Tahlil maydoni kerak…mi?
Hozir axborot asrida yaşayotganimiz va axborot bilan taʼminlaş hamda taʼminlaniş manbalari juda köpayib ketayotgani haqida yetarliça gapirilmoqda. Bu eʼtiroflar ayni haqiqat ekanini tasdiqlaş uçun keyingi bir yilda feysbug, instagram singari ijtimoiy tarmoqlarning maʼrifat dunyosida qançalik faollaşganini va ayrim blogerlar “erişgan muvaffaqiyatlar”ni köz oldimizga keltiriş kifoya. Töğri, yangi xabar zşitganimiz (yoki öqiganimiz)da taʼsirlanamiz, biroq ehtiyojning bir tarafi qondirilmaydi: nimaga bundoq bölibdi, degan savolga javob yöq.
Bunga axborot makonining imkoniyati çeklangan, joy tor, vaqt ziq. Nima bölganda ham yangi axborot olganimizda köpinça: “Nega, nahotki, oqibati nima böladi?” singari böğizda qotib qolgan savollarga javob topiş qiyin yoki umuman mumkin bölmaydi. Göyoki kimdir xas kapaga öt qöyib qoçdi-yu, izini qumga solib ketdi. Holbuki, qiziqqon tabiatli inson hammasiga javob olişni istaydi. Ana şu zaruriy xizmatni OAVning boşqa bir bahodir körinişi – JURNALlar bajarişi lozim. Bu soha tarixiga nazar solinganda ham gazetada biror şov-şuvli xabar berilgaç, “Şarhini jurnalimizda öqiysiz” singari izoh — eslatma ilova qilinganini köramiz.
Şu nuqtai nazardan respublikamizda naşr etilayotgan jurnallarning ayrimlarini közdan keçirişga töğri keldi. Qöyilgan vazifa – ayni şiddatkor davrimizda ijtimoiy hayotda röy berayotgan özgarişlarga jurnallarda çuqur tahlilga asoslangan maqolalar berib borilayaptimi? Yoki kamdan-kam uçraydigan bölsa-da, baʼzi salbiy holatlarning ildizi oçib berilayaptimi tarzidagi savollarga javob topiş edi.
Avval boşdan yoruğ kayfiyat bilan uzoq tarixga ega bölgan yoki taşkil etilganiga endi 4-5 yil tölgan bu turning naşrlari juda ulkan ijobiy özgarişlarga erişganini taʼkidlaşga burçlimiz. Baʼzi jurnallar (olaylik, “Maʼnaviy hayot” yoki “Guliston”) şunday bezatilganki, ularni tomoşa qilib töymaysan kişi. Şunda yurtimizda poligrafiya sanoati dunyodagi eng ilğor mamlakatlar qatoriga çiqib olganiga tan berasan. Asosiysi – mavzular esa “baholiqudrat” degandek, bugunning şukuhidan kelib çiqib yoritilgan.
Agar gap jurnalxonlarni befarq qoldirmaydigan, oddiy qilib aytganda, izlab topib öqiladigan maqolalar berilgani haqida ketganda, dastlab “Jahon adabiyoti” jurnalini eʼtirof etiş lozim. Muallifi – Boş muharrir Ahmadjon Meliboyev bölgan jurnalning ötgan yilgi sonlarida önga yaqin dolzarb mavzulardagi çiqişlar amalga oşirilgan. Yaxşi-da, ham jurnalning bugungi kun bilan hamqadamligi, ham hozirjavoblik, ham burç ijrosi taʼminlangan. Eʼtibor bering, “Fikr – fahmlaş ibtidosi”, “Tarix ummonidan qatralar”, “Suvda oqib kelayotgan pöstin”, “Dadangmasman, Neʼmat akangman”, “Xalqaro valyuta jamğarmasi: kim keldi-yu, kim ketdi?” singari maqolalarning sarlavhasiyoq nima töğrisida gap ketayotganini körsatib turibdi. Ularning dolzarbligini izohlaş ortiqça. Albatta, maqolalar kuzatuvçan va tajribali muallif tomonidan yozilgan, dalillarga boy.
Agar şu mezon bilan boşqa jurnallarga nazar taşlasak, bunday faollik va hozirjavoblik közga taşlanmaydi. Töğri, “Tafakkur”, “Saodat” jurnallari öz anʼanasiga ega, şakllangan, salmoqli naşrlar, biroq ularda masalaning köproq ilmiy-nazariy tomonlariga eʼtiborni qaratiş, unça ham köpçilik tuşunavermaydigan uslubda fikr yuritiş yoki erişilgan muvaffaqiyatlardan öta darajada mamnunlik hissi börtib turadi, biroq axborot olami böhron solib turganda, uning osmonida çarx urib turgan çin xabarlar bilan yolğon-yaşiq yoki uydirma xabarlarga ham munosabat bildiriş zaruratidan kelib çiqilsa, jurnallarning bu masalada betaraf bölişi maʼqul yondaşuv emas. Axir köp millionli aholi töğri, haqiqiy axborotni qayerdan oladi, voqealar mohiyatini qanday tuşunadi?
Umuman, axbort olamida tahlilning örni katta. Qolaversa, “umri bir kunlik” bölgan gazetalar ham tahlil orqali umrboqiylikka noil böladilar. Agar axborotning öqirman ongiga taʼsirini kuzatsak, u qabul qiluvçiga xuddi çöğdek yoki otilgan nayzadek taʼsir qiladi. Baʼzan şu taʼsir birdaniga aks-taʼsirga ham olib boradi: yaqin kişisining fojiasini eşitgan odam özini suvga taşlaş yoki zaharlaş fikriga tuşib qolişi mumkin. Mabodo unga voqeaning sababi aniq bölsa, xabarni sokin qabul qiladi. Şuning uçun axborotning tahlili mulohazaga olib boradi, mulohaza yuritila boşlandimi, odam hovridan tuşib, aqlga quloq tutadi. Agar nuqul vahimali axborot olamida yaşaydigan odam öz xatti-harakatini baholay olmay, şoşma-şoşarlik bilan qarorlar qabul qilsa, tahlil kişini mulohaza bilan iş yuritişga örgatadi. Bu holni hozirgi yoşlar hayoti misolida aniq köriş mumkin. Har qanday masalada birinçi taassurot qurşovida böliş tufayli oqibatini öylamay, ajralişga şoşişadi yoki qanday tavqi-laʼnatga qolişini bilmay, otasiga qöl kötaradi. Holbuki, aqlga quloq tutişsa, öz qiliqlarining oqibatini tasavvur qilgan va şoşmagan bölişardi. Bir paytlar Gersen erkaklardan tortinmay, yarim yalanğoç holda javdar örayotgan ayollarni körib: “Bunday behayolik uçun adabiyot aybdor” degan ekan. Demak, yarim hazil, yarim çin maʼnosida aytiş mumkinki, yoşlarning çuqur öylamay qarorlar qabul qilişida ham jurnallar aybdor. Har qanday odam qiliğining oqibatini öylab iş tutsa, kutilmagan fojialar sodir bölmaydi (buning uçun köproq jurnal va gazeta öqiş kerak!).
Jurnallar faoliyatida ikkinçi eng açinarli holat ularning adadi keskin kamayib ketganida. Olaylik, “Yoşlik” jurnali bir yil oldin 4235 nusxagaça çop etilgan bölsa, ötgan yilning oxirida 1250 taga tuşib qolgan. “Saodat”da ham şunday antirekord kuzatiladi – agar 2018 yilning boşida 5271 dona çop etilgan bölsa, ötgan yilgi 8-jildi 2449 ta bosilgan. Bunday holni boşqa naşrlarda ham kuzatiş mumkin. Öylantiradigan holat: har bir jurnalni tayyorlaş uçun qançalik mehnat sarf bölişi körinib turibdi, ular yaxşi niyat bilan millionlab (!) kişilarning qöliga yetib borişiga möljallangan. Holbuki, ularning adadi hatto respublikadagi maktablar soniça ham emas. Oddiy mulohaza: ana şunday nodir maʼnaviyat xazinasi, bilim manbai hisoblangan jurnallar nega öquv yurtlariga yetib bormayapti? Kelajagimiz egalari bölgan yoş avlod böş vaqtlarida nimalarni öqişayapti? Ularning barkamol ulğayişi uçun zarur bölgan omillardan biri – vaqtli matbuot bilan tanişib borişi töğri yölga qöyilganmi?
Jurnallarning bunday yupun ahvolga kelib qolişi jamiyatni bezovta qiladigan dalillardan biri. Şu örinda soha mutasaddilariga qatʼiy eʼtirozlar tuğilişi tabiiy. Biz iqtisodiy sohadagi yutuqlar bilan haqli ravişda maqtanayapmiz. Ammo kiçkina siljiş ham öz-özidan bölib qolmasligi aniq. Masalan, bir neça million dollarlik kombinat qurgan, yuzlab iş örinlari yaratgan tadbirkor buning uçun qançalik zahmat çekkanini, toğdek tösiqlarni yengib ötganini köz oldimizga keltiraylik. Endi öz-özidan savol tuğiladi: jurnal mutasaddilarida şunday fidoyilik bölganmi? Masalan, öz mahsulotlarining zaruriyatini kerakli joylarga tuşuntira olganlarmi? Bozor iqtisodiyoti şaroitida birov boşqa kişi uçun işlamaydi, hamma öz vazifasi uçun javobgar. Balki, “Özlari çaqirib olişadi” qabilidagi izzattalabliklardan voz keçib, tadbirkor yoki işbilarmonning şijoati bilan iş yuritiş kerakdir. Axir gazeta-jurnallar xalqimizning boyligi, u neça yillar davomida şakllangan va uni heç kimning yöq qilib taşlaşga haqqi yöq. Masalan, “Şarq yulduzi” jurnali töqson yildirki, milliy adabiyotimiz bilan baqamti yaşab kelayapti. Unda böy körsatmagan bironta qalamkaş bölmasa kerak. Uning sahifalarida eng qadimgi madaniyatimizdan şu kunlargaça ötgan issiq-sovuq, yaxşi-yomon maʼnaviy jarayon muhrlangan. Jurnal adabiy olamimizning çinakam qomusi. Ayni paytda u çiqmay qoliş xavfida. Qolaversa, jahon matbuot tarixi oddiy bir haqiqatni tasdiqlagan: ommaviy axborot vositalari mamlakat taraqqiyotida temir yöl yoki kon sanoatidan kam foyda keltirmaydi! Jamiyat aʼzolarining maʼnaviy kamoloti neçoğli zarur bölsa, bu sohaga ham şunça ehtiyoj bor.
Mamlakatimizda yuksak kötariliş va ulkan marralarni zabt etiş şijoati hukmron. Bunday olijanob maqsadga barça soha kişilari baravar hissa qöşişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Bu yilning “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili” deb atalişida ijtimoiy hayotning ikki qanotini baravar rivojlantiriş niyati mujassam. Ana şu yölda qalamkaşlar ham kamarbasta. Ayniqsa, Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan marralar har bir fuqarodan öta faollikni talab qiladi. Murojaatnoma bilan tanişgan vatandoşlarimizning qalbida iqtisodiy jihatdan qanday qudratli mamlakatda yaşayotganimizdan, yuksak marralarni közlayotganimizdan faxrlaniş tuyğusi jöşib ketadi. Xususan, 5,5 ming xotin-qizning kiçik biznesi uçun 100 milliard söm miqdorida imtiyozli kredit ajratilişi; 1576 xotin-qizning yangi uy-joylarga ega bölişi uçun boşlanğiç badalni byudjet qisobidan tölab berilişi yuksak insonparvarlik namunasidir. Şuningdek, 32 tennis korti qurilişi uçun salkam 500 milliard sömlik loyihalar amalga oşirilişi, 281 ta tibbiyot muassasasining quriliş va taʼmirlanişi uçun byudjetdan 1,1 trillion söm sarflanişining közda tutilişi yurtimiz neçoğli yuksak maqsadlar bilan yaşayotganini körsatib turibdi. Albatta, ana şunday olamşumul vazifalarning hayotga tatbiq etilişida OAV xodimlari ham munosib hissalarini qöşadilar, jurnallarimiz sahifalarida esa buyuk qurilişlarni aks ettiradigan jozibali suratlar joy olib, ular millionlab odamlar qalbiga quvonç va uluğvorlik ulaşadi.
Hakim Sattoriy,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi badiiy
publitsistika kengaşi aʼzosi.
