Subsidiya qanday imkoniyatlar beradi?

Yildan – yilga aholining uy-joyga bölgan ehtiyoji ortib bormoqda. Talabga yaraşa taklif deganlaridek, respublikamizning barça göşasida turli xil namunadagi uylar qad rostlamoqda. Endilikda mana şunday uylarni ipoteka krediti asosida xarid qiliş birmunça yengillaşdi. Prezidentimizning joriy yil 1 may kuni imzolagan “Aholining uy-joy şaroitini yaxşilaş hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ipoteka krediti asosida aholiga uy-joy berilişi tizimida eng muhim hujjatlardan biri, desak adaşmagan bölamiz.

Aholining uy-joy şaroitini yaxşilaş, ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantiriş, xususiy pudrat taşkilotlarini uy-joylar qurilişiga keng jalb qiliş hamda ularga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida uşbu qaror qabul qilindi. Qolaversa, mazkur hujjat pandemiya davrida aholining uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ham xizmat qiladi.

Ipoteka tizimidagi yangi qarorda xalq uçun qanday yengilliklar bor? Xususiy pudrat taşkilotlariga-çi? Aholi uçun davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar miqdori neça foizgaça bölişi mumkin? Uşbu savollarga batafsil mutaxassislardan javob oldik.

Aholi uçun qanday yengilliklar bor?

Aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari muddati 15 yildan 20 yilga uzaytirildi. Ipoteka kreditlari muddatining uzayişi, asosiy va unga hisoblangan oylik foiz tölovlarining kamayişiga, bu esa öz navbatida, aholining oylik daromadlarining qolgan qismini boşqa zaruriy kundalik ehtiyoj va jamğarmalar uçun yönaltirişiga xizmat qiladi — deydi Markaziy bankning Jamoatçilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori Akmal Nazarov. — Qarorga muvofiq, mamlakatimizda aholi eng ziç joylaşgan hududlar Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida joriy yil 1 dekabrga qadar taj­riba tariqasida jismoniy şaxslarga ajratilgan yer uçastkalarida uy-joylarni quriş va qayta quriş uçun ipoteka kreditlari ajratiladi. Bu esa aholi özlari uçun maqbul bölgan joylarda uy-joy quriş va qayta qurişiga moliyaviy tomondan şaroit yaratişda muhim qulaylik hisoblanadi.

Subsidiya özi nima?

Subsidiya — daromadi yuqori bölmagan şaxslarga ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olişlari uçun boş­lanğiç badal yoki kredit foiz tölovlarining bir qismini qoplab beriş maqsadida davlat byudjetidan tölanadigan va qaytarib berilmaydigan mablağ.

Boşlanğiç badal – bu birlamçi bozordagi (yangi qurilgan) uy-joylarni sotib oliş uçun ajratiladigan pullar. Şahar va qişloq joylarda ularning qiymati har – xil böladi.

Subsidiya, şuningdek, ipoteka krediti böyiça foizlarni qoplaş uçun ham berilişi mumkin.

Subsidiya neça foizgaça beriladi?

— Şaharlarda va Toşkent şahrida ipoteka kreditlari böyiça dastlabki badalning bir qismini tölaş uçun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiyalar tölanadi. Şu bilan birga, qarorga asosan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi va hududiy hokimliklar tomonidan 2020-2021 yillar davomida mahalliy byudjet daromadlarining oşirib bajarilgan qismi hisobidan mazkur hududda subsidiyalar sonini 1,3 baravarga yoki summasini 40 foizgaça oşirişga ruxsat berilmoqda.

Tahlillar şuni körsatmoqdaki, sönggi yillarda ipoteka bozorida tayyor holda topşiriş şartisiz qurilgan kvartiralarga bölgan talabning ortib borişi tenden­siyasi kuzatilmoqda. Şundan kelib çiqib, endilikda pardoz işlari amalga oşirilmasdan qurilgan uy-joylarga Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan re­surslari hisobidan ipoteka krediti berilişi joriy etildi. Bu aholining uy-joylarni öziga qulay dizayn asosida pardozlaşiga şaroit yaratadi, — deydi Akmal Nazarov.

Ipoteka kreditlarining miqdorlari qança?

Xususiy pudrat taşkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni, şuningdek, tayyor holda topşiriş şartisiz (pardoz işlarini amalga oşirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamçi uy-joy bozorida sotib oliş uçun bir qarz oluvçiga ajratiladigan ipoteka kreditlarining eng köp miqdorlari:

  • qişloq joylarida 2 xonali kvartiralar uçun 174 million sömdan 240 million sömgaça, 3 va undan köp xonali kvartiralar uçun 224 million sömdan 320 million sömgaça;
  • şaharlarda 2 xonali kvartiralar uçun 180 million sömdan 240 million sömgaça, 3 va undan köp xonali kvartiralar uçun 232 million sömdan 320 million sömgaça;
  • Toşkent şahrida 2 xonali kvartiralar uçun 198 million sömdan 264 million sömgaça, 3 va undan köp xonali kvartiralar uçun 255 million sömdan 352 million sömgaça berilişi qarorda belgilab qöyilgan.

Bundan taşqari, Prezidentimizning 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillaştirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PF-5886-sonli Farmonida keltirilganidek, Markaziy bankning asosiy stavkasi (qayta moliyalaştiriş stavkasi) pasaytirilgan taqdirda, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablağlar va tijorat banklarining ipoteka kreditlari böyiça foizlar mutanosib ravişda kamayadi, oşirilgan taqdirda esa özgarişsiz qoladi.

Xususiy pudrat taşkilotlariga qanday imtiyozlar beriladi?

—      2020 yil 1 maydan 31 dekabrga qadar Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan xususiy pudrat taşkilotlariga şahar va qişloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toşkent şahrida 7 va undan yuqori qavatli uy-joylar quriş uçun tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan kreditlarning 50 foizigaça, biroq 8 milliard sömdan oşmagan miqdorda kafillik berilişi tartibi joriy etilmoqda. Şuningdek, joriy yil 31 dekabrga qadar xususiy pud­rat taşkilotlariga Markaziy bank asosiy foiz stavkasining 1,75 baravaridan yoki summasi 20 milliard sömdan ortiq bölmagan miqdordagi milliy valyutada ajratilgan kreditlar foizining asosiy stavkadan oşgan, lekin 10 foizlik banddan köp bölmagan qismini qoplaş uçun Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasi tomonidan kompensatsiya tölanadi,— deb maʼlumot berdi A.Nazarov.

Feruza Rahimova,

“Hurriyat” muxbiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan