Qudratli va taʼsirçan vosita

Jurnalistika boşqa köp sohalar kabi zahmatli mehnatni talab etadi. Bu zahmat bir umr davom etadi, adoği körinmaydi, mevasi keç pişadi, ammo uzoq yillar muttasil hosil beradi. Buning uçun butun hayoting, isteʼdoding, orttirgan tajribangni qoğoz-qalam ixtiyoriga berişing zarur. Öqişdan, örganişdan, qalamni çarxlaşdan, özingni özing tahrir qilişdan, özingga nisbatan tanqidiy munosabatda bölişdan çarçamasliging kerak.

Zamon özgargani sari matbuot oldida yangi-yangi vazifalar paydo bölaveradi. Gazetxon atalmiş har yangi avlod sendan rost sözni, voqea-hodisalarning rost talqinini, yangi dunyo, yangi jamiyatning yangi qiyofasi, maqsad-muddosiga doir şarhlarni kutadi. Biror muammoga köz yummoqçi yoki uni aylanib ötmoqçi bölsang, “Falonçi nega jim?” deydi. Töğri aytadi. Senda boşqalarni takrorlamaydigan talqin usuli, badiiy ifoda mahorati, hayotiy reallikni xolis nazar bilan köradigan “söz”, aytişing zarur bölgan fikrni çalajon qilmay aytişga jurʼat bölişi kerak. Bularsiz yozganlaringga nainki gazetxonni, özingni ham işontira olmaysan.

Şörolar zamonida matbuotning har aytgan sözi, har bildirgan fikri, hattoki ramziy işorasi ham haqiqatga mengzalardi. Gazetada çiqdimi, bas, boşqaça fikrga örin qolmasdi.

Bugungi matbuot, ne baxtki, bunday “qozi”likdan, oqlaş, qoralaş, odamlar taqdirini hal etiş funksiyasidan xalos böldi. Endi u jamoatçilikning erkin minbari. Endi unda boşqalar ham öz fikrini bildirişi, bahsga kirişişi, xatolaringni körsatişi, joiz takliflarini bayon qilişi   mumkin. Matbuotning bugungi tanqidiy sözi, avvalgidek, odamlarning taqdirini u yoki bu tomonga hal qiladigan jazo quroli emas, endi u sizga, menga – hammamizga yordam beradigan kömakdoş. Istiqlol matbuotining şörolar zamoni matbuotidan farqi şunda.

Gazeta-jurnallarning har bir soni mehnat jamoasining, jonkuyar mualliflar, ziyrak öquvçilarning zahmatli mehnati, fikr-mulohazalari, har bir söz, har bir ibora ustida soatlab izlanişlari evaziga tayyorlanadi. Çinakam jurnalist heç qaçon öz işidan qanoat hosil qilmaydi. Keça, ötgan kuni yozgani bugun öziga ham yoqmay qoladi. Yanada yaxşi, yanada puxta va taʼsirçan yozişga intiladi. Yangi fikr­lar, yangi mualliflar qidiradi, qayerda bir nima “yilt” etsa, şunga eʼtibor beradi. Naşrning ayni şu soniga kerak bölgan muhim gapni goh taniqli, maşhur olim, zukko tadqiqotçi, goh esa nomi hali heç kimga taniş bömagan yoş havaskor ham aytişi mumkin. Baʼzan katta olimlar, tajribali mutaxassislar nazaridan qoçgan narsalarga oddiy   talaba, olis qişloqda yaşaydigan gazetxon eʼtibor berişi mumkin.

Odamlar manfaatini himoya qilaman, adolat hukmron bölişiga hissa qöşaman deb katta maydonga çiqqan qançadan-qança kasbdoşlarimiz huzur-halovatdan voz keçib, goho taqdirlarini xavf ostiga qöyib ham ijod qilişgan. Sobiq tuzumning taqiqlariga qaramay kuçli byurokratiyaga, çuqur ildizli korrupsiyaga, qöşib yozişga, közböyamaçilikka qarşi kuraş boşlaşgan. Zahmatli mehnatlari bilan el-yurtda obrö-eʼtibor qozonişgan. Davlatimiz rahbari şu boisdan ham jurnalistlar mehnatini yuksak qadrlab kelmoqdalar.

1914 yilda “Sadoi Farğona” gazetasining ilk sonida çop etilgan maqolada “Matbuot butun dunyodagi madaniy millatlarning hayot yöllari, olamdagi darajalari va insoniyat taraqqiyotining çöqqisi uçun lozim bölgan saʼy-harakatlar töğrisida maslahatlaşmoq va kengaşmoq uçun zarur bir vositadir” degan sözlarni öqiymiz. Jurnalistlar zimmasiga mana şunday muhim, qudratli va taʼsirçan vositani yaratiş masʼuliyati yuklanadiki, bundan biz har qança faxrlansak arziydi.

Ahmadjon Meliboyev,

“Jahon adabiyoti” jurnali Boş muharriri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan