Yarim soat dars
yoki Finlyandiya taʼlim tizimiga nazar
Sayyoramizning eng ilğor va ilmli öquvçilari sifatida fin yoşlari eʼtirof etiladi. Qiziği şundaki, finlyandiyalik öquvçilar boşqa mamlakatlardagi tengdoşlariga nisbatan ança kam vaqtini maktabda ötkazişib, kuniga köpi bilan yarim soat dars tayyorlaşar ekan. Şu va boşqa jihatlari bilan bu davlatning taʼlim tizimi dunyo ahlini hamişa hayratlantirib keladi.
Finlyandiya “The Legatum Prosperity Index 2019”ning jahon reytingida “Taʼlim” yönalişi böyiça dunyodagi 167 davlat orasida Singapur, Janubiy Koreya, Daniya, Gong Kong va Kanadadan keyin 6-örinni egallagan (Özbekiston bu röyxatda 81-örinda turadi).
Fin öquvçilari vazifalarni öz salohiyatidan kelib çiqib bajaradi, jismoniy va aqliy holati turliça bölgan bolalar birgalikda taʼlim oladi. Agar öquvçi darslarni özlaştirişga qiynalsa, u bilan qöşimça maşğulot olib boriş uçun alohida öqituvçi tayinlanadi. Şuningdek, Finlyandiya öquvçilari özi foydali deb bilgan fanni örganişi mumkin. Agar dars öquvçini qiziqtirmasa, u kitob öqiydi yoki boşqa maşğulot bilan şuğullanadi.

Finlyandiya taʼlim tizimida 10 ballik baholaş tizimi amal qiladi, ammo 7-sinfgaça faqat sözda baho qöyiladi: örtadan pastroq, qoniqarli(örta), yaxşi, aʼlo. 1-3-sinflarda esa heç qanday körinişdagi baho yöq.
Bu yerda barça maktablar kundalikka öxşaş “Wilma” elektron tizimiga ulangan va har bir ota-onaga tizimdan foydalaniş uçun şaxsiy kod beriladi. Unda pedagoglar baho qöyib, davomatni belgilab, bolaning xulqi va darslarni özlaştirişi haqida maʼlumot qoldiradi. Şuningdek, psixolog, ijtimoiy xizmatçi va feldşer ham öquvçini tibbiy körikdan ötkazib, natijasini tizimga kiritib boradi.
Yana bir qiziq jihat: qöyilgan baho heç kimga oşkor qilinmaydi. Özlaştirişi yomon, past baho olgan öquvçilarni koyiş, unga dakki beriş mumkin emas. Axir, hamma kosmik kema yaratavermaydi, samolyot yoki avtobusni ham kimdir ixtiro qilişi kerak-ku. Qolaversa, yana kimdir fermer bölib dalada mehnat qilişi, çorvani boqişi, kimdir esa qurilişda ham işlaşi kerak.
Finlyandiyada taʼlimning barça bosqiçlari — maktabgaça taʼlimdan oliy taʼlim muassasalarigaça mutlaqo bepul. Ular taʼlimni har doim moddiyatdan ustun qöyişgan. Darslar yangi ğoyalar, işonç, ixtiyoriylik va mustaqillik asosida ötiladi.
Mamlakatda “elita” yoki qoloq maktab, degan tuşunça yöq. Barça taʼlim muassasalari mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil moliyalaştirilgan. Deyarli barça maktablar davlatga qaraşli bölib, mamlakatda atigi önga yaqin xususiy maktab bor. Finlarga farzandi öqişi uçun maktab tanlaş taqiqlangan edi, bolalar uyiga eng yaqin maktabda öqişardi. Hozir garçi bu taqiq bekor qilingan bölsa-da, baribir köpçilik ota-onalar farzandini uylariga yaqin bölgan taʼlim muassasasida öqitmoqda. Zero, bu yerda barça maktablarning imkoniyat va şaroiti birdek yaxşi-da!
Bolalarni bir-biriga taqqoslaş taqiqlangan. Finlyandiya mehnat qonunçiligiga köra, pedagog öquvçini tahqirlaşiga yöl qöyilmaydi. Bu yerda har bir öğil-qizga Şaxs sifatida muomala qilinadi. “Daho” yoki aqliy salohiyati böşroq öquvçilar, hatto, nogironligi bor bolalar ham qolganlar bilan bir safda, bir jamoa bölib taʼlim oladi.
Maktablar farqlanmagani yoxud “ajratilmagani” kabi bir fanning boşqasidan çuqurroq öqitilişi ham mumkin emas. Masalan, matematika musiqadan yoxud adabiyotdan muhim sanalmaydi. Şuningdek, “yaxşi” va “yomon” öquvçilar ham yöq. Bolalarni bir-biriga taqqoslaş taqiqlangan. Finlyandiya mehnat qonunçiligiga köra, pedagog öquvçini tahqirlaşiga yöl qöyilmaydi. Bu yerda har bir öğil-qizga ŞAXS sifatida muomala qilinadi. “Daho” yoki aqliy salohiyati böşroq öquvçilar, hatto nogironligi bor bolalar ham qolganlar bilan bir safda, bir jamoa bölib taʼlim oladi(Faqat köriş va eşitiş bilan boğliq nuqsoni bölgan öquvçilar uçun alohida sinflar taşkil etilgan).
Qiziği şundaki, öqituvçi öquvçining ota-onasi kimligi, iş joyi, lavozimi va boşqa şunga öxşaş maʼlumotlarni söraşi qatʼiy taqiqlangan. Har qanday qoidadan çetga çiqiş öqituvçi bilan imzolangan şartnomaning buzilişiga olib keladi. Fin öqituvçilari faqat taʼlim beriş vazifasini bajaradi.
Finlyandiyada örta taʼlim bepul, şu bilan birga tuşlik, mamlakat böylab sayohat, muzey va darsdan taşqari har qanday faoliyat uçun mutlaqo pul tölanmaydi. Agar maktab 2 kilometrdan uzoqda bölsa, bolani uyidan olib ketuvçi va darsdan söng qaytarib olib keluvçi avtobusga ham pul berilmaydi. Har bir öquvçiga darsliklari, barça öquv qurollari, kalkulyator, hatto planşet va noutbukkaça maktab tomonidan tekin beriladi. Ota-onalardan pul yiğişga mutlaqo yöl qöyilmaydi.
Fin öqituvçilarining şiori: “Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki imtihonlarga. Biz birinçisini tanlaymiz!”. Balki şuning uçundir, ularda mutlaqo imtihon bölmaydi. Maktabni tugallaşda birgina test sinovi ötkaziladi, xolos. Lekin öquvçi va öqituvçilar bu testning natijasi uçun zarraça qayğurmaydi, xato belgilagan javob uçun heç kimga hisob bermaydi, heç kimdan gap eşitmaydi. Bolalar ham unga jiddiy tayyorgarlik körişmaydi — boriga baraka!
Fin maktablarida turli tekşiruvlar ham, taʼlim berişga oid “yangiça uslub”larni örgatuvçilar ham yöq. Mamlakatda taʼlim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir pedagog özi töğri deb bilgan uslubni qöllaydi. Asosiysi, samara va natija!
Maktablar hududi öralmagan, kiraverişda qöriqçi va tösiqlar yöq. Aksariyat maktablarning kiriş darvozasi avtomatik tizimga ega, öquvçilar binoga dars jadvali asosida kirişadi.
Darsda bolalar parta va stolda ötirişi belgilanmagan, ular polda(gilamda), hatto divan va kreslolarda öziga qulay holda ötirib, darsni özlaştirişadi. Forma yöq, umuman, kiyinişga nisbatan heç qanday talab qöyilmagan.
Odatda uyga vazifa berilmaydi. Bolalar dam olişi kerak. Ota-onalar farzandi bilan dars qilişga majbur emas, buning örniga pedagoglar muzey, örmon yoki suziş havzasiga oilaviy borib, vaqtni mazmunli ötkazişni tavsiya qiladilar.
“Doska oldida” öqitiş usuli bu davlatda amal qilmaydi, öquvçilar mavzuni sözlab beriş uçun doskaga çiqarilmaydi. Öqituvçi darsga umumiy tus beradi, söng öquvçilar orasida yurib, ularga topşiriqlarni bajarişga yordam beradi va jarayonni nazorat qiladi. Öqituvçining yordamçisi (fin maktablarida öqituvçi yordamçilari ham bor) ham xuddi şu iş bilan band böladi. Barça pedagoglar faqat 1 yilga şartnoma imzolaşadi, bu muddatni uzaytiriş va töxtatiş mumkin. Mehnati evaziga havas qilarlik miqdorda — fan öqituvçisiga 5000, yordamçisiga 2500 yevrogaça haq tölanadi.
Balki bu tizim kimgadir notöğridek tuyular. Finlar mukammallikka daʼvo qilmaydi va erişgan yutuqlari bilan ham çeklanib qolmaydi. Ular maktab tizimi jamiyatdagi özgarişlarga qançalik taʼsir körsatayotganini doimiy tadqiq qilişadi.
Quvonarlisi şuki, finlarning farzandlari tunda alahsirab, asabiy zöriqişdan qörqib uyğonmaydi. Tezroq katta bölişni orzu qilib, maktabdan nafratlanişmaydi. Öquvçilar imtihonga tayyorlanib, özi va butun oila aʼzolarini qiynamaydi. Xotirjam, sermulohaza va baxtli fin bolalari kitob mutolaa qiladi, tarjimasiz(original tilda) filmlar köradi, kompyuter öynaydi, rolik va velosipedlarda uçadi, konsert, teatr tomoşalariga boradi… Ular hayotning har bir lahzasidan zavq olib, quvonib yaşaydi va şu bilan birga taʼlim olişga ham ulgurişadi. Zero, PISA nufuzli taşkiloti tomonidan har 3 yilda ötkaziladigan tadqiqotlar va boşqa xalqaro reytinglarda fin öquvçilari dunyo reytingida hamişa yuqori natija qayd etişadi…
Xullas, dunyoda rivojlangan mamlakatlardan hisoblangan Finlyandiya xalq taʼlim tizimi ana şunday erkin usulda faoliyat olib boradi. Bu yurt maktablarida birinçi navbatda bolalar öz “men”ini tanişiga eʼtibor qaratiladi. Kim bölsa ham, muhimi, öz fikri, hayotga mustaqil qaraşi bölsin!
Xöş, bizning taʼlim sohamiz haqida nima deya olamiz?
Özimizda qandayligini yaxşi bilamiz…
Abdulaziz Ahmedov.
