Qörqoqlar keçirilmaydi
Bundan 3-4 yil oldin biron–bir fuqaro adolatsizlikdan jabr körib tegişli taşkilotga şikoyat qilsa, nodon odamlar uni sörab–suriştirmay “iğvogar”ga çiqarib, hatto böyniga “yozğuvçi” degan yorliq ham osib qöyişardilar…
Aslini olganda bu, hö, öşa, Sobiq ittifoq tuzumi davridan qolgan “politika”, biroq hamon davom etib kelayotgan eng yaramas tamoyil (tendensiya)lardan biri. Çunki, şöro rahbarlari azaldan odamlarning tazyiq va zulmga çidaşini, qöyday yuvoş bölib yurişini istar edilar–da!
Qolaversa, avom xalq özlarini özlari şu tarzda “böğib”, unini çiqarmay tursa, ular uçun ayni muddao edi. Bora–bora bu hol şunga olib keldi–ki, jabr körgan odamlar şikoyat qilib, “iğvogar”ga aylanib qolişdan hadiksirab, “oç qornim, tinç quloğim”, deb qöl siltab yaşaşga majbur bölişdi!..
Qarangki, odamlardagi içga yutiş, arz qilmaslik “kasali” surunkali tus olgan ekanmi, heç töxtay demasdi. Endilikda odamlarni (çidolmagani) şikoyat qiliş tartibi özgardi, darrov ijtimoiy tarmoqda çiqiş qilişadi. Göyo şu bilan arzi ijobiy hal böladigandek. Aslida idora, taşkilot, organlar bilan xalqni yanada yaqinlaştiriş kerak. Ana şunda özaro tuşunmovçiliklar barham topadi. Axir elimiz bir, yurtimiz bir, bitta jamiyatning aʼzolarimiz. Taraqqiyot tarqoqlikda mavjud emas, u jipslikda oldinga harakat qiladi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida ayrim lavozimlarda ötirgan odamlar işlab turgan mavjud zavod-fabrikalarni arzon garovga sotiş (albatta, “usti”ni olib), aniqroği, talon-toroj qiliş yoki “muzlatib” qöyiş bilan şuğullanişdi. Tabiiyki, bu yurtimizda işsizlar sonini keskin oşirdi, rözğor, turmuş şaroitini oğirlaşişiga olib keldi. Bugungi şevada aytganda, kambağallar armiyasi paydo böldi. Har qanday illat, har qanday jinoyatning öçoği ham — aslida işsizlik!
Yana bir jihati, davlat xazinasiga qöli yetadigan oçköz, nafsi öpqon amaldorlar va “oliy tabaqa” gumaştalari tomonidan, öta maxfiy tarzda ömarildi. Davlat mablağining yana bir katta qismi mantiqsiz tadbirlar, turli şiorlar, jamğarmalar tomonidan sovurildi.
Natijada bugunga kelib yalpi tus olgan yuqoridagi jinoiy harakatlar mamlakatda korrupsiya degan xavfli illatning “gullab-yaşnaşi” uçun şaroit yaratdi. Tabiiyki, korrupsiya hukumron jamiyatda adolat toptaladi. Xalq qaşşoqlaşadi.
Ayniqsa, işlayman, yarataman, bozorni tökin-soçin qilaman degan, astoydil mehnat qilayotgan tadbirkorlarga bir talay imkoniyatlar közda tutilgan bölsa-da, ayrim hollarda ularning halol işlaşlariga imkon berişmayotgani açinarli.
Donişmandlar: “Katta aravalar qayoqqa qarab yursa, kiçiklari ham öşa yoqqa intiladi”, deb bejiz aytişmagan, korrupsiya oddiy odamlar orasida ham paydo böla boşladi, yaʼni bir-birini çuv tuşiriş holatlari kuzatilmoqda. Agar avj olsa bormi, boylarni, amaldorlarni, keyin esa davlatni aldaşga ötişadi. Unda butun bir xalqni töxtatib ham, qamab ham bölmay qoladi.
Korrupsiya hamma tarmoqlarni katta kuç bilan qamrab oldiki, endi undan oliy öquv yurtlari, kollej va litseylar, maktab, bolalar boğçalari ham qutulişi oçon keçmayapti. Ayniqsa, işlayman, yarataman, bozorni tökin-soçin qilaman degan, astoydil mehnat qilayotgan tadbirkorlarga bir talay imkoniyatlar közda tutilgan bölsa-da, ayrim hollarda ularning halol işlaşlariga imkon berişmayotgani açinarli.
Öz yurtida halol işlab biri ikki bölmaslikka közi yetib qolganlar, allaqaçon boşqa yurtlarga çiqib ketişgan. Baʼzan buni özboşimçalik deb atayapmiz, ammo sababini aytişga yuragimiz çidamayapti. Aslida ular töğri qilganmi, degan savol tuğiladi, hartugul işlab topgan mablaği evaziga turmuş şaroitlarini yaxşilab olişayapti. Töğri, köpçiligi yangi uy-joy, maşina sotib oldi. Öğil uylab, qiz çiqardi. Lekin buning eng açinarli tomoni şundaki, kelajagimiz egalari bölgan yoş avlod, yaʼni farzand tarbiyasi aro yölda qolib ketyapti. Biz vatanimizning ertasini öylamay qöydikmi?
Har qanday nohaqlikning çeki-çegarasi böladi, albatta. Özimiz guvoh bölib turibmiz, mana, xalqning arz-dodini eşitiş uçun katta yöllar oçilgaç, Prezident xalq qabulxonalariga ötgan yillar davomida bir neça million ariza va şikoyatlarning kelib tuşgani ham juda köp muammolar taxlanib ketganini anglatib qöymoqda!
Xudoga şukrlar bölsinkim, mana, uç yildan oşiq vaqtdan buyon jamiyatimizni tozalaş, poklaş, korrupsiyani tag-tomiri bilan quritişga qaratilgan saʼy-harakatlar jadallik va sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Yuqorida aytib ötganimizdek, turli nopok yöllar bilan talon-toroj qilingan xalq mulki esa öz joyiga qaytarilmoqda. Bu tadbirlar va harakatlar, öz navbatida, odamlarni kelajakka umid va işonç bilan qaraşga, hayotdan rozi bölib yaşaşga undamoqda.
Prezidentimizning taşabbusi bilan Respublika jamoatçilik palatasining taşkil etilayotgani, umid qilamizki, albatta öz samarasini körsatadi. Bu palataga xalq uçun jon kuydiradigan, halol, tajribali, bir söz bilan aytganda, fidoyi insonlarni öziga birlaştiradi degan umiddamiz.
Aziz birodar! — degim keladi zamondoşimga, mabodo, sen ham bugungi va ertangi avlodlarning adolat hukmron bölgan davlatda, qonunlar ustuvorligi taʼminlangan jamiyatda, Sohibqiron Temurbek bobomiz boşqargan “Buyuk Turon Davlati” davridagidek pokiza saltanat soyasida, hayotdan rozi bölib yaşaşini xohlasang, heç ikkilanmay, haqiqat uçun kuraşib yaşaşga örgan, halol va vijdonan mehnat qiliş umring amoli bölsin.
Taraqqiyot uçun bundan boşqa yöl yöq! Bölişi mumkin ham emas! Loqayd bölib, yana aldanib qolsak, kelajak avlodlar bizlarni qörqoqlar deb, mutlaqo keçirmaydilar!
Durbek Qöldoşev.
