Uzoq kutilgan vaksina

uni bir marta emlaş yetarlimi?

Italiya soğliqni saqlaş vazirligi koronavirusga qarşi vaksina bepul tarqatilişini, uni birinçi navbatda xavf guruhiga kiruvçi odamlar olişini maʼlum qildi. Maʼlum bölişiça, vaksinaning bir dozasi tannarxi 2,5 yevroni taşkil qiladi.

Koronavirusga qarşi vaksina yaratiş uçun taşkil etilgan Alyans (Inclusive Vaccine Alliance, IVA) tarkibiga kirgan Italiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya vaksinani işlab çiqayotgan «AstraZeneca» kompaniyasiga 300 million doza vaksina uçun 750 million yevro tölaydi. Şu tariqa Oksfordda joylaşgan kompaniya yaratadigan AZD1222 deb nomlangan vaksinaning narxi 2,5 yevroni taşkil qiladi.

IVA iştirokçilarining «AstraZeneca» bilan vaksina yetkaziş böyiça şartnomani imzolaşi 13 iyunda eʼlon qilingan. Şartnomaga köra, vaksina xaridorlarga 2020 yil oxirida taqdim qilinişi mumkin. Kompaniya­­dan vaʼda berilişiça, vaksina bilan emlaş koronavirusga çalinişga olib kelmaydi, inson immun tizimi koronavirus çaqiruvçi kasallikka qarşi kuraşa olişi uçun bir emlaş yetarli böladi.

Internet xabarlari asosida tayyorlandi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan