Şarqona odob, ğarbona kulgi…
Nafsoniyati ölmagan odam – maʼnaviyati butun odam. Nafsoniyati ölmagan millat – maʼnaviyatli millat! Şunday ekan, millatning nafsoniyati bilan hazillaşmaslik kerak!
Eşmat Toşmatga dedi:
— Toşmat sizni öxşatdim.
— Nimaga?
— Yirtiq kovuşga…
— Xöş, yirtiq kovuş bölsam, nima qilasiz?
— Orqangizni olib-taşlab, şippak qilib kiyaman…
Qiziqçi xalq xarakterini, tarixini va turmuş tarzini mukammal bilişi kerak. Negaki, u obrazni, voqelikni va tilni xalqdan olarkan, heç şubhasiz, bir noörin gap sabab, özi kulgi öqiga nişon bölişi tayin.
Askiyaçilik, kulgi keçalari, payrovlar aynan mahalla guzarlarida ötkazilişining sabablariyam uning xalqonaligida. Xalqning öy-keçinmalari nozik pardalarda tarannum etilgani bois undagi iboralar tez tilga tuşadi. Hojiboy Tojiboyevning “Borma kuyasan, qoç kuyasan”, “Demak, çuqurroq haydamagansan”, “Oşda körinmading”, “Olişib ötiringlar”, “Mayli, quruq ketma, bitta savol beraman”, “Ötirib borarsizlar”, “Heç bölmasa, muzqaymoq yeb qaytib kelişsayam mayli, edi” singari iboralari xalq tilidan ham, dilidan ham çuqur joy egallagan. Biroq tömtoq, tuşunarsiz hazil dilni yaralaşi ham tayin.
Bolaning ongini qarang!
… Bozor yonidagi bekatda turibman: nari-beri ötgan-ketgan köp. Yölak yonida çamasi ön olti-ön yetti yoşlardagi tört-beş öspirinning jaği tinmaydi:
— Öh-hö, — dedi bittasi. — Yupkangiz bunça kalta? Qolganlari davom ettirdi:
— Yurişga qulay.
— Yugurişga qulay.
— Qulay…
Ular xandon otib kulişdi. Nega? Ularning kulgusi tagida na maʼno bor, na mantiq. Lekin köça “mantiği”ga tayansak, ğij-ğij maʼno borligini fahmlaymiz.
Bundan bir neça yillar ilgari xalq içidan olinmagan, ayrim qiziqçilik guruhlari öylab topgan bu epizod hali-hanuz xalq içida yuribdi. Buning yomon joyi yöq-ku, deysizmi? Albatta, men şunday deb öylardim, ammo gap xalq maʼnaviyati haqida ketarkan, boşni kötarib atrofga nazar soliş kerak, menimça. Millat axloqi bir avlod nopisandligi oqibatida izdan çiqişi mumkin. Öşa bolalar halidan şu töğrida öylayaptimi, bu işning oxiri baxayr emas. Eʼtiroz bildirişga şoşilmang, millat maʼnaviyati neça yilda şakllanadi?..
Buning javobi yöq, çunki xalq maʼnaviyatini asrlar qaʼridan kelayotgan anʼanalar, urf-odatlar, umuminsoniy mezonlar yaratadi. Millat uni öz qalbiga singdirib boradi.
Ehtimol, kulgi, yumor, satira, xanda singari tuşunçalarni yaxşi tuşunmaslik, kulgi yaratişga ortiqça çiraniş va çalasavodlik(bu singari hazillar yaratayotganlarni şunday desak) xalq maʼnaviyatiga salbiy taʼsir körsatayotgandir?
“Buni oila davrasida köriş va umuman, televideniyega olib çiqiş mumkinmi, – degandi bir tanişim. — Mumkinmas-ov, özing tomoşa qilsang, tahlil qilasan. Ota-onangning oldida iymanasan, bolalar: “Dada, bu gap nima degani”, deb har xil savollar beraverişadi. Köpni körgan, dunyoqaraşi keng insonlar: “Şuyam gap böldimi”, deb ensasini qotiradi. Ularning gap-sözining, xatti-harakatining tagida odamni kuldirişdan köra intim dunyosini uyğotişga uriniş bordek. Nima maqsadga qaratilganini tuşunmadim, tagida nimadir ğoya bölişi kerak, emasmi?! Quruq gap, ayniqsa, tomoşabinlarning ğaşiga tegadigan qiliqlar bilan auditoriyani uşlab turib bölmaydi”.
Kulgi yuki şunçalik arzonmi?
Bugun “Dizayn”, “Million”, “Bravo” singari jamoalar kamdek, şu turdagi tuturiqsiz körsatuvlar urçigan. “Bojalar community”, “Garaj”, “Aristokratlar” singari “şou”lar bilib-bilmay, tuşunib-tuşunmay qilgan qiliqlari orqali xalqning ğururini qitiqlab qöymoqda. Maʼnaviyatli kişilar uçun bu tuzsiz bir gapdir. Ehtimol, qattiqroq bölsa-da, aytiş kerak, bu — axloqsizlikka undaşdir. Xöş, bu körsatuvlarga muharrir yoki tahliliy yondaşadigan rejissyor yöqmi, deb öylab qolasan!
Katta avlod vakillari bu kabi qitmir söz öyinlariga tuşunmasligi aniq. Hatto özim ham “köça tili”ni bugungi bolalarçalik yaxşi bilmasligimdan ularning gaplariga ahamiyat bermayman. Lekin köçada maktab öquvçisining tilidan eşitganda birdan sergak tortaman: “Berganning betiga qarama”, “Irodaga boramiz(Idoraga boramiz, demoqçi O.J)”, “Oramizdagi masofa ön beş santimetr”… Buni eşitganda nega hamma kulayapti? Kulgining yuki, kuldirişning yuki şunçalik arzonmi? Millat maʼnaviyati haqida baribir oğriqli öylar paydo bölaveradi.
Asalning ham ozi şirin
Aslini olganda, kuldiriş uçun şunday tuşunarsiz va tuzsiz qiliqlar körsatiş şartmi? Mayli, qiziqçilik tirikçilik ekan, buni çin dildan, mehnat ortidan, izlanib, uddalaş mumkin-ku?! Pul topişning boşqa yöli köp-ku?! Aynan xalq maʼnaviyati bilan hazillaşişning nima keragi bor?! Har narsada meʼyorni unutmaslik joiz, meʼyor buzildimi, asal ham meʼdaga uradi.
Özbek xarakteri or-nomus, ğurur, andişa va vatanparvarlik zamiriga qurilgan. Xalq tabiati va bugungi kun tasvirini Nodir Löli, Behzod Hamro, Avaz Oxun singari söz ustalari yorqin ifodalab bermoqdalar. Ular xalqning içidan kulgi olişi eʼtirofga arzigulikdir. Sirasini aytganda, tadbirkor, investor, öqituvçi, duradgor, oşpaz, çöpon, qassob haqida askiya aytiş mumkin emasmi?! Yoki artistlar orqali muxlis töplanadimi?..
Özbekiston ziyolilari bilan uçraşuvda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev: “Özbekistonda adabiyot va sanʼat, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, maʼnaviyat va maʼrifat biznesga aylanmasligi şart va biz bunga heç qaçon yöl qöymaymiz”, degandi.
Haqiqatan, asrlar oşa yaşab kelayotgan latifalar zamirida soddalik, samimiyat, insoniylik uluğvorligi aks ettirilgan, kibr, ğaraz, oliftalik, tilyoğlamalik ustidan kulingan. Zamonaviy kulgi: odamlar tezroq tuşunişi uçun harakatlar, gap-sözi yengilroq bölişi kerak, deganlar ham bordir oramizda. Ammo doim yangi yönaliş eskisidan oziqlanişini unutmaslik kerak.
Yusufjon qiziq Şakarjonov, Muhiddin qiziq Darveşov, Oxunjon qiziq, Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyev özbek qiziqçilik maktabining darğalaridir. Ular sahnaga çiqqanda, beixtiyor odamlarning yuziga tabassum yugurgan. Ular har sözni his etib, uni tariqdek köçaga soçmay, bilib-fahmlab işlatişgan.
Maʼlumki, YUNESKO tomonidan 2014 yil Askiya sanʼati insoniyatning nomoddiy madaniy merosi röyxatiga kiritilgan. Qiziq tomoni, şunday madaniyatimizni özimiz oldi-qoçdi hangomaga aylantirib qöyayotgandekmiz. Albatta, şunday buyuk sanʼatimizni asrab-avaylaş, kelgusi avlodlarga bus-butun yetkaziş bugungi axborotlaşgan davrning eng dolzarb vazifasidir.
…Hali-hanuz esimda, bir gal bir biri bilan juda qattiq hazillaşadigan jöralarim orasidan ola muşuk ötdi. Ança paytgaça buning sababini bilolmay yurdim.
Jamolning oilasi buzilgan edi. Doim hazillaşib yuradigan oşnalar orasida şu gap hazilga mavzu bölib qolgan. Rahmatning öylamay gapirgan bitta gapi ularni muştlaşişgaça olib borgandi.
— Nega hazilga çidamaysan? — dedi Rahmat qizarib.
— Şu hazilmi? — dedi Jamol uning yoqasidan olib. — Sen mening nafsoniyatimga tegding. Hamma hazilingni kötarişim mumkin, lekin bunaqasini kötarmayman.
Nafsoniyati ölmagan odam — maʼnaviyati butun odam. Nafsoniyati ölmagan millat — maʼnaviyatli millat! Şunday ekan, millatning nafsoniyati bilan hazillaşmaslik kerak. Nafsoniyatli millat betayin hazilni kötarmaydi.
Olimjon Jumaboyev.
