Oila — muqaddas hayot öçoği

Xalqimiz qadim–qadimdan oilani muqaddas biladi. Albatta, oilaning mustahkamligi jamiyatda tinçlik va hamjihatlik barqarorligini taʼminlaydi. Ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda har bir oilada maʼnaviy muhit soğlom bölişi alohida ahamiyatga ega.

Xabaringiz bor, yurtimizda Respublika Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etilib, tizimga Res­publika Xotin-qizlar qömitasi, Oila ilmiy-amaliy markazi singari taşkilotlar birlaştirildi. Yaqinda uşbu yangi vazirlikda onlayn tarzida ötkazilgan selektor yiğilişi böldi. Unda joriy yilning ötgan davrida 9465 ta oila ajraşişi qayd etilgani, ajraşiş yoqasiga kelib qolgan oilalar soni esa 10740 tani, noqonuniy nikoh asosida yaşayotganlar 8313 tani taşkil etayotgani aytib ötildi. Nizoli oilalar 12931 tani taşkil etib, eng yuqori körsatkiç Xorazm, Farğona, Samarqand viloyatlariga töğri kelişi, oilaviy nizolar va muammolarning vujudga kelişiga turli sabablar mavjud bölib, ulardan biri — xotin-qizlar örtasidagi işsizlik muammosi ham aytildi.

Şu örinda, joylarda ajraşiş yoqasiga kelib qolgan oilalarni yaraştiriş, mustahkamlaş borasida Buxoro viloyatining Olot, Kogon, Vobkent tumanlaridagi ahvol atrofliça örganib çiqildi.

Şuni taʼkidlaş kerakki, oilaviy ajrimdan, eng avvalo, ayol, voyaga yetmagan gödaklar aziyat çekmoqda. Tahlillarga köra, turmuşi buzilgan ayollarning 50 foizidan ortiği örtahol yoki kam taʼminlangan, yaşaş şaroiti oğir oilalar farzandlaridir. Eng yomoni, ajraşgan ayol farzandlarini boqiş, uy-joy qiliş ilinjida xorijiy davlatlarga işlagani ketmoqda. Bu odam savdosi, ayollar iştirokidagi jinoyatlar ortişiga olib kelsa, farzandlar tarbiyasiga, oilalardagi maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir körsatadi.

Zero, oila farovonligi — millat farovonligi asosidir. Milliy anʼanalarimizga nazar taşlasak, halollik, rostgöylik, or-nomus, şarmu hayo, mehru oqibat, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada qaror topadi va avloddan-avlodga ötib boradi.

Albatta, anʼanalarimiz negiziga qurilgan oilalarda soğlom maʼnaviy muhit mavjud. Ana şunday oila bağrida kamol topayotgan farzandlar el-yurtning munosib öğil-qizlari, Vatanimizning haqiqiy barkamol fuqarolari bölib voyaga yetiş­lariga şubha yöq.

Oila — jamiyatning asosiy negizi. Soğlom oila muhitini yaratiş, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş, soğlom avlodni şakllantiriş zamirida soğlom kelajakni yaratiş asosi bor. Eng muhimi, oila hayotning davomiyligini, yaʼni avlodlarni hayotga uçirma qiladigan, barhayotlikni taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni öz bağrida asraydigan, şu bilan birga, kelajak avlod qanday inson bölib yetişişiga bevosita taʼsir körsatadigan tarbiya öçoği ekanligini har doim yodda tutmoğimiz kerak.

Abira Huseynova,

Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan