Özbek brendi dunyo kezadi

Endigina 30 yoşni qarşilagan Farruxbek Şodiboyev bolaligidan juda tirişqoq, öziga talabçan bölib ulğaydi. 2009 yilda Toşkent Moliya institutini bitirgaç, davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratib berilayotgan qulayliklardan ruhlanib, tadbirkorlik faoliyatini boşladi.

2018 yilda 1 milliard 600 million söm kredit olib, «Tojmahal Hakansavdo» MÇJ tasarrufida «Tajtekstil» işlab çiqariş korxonasini oçdi.

Korxona Andijon viloyatining Baliqçi tumanidagi «Mumtoz» MFY hududida joylaşgan bölib, 2019 yilning iyun oyida ilk faoliyatini boşlab, tuman aholisining 150 nafardan ortiğini iş bilan taʼminladi.

4000 ga yaqin kişi istiqomat qiladigan hududda uşbu   korxonaning taşkil etilişi ham xalqimiz turmuş tarzini yaxşilaş yölida olib borilayotgan samarali islohotlarning biri desak, mubolağa bölmaydi.

— Tadbirkorlik qonimizda bor. Dadam Patiddin Şodiboyev ham uzoq yillar davomida viloyatimizdagi tekstil korxonalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borganlar, — deya söz boşladi biz bilan suhbatda F. Şodiboyev.

— Oilada tört öğilmiz. Hammamiz tadbirkormiz. Faoliyatimizni kengaytiriş maqsadida Andijon viloyati hokimligiga murojaat qildik.

Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innova­siyalar, xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantiriş masalalari bö­yiça örinbosari Baxtiyor Hamroyev kö­maklarida Baliqçi tumani, «Mumtoz» MFY hududida joylaşgan kollejning yotoqxona binosi korxona uçun ajratib berildi.

Binoni taʼmirlaş işlari va tikuv dastgohlari keltiriş uçun MÇJning aylanmasi hisobidan 3 milliard sömdan ortiqroq mablağ sarf qilindi.

Xitoy texnologiyalari asosida iş boşladik. Faoliyatimizning asosiy turi erkaklar va ayollarning mavsumiy sport kiyimlari işlab çiqarişdan iborat.

Biz xomaşyoni, asosan, viloyatimizdagi «Dinar tekstil» korxonasidan sotib olamiz. Korxona rahbari Hadyatillo Tillaboyev ham bizga ustozdek bölib qolgan. Dadam va u kişining maslahatlari va kömaklari bilan ana şunday natijaga erişdik.

Korxona binosi   uç qavatdan iborat bölib, 1-qavati matolarni biçiş xonasi va idora xodimlari uçun möljallangan. 2-qavatida tikiş, kiyim-keçaklarni dazmollaş va qadoqlaş işlari amalga oşiriladi. 3-qavatida esa oşxona taşkil etilgan bölib, işçilar tuşligi ham öz navbatida korxona hisobidan amalga oşiriladi.

Hozirgi koronavirus pandemiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida bir muddat korxona fao­liyati töxtatilgan edi. Karantin qoidalari yumşatilgaç, yana faoliyati davom ettirildi.

Ayni damda korxonada işlab çiqarilayotgan mahsulotlar Rossiya, Moldova, Ukraina, Tojikiston, Qozoğiston, Qirğiziston Respublikalariga eksport qilinyapti.

Korxonada turkiyalik mutaxassis Erdag Engin öz hissasini qöşayotganidan xursand. Tikuvçi qizlarga qölidan kelganiça körsatmalar berib, ularga iş örgatyapti.

Har bir işga mehr bilan, bor imkoniyatlarni işga solib harakat qilinsa, natija beradi, samara beradi. Buni «Tojmahal Hakansavdo» MÇJ faoliyatidan ham bilsa böladi.

Maʼrufa Soliyeva.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan