq öylantiryapti — sözning taʼsir kuçi yöqolgandek… foydasi bölmayapti-da. Nega tok-şoulardan könglim qolgan? Çunki hamma yiğiladi, bir soatmi, ikki soatmi gapiradi, keyin tarqaladi. Tamom. Gapning amaldagi natijasi körinmayapti. Odamlar özgaryaptimi bu gaplar, körsatuvlardan keyin? Töğri xulosalar çiqarib, xatti-harakatlaridagi qusurlardan xalos bölyaptimi? TVdan turib aytilgan gaplar kor qilyaptimi? Mana masala qayerda. Oddiy misol: rahbarlar kelayotganda ob-havo qanday bölişiga qaramay, yupun kiyingan qizlarning ularga non bilan peşvoz çiqişini yöq qilinglar, bizda kelgan odamni köçaga çiqib, non bilan siylaş odati yöq, özbekçilikda mehmon uyga taklif qilinadi, keyin non-çoy beriladi, deb OAVda qança aytilyapti! Bu haqda bizning körsatuvimizda Ahmadjon aka Meliboyev ham gapirganlar, jurnalistlar, blogerlar qayta-qayta yozişyapti, ammo odamlarning tuşunçasida özgariş köryapmizmi? Hamma gap şunda-da…
— Körsatuvga çaqiradigan mehmonlaringizni qanday mezonlar asosida tanlab olasiz?
— Albatta, hurmat qilgan, xalq soğingan, jamiyat uçun nafi tekkan insonlarni suhbatga çaqirişga harakat qilaman. Gohida yon-atrofimdagilar “Suhbatdoşing yaxşi emas”, deb ham qolişadi, lekin körsatuv “fariştalar haqida emas, bu hayotning sinovlariga doş berib, yaşab kelayotgan insonlar haqida”, deb javob qilaman. Umrida bir marta bölsayam xato qilmagan, aybi bölmagan, bekamu köst bölgan mukammal inson bormi özi?! Körsating, deyman.
Bu körsatuvning paydo bölişiga marhum sanʼatkor, Özbekiston Respublikasi xalq artisti — Husan Şaripov sababçi bölgan. Otam olamdan ötganlaridan keyin kayfiyatimga qarab oramizda yöq insonlar haqida «Aziz siymolar» nomli körsatuvni tayyorlay boşladim. Bir sonini Ergaş Karimov xotirasiga bağişladik. Intervyu oliş maqsadida Husan akaning yoniga bordim. Telefon raqamimni berib kelganim uçun oradan köp ötmay Husan aka qönğiroq qilib, kamera bilan borişimni, aytadigan iqrorliklari, uzr sörolmay qolgan insonlari borligini aytdilar. Öşa paytlari “Dunyo bo’ylab”dan “Madaniyat va ma’rifat” kanaliga ötayotgan edim. Husan akaning aytgan gaplari keçagidek quloğim ostida jaranglab turadi: “Gulmira, ikki, ha, mayli, bir kuningni ayama mendan. Kamerang bilan kel. Köp vaqtingni olmayman. Aytadigan, aytib ketişim kerak bölgan gaplarim bor”, dedilar. — Hali köp yaşaysiz, Husan aka, yaqin kunlarda boraman, — deb köngillarini kötardim. U böldi bu böldi Husan aka ötib qoldilar. Vaqt topib yetib borolmadim. Vaʼda berildi, ammo bajarilmadi… Niyatim bor, Xudo xohlasa, ularning xotirasiga bağişlab, albatta, yaxşi körsatuv tayyorlamoqçiman.
Qolaversa, millatimizning yorqin gullaridan intervyu oliş menga zavq bağişlaydi. Özim bilmagan javoblarni ulardan qidiraman. Körsatuvning 3 yo 4 sonini filolog Rahmon Qöçqor bilan tayyorladik. Rahmon aka millatimiz haqida juda kuyunçaklik bilan gapirdi.
Töğrisi, katta iş qilyapman deb hisoblamayman, lekin u ijtimoiy kuçga, taʼsirga ega körsatuv bölişini juda istayman. Rahmon aka ham qaysidir maʼnoda özlari bilmagan holatda, körsatuvning yönalişini özgartirib, belgilab berdi. Teran fikrlaydigan ziyolilarning jamiyatda keçayotgan jarayonlarga bölgan munosabati doim qiziq. Rahmon aka zamonimizning eng ziyoli insonlaridan. Agar esingizda bölsa, ularning «Hayrat» deb nomlangan mualliflik körsatuvlari bölardi. U körsatuv juda köpçilikni hayratga sola olgan. Şu jumladan, meni ham. Yaşirmayman, Rahmon akaga havasim keladi. Ularni nafaqat olim, balki isteʼdodli teleboşlovçi sifatidayam hurmat qilaman. 20 daqiqa davomida bir özi gapirib, tomoşabinning eʼtiborini «uşlab turiş» hammaning ham qölidan kelavermaydi. Hozir köpçilik boşlovçilarning aqli va savodi salom-alikni aytib olişga yetadi, xolos. Rahmon akadek bilimli, tafakkuri, tahlili kuçli odamlar teleekranlarimizda köpmi?
— Özbek jurnalistikasining ertasi haqida qanday fikrdasiz?
— Bugun şu jamiyatda biz kimmiz? Örnimiz qanday? Nimalar bilan maşğulmiz? Asl maqsadimiz nima? Kim va nima uçun şu iş bilan şuğullanyapmiz? Qandaydir mayda manfaatlarimizmi yoki xalq manfaati biz uçun muhimmi, degan savollarga röy-rost javob berişimiz kerak. Avvalo öz vijdonimiz oldida. Haqiqiy fojia — köz ojizligida emas, qalb söqirligida, deyişadi. Ayrim jurnalistlarning xolis emasligini körib, xafa bölib ketaman. Nahotki uyalişmasa? Jurnalistning vazifasi — voqea-hodisa haqida töğri, haqqoniy xabar beriş, muammoni imkon qadar atrofliça yoritiş, tahlil qiliş, odamlarning eʼtiborini qaratiş emasmi? Şu jurnalistlar qayerda yaşarkan, jamoat transportida yuradimi? Metroga tuşadimi? Qişloqlarda xalq qanday şaroitda yaşayotganini bilarmikan? Bilişni istarmikan? Yaqindagina taʼmirlanganiga qaramay, yana avvalgi ahvolga kelib qolgan yöllardan ötarmikan? Bolalar kasalxonasiga bir borganmikan? — deb özimga savol beraman. Kasbim borasida şu narsani tuşunib yetdimki jurnalistlar, ayniqsa rahbarlar, umuman har bir kasb egasi el-yurtini yaxşi körişi kerak. Şunda hamma öz işiga vijdonan yondoşadi, insof bilan bajaradi. Afsuski, bundaylar kam. Jurnalistlarni qörqoqqa aylantirib qöyişdi. Oşkor yozsa jazolandi. Bunaqa şaroitda jurnalist qanday haqiqatni yozsin edi. Jurnalistni qörqitib bölmaydi, bu mumkin emas. Söz erkinligi sal berilganida vaziyat aslida qanday bölganini kördik. Ayrim jurnalistlar kasbimiz oldida turgan vazifalarni hamon töliq tuşunmaydi. Tuşunsak ham işimiz talab darajasidami? Men özimni çala-yarim jurnalist deb bilaman. Endi tasavvur qiling — agar şifokor öz işini şunday çala bajarsa? Tanqidga qarşi bölgan har qanday odam ham şifokorlar işini bunday çala-yarim qilişga çidab turolmaydi. Ayniqsa, gap bevosita öşa odamning özi yoki yaqinlarining salomatligi haqida ketsa. Demak, jurnalist öz vazifasini töliq ado etiş imkoniga ega bölişi kerak.
Ayrim jurnalistlar bor haqiqatni aytolmasam, heç bölmaganda yolğon gapirmayman, degan yölni tutyapti. Bir tomondan bu töğridir, agar jurnalist haqiqatni ayta olmasa, heç bölmasa yolğon gapirmasligi, yolğonning köpayişiga xizmat qilmasligi kerak. Lekin, u haqiqatni aytmasa, yozmasa — uni jurnalist deb ataşga haqlimizmi? Erkin matbuot — jamiyatning soğlom rivojlanişini taʼminlaydigan muhim omillardan biri, deb hisoblayman. Jurnalist işini halol va xolis bajarsa, işdan ketişi mumkinligiga ham tayyor bölib yaşayotgani bor haqiqat.
— Bugungi kunda ayrim blogerlar jurnalistlar yoza olmagan mavzularga qöl urmoqda. Obröi ham professional jurnalistlarnikidan boşqaçaroq bölayaptimi deyman… Yoki faqat menga şunaqa tuyulyaptimi?
— Blogerlar bizdan köra erkin ijod qiladi. Çunki ular davlat idorasida işlamaydi. Qolaversa, hamma blogerlarni tölaqonli OAV vakili, deb aytolmaymiz. Ular turli kasb egalari, ammo jamiyatda keçayotgan voqea-hodisalarga befarq emasligi va baʼzida bizdan-da tezroq ularga öz munosabatini bildirişi bilan asosli ravişda hurmat qozonganlari ham bor. Hozir uloq ularda. Buni tan oliş kerak. Bizda rasman senzura yöq, lekin, içki senzuramiz kuçli. Ana şu narsa bizga halaqit beradi. Lekin gap yaxşi maʼnodagi senzura haqida ketmayapti — inson şaʼni, qadriyatlarimizni poymol qiladigan, axloq-odobimizga zid bölgan, zulm-zöravonlikni tarğib qiluvçi narsalarni efirga mutlaqo berib bölmaydi! Yaxşi maʼnodagi senzura — farosat, es-huş şu uçun kerak. Aytmoqçimanki, qayçilaş — körsatuvdan rost gaplarni olib taşlaş emas, uni ortiqça narsalardan tozalaş, degani bölişi kerak. Ayrim paytlarda esa hayiqiş, kimdandir yoki nimadandir çöçiş bor gapni aytişimizga tösqinlik qiladi. Nega şunday böldi? Endi buning ildizi çuqur… Toki içimizdagi şu hadikdan qutulmas ekanmiz, blogerlardan bir qadam orqada yuraveramiz. Vaholanki, zehni ötkir, hur fikrli, masalaning mohiyatini tuşunadigan va uni atrofliça tahlil qilib beradigan jurnalistlar talaygina. Ortiq qörqib yaşab bölmasligini hozir nafaqat OAV vakillari, jamiyat tuşuna boşlayapti. Blogerlarning borligi yaxşi. Lekin, bir-ikki yil ötsin, ğalvir suvdan kötariladi. Öşanda ham ular xuddi bugungidek jurʼat bilan dadil bölişsa — bundan faqat xursand böliş kerak.
— “Oddiy haqiqatlar” bir neça yillar efirga uzatilmadimi? Ijodingizda tanaffus eʼlon qilganmidingiz?
— Buning öziga yaraşa tarixi bor. 2009 yilda xöjayinim bilan suhbatlaşib ötirgandik. Ular: “Gulmira, qara qirqqa qarab ketyapmiz. Alohida uy qilib çiqişimiz kerak. Bu yoqda farzandlar katta bölmoqda. Bu yoğiga nima qilamiz”, dedilar. Ikkimiz ham davlat işida işlardik. Topgan maoşimizni oylikdan-oylikka ulab işlatardik. “Iqtisod sohasida mutaxassissiz, tilni bilasiz. Biror xorijiy davlatga hujjatlaringizni jönating. Birga işlab kelamiz”, deb taklif berdim. Şu bilan 2010 yilda televideniyedan böşab, oilamiz bilan Gruziyaga ketdik. Ha, hayot majbur qilib bir qança vaqt sohamdan yiroqlaşdim. Lekin, u yerda öz kasbim böyiça işlaş imkoniga ega bölmadim. Afsus, rus tilidan boşqa bironta çet tilini bilmayman. Ammo uyda bölganim zoye ketmadi.
Rahmatli qaynonam ham, rahmatli otam ham “uyli-joyli bölinglar”, deb köp aytişardi. Musofirçilikda yurgan damlarimiz ikki aziz insonimizdan ayrildik. Otam 79 yoşlarida, qaynonam esa 64 yoşlarida vafot etişdi. Olgan uyimizni köriş ularga nasib qilmadi. Niyatimizga yetdik, ammo hozir ota-onam, qaynonam haqida köp öylayman. Ularning yonida bölişimiz kerak edi. 1999 yilda onamdan ayrilganman, lekin şundayam endi otamni yolğiz taşlab ketib bölmasligini tuşunmagan ekanman… Endi keç… Tuşuniş — hamma narsani vaqtida tuşuniş, anglab yetiş — muhim ekan.
— Suhbatingiz uçun minnatdorman, katta rahmat!
— Taşakkur!
Feruza Rahimova
suhbatlaşdi.
