Dunyodagi “yopiq davlat”

Şimoliy Koreya. Ha, uning siyosati, tuzumi, hayot tarzi haqida turli miş–mişlar nihoyatda köp. Bugun bu davlat haqida oçiqça gaplaşamiz.

Janubiy Koreya rasman Koreya Respublikasi deb ataladi. Lekin Şimoliy Koreya hamon Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) degan “jimjimador” nom ostida yaşamoqda. KXDRda boşqa davlat jurnalistlari erkin faoliyat olib borolmaydi. Bu yerga taşrif buyurgan xorijliklar faqat ijobiy taassurotlar uyğota oladigan yönalişlar böyiça sayohat qilişi qattiq nazorat qilinadi. Çet ellik­larga mahalliy aholi bilan muloqot qiliş qatʼiyan taqiqlangan.

Janubiy Koreya va köpgina xorij naşrlari Şimoliy Koreya aholisining ahvoli öta abgorligi, davlat boş­qaruvida öta şafqatsiz tizim minglab odamlarning yostiğini quritayotgani va xalqi oçlik çangalida qolgani haqida bot-bot bong uradi.

Har ikki tomon ham ğoyasi, mafkurasi va davlatidagi tuzumning mutlaq adolatli ekanligini taʼkidlagan holda qöşnisining hududlari aslida öziga tegişli ekanligini, ularni ozod qiliş muqaddas burçligini aytişdan çarçamaydi.

Bugungi kunda oçiq siyosat yuritayotgan Janubiy Koreya dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biriga aylangani holda, Şimoliy Koreya öziga kommunistik mafkurani taqdim qilgan SSSR davlati allaqaçon tarqab ketgan bölsa-da, totalitar rejimdan voz keçmagan.

“Yölçi yulduz”ni izlab…

Hozirda 70 yillik sulolaning nav­batdagi vakili Kim Çen In tinç­lik yölida ança-munça sammitlar uyuştirgan bölsa-da, hanuz raketa sinovlaridan voz keçmagan. Hatto turli davlatlarning uzoq yillik iqtisodiy sanksiyalari ham KXDRni tutgan yölidan qaytara olmayapti.

Joriy yil davomida AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan bevosita uçraşdi va qator muzokaralar ötkazdi. Şuningdek, Janubiy Koreya yetakçisi Mun Çje In ham KXDR yetakçisi bilan 2018 yil 27 aprelda tarixiy sammitlar uyuştirgan edi. Umuman, yuzlab davlatlarning yuzlab rahbarlari kunora uçraşib yurgan ayni paytda Şimoliy Koreya bilan ötkazilgan har qanday muzokara hamon “tarixiy” degan maqomni saqlab turibdi.

Kim Çen In davlatning oliy rahbari, KXDR mehnat partiyasi boş kotibi, Oliy boş qömondon,   mamlakatning qarorlar qabul qiluvçi boş organi — Prezidium va siyosiy byuro aʼzosi va bevosita rahbari hamda Markaziy harbiy komissiya raisi kabi rasmiy lavozimlarga; armiya generali va armiya marşali singari harbiy unvonlarga ega. Koreys xalqi öz rahbarini turli nomlar bilan uluğlaydilarki, ular rasmiy unvonlardan-da kuçliroq jarang­laydi: “Porloq yulduz”, “Beqiyos birodar”, “Harbiy sohada daholarning dahosi”, “Xalq otasi”, “Qimmatli ota”, “Kommunistik kelajak quyoşi”, “Yölçi yulduz”…

Şimoliy Koreya markaziy telegraf agentligining maʼlum qilişiça, bu davlat joriy yilning 9 iyun sanasidan boşlab Janubiy Koreya bilan barça mavjud aloqa kanallarini töxtatişini eʼlon qildi. Uning bunday qarorga kelişiga Janubiy Koreya tomonidan taşviqot varaqalari jönatilgani sabab bölgan. Köp yillar davomida işlamagan işonç telefonlari 2018 yilda tiklangan edi va davlat rahbarlari kuniga ikki marotaba aloqada bölişardi. 2018 yildan buyon birinçi bor Pxenyan Seulning rasmiy telefon qönğiroqlariga javob bermadi.

B(yek)or gap…

Britaniyaning “Mirror” gazetasi dissident qizga tayangan holda Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning közga köringan vahşiy işlarini çop etdi. Qiz özini He Yun Lim deb taniştirgan va hayotidan xavfsirab, suhbat çoğida yuzini körsatmagan. Uning gaplariga köra, mamlakat dahşatli kunlarni boşidan keçiryapti. Aybsiz qatllar, jinsiy qullik, bolalar mehnatidan foydalaniş(ekspluatatsiya) şular jumlasidandir.

Limning aytişiça, KXDR rahbari Kim Çen In yuqori tabaqa vakillarini ibrat olişlari uçun dahşatli qatllarni körişga majbur qiladi. Masalan, Janubiy Koreyaning “Çunan ilbo” naşri maʼlumotlariga köra, Şimoliy Koreyaning ikki amaldori, yaʼni Şimoliy Koreya taʼlim vazirligida eng yuqori lavozimlardan birini egallab kelgan Li Çon Çjin hamda qişloq xöjalik vazirini zenit pulemyot bilan otib taşlangan. Manbada taʼkidlanişiça, amaldorlardan biri Kim Çen Inga qarşi körsatma bergani, ikkinçisi esa Kim Çen In iştirokidagi majlis vaqtida uxlab qolgani uçun oliy jazoga mahkum qilingan.

Hukumat soyasida bolalar jismonan qiyinçiliklarga duçor qilin­yapti. Aholi onggiga doimiy ravişda mamlakat ğoyalari singdiriladi. Bu jarayon AQŞ tomonidan böladigan tahdidlar bilan boğliq. Şuningdek, harbiy qurollar yaratişga millionlarni sarflayotgani xalq turmuşiga salbiy taʼsir körsatayotganini yozadi.

Taʼlimdagi “taraqqiyot”

Şimoliy Koreyadagi maktab öquvçilarining hayoti haqida deyarli maʼlumot yöq. Bolalar boş­lanğiç maktabda öqişni 4 yoşdan boşlaydi. 5 yoşdan 6 yoşgaça bölgan 1 yil barça uçun majburiy hisoblanadi. Öquvçilar 1950 yildan buyon Sovet taʼlim tizimi asosida öqitiladi. Biroq 2012 yilda taʼlim tizimini zamonaviy ehtiyojlarga moslaştiriş maqsadida örta taʼlim qayta isloh qilindi. Şu davrdan boşlab, bolalar 6 yil boşlanğiç maktabda, 3 yil örta maktabda va yana 3 yil yuqori maktabda öqitilyapti.

Dars jadvali davlat ehtiyojlariga qarab özgarib boradi. Şimoliy Koreyada maktab formalari davlat rahbari Kim Çen In şaxsan belgilab bergan namunadagi formalar bilan davlat tomonidan taqdim etiladi.

Ota-onalarga formalarni sotib oliş yoki tiktiriş taqiqlangan. Biroq doim ham uşbu “qonun”ga amal qilinmaydi. Baʼzida forma yetmasa, baʼzida u nihoyatda sifatsiz böladi. Turistlar köp taşrif buyuradigan poytaxt — Pxenyanda maktab formalari qattiq nazorat qilinadi. Şuningdek, bolalar ittifoqiga qöşilgan öquvçilar kök­ragining çap tomoniga mamlakat rahbarining surati tuşirilgan “znaçok” va qizil böyinboğ taqib yuriş­lari şart. Iqtidorli bolalar uçun maxsus elita maktablarida öqiş obröli hisoblanadi. Bunday maktablarni tamomlagan öquvçilar OTMga kirgan hisoblanadi.

Maktablarda matematika, ona tili, adabiyot, tarix va geografiya öqitiladi. Ingliz tilining britança varianti örgatiladi. Şuningdek, “Kommunistik axloq”, “Kommunistik partiya siyosati”, “Buyuk Kim Ir Sin hayo­ti” singari fanlar mavjud. Bundan taşqari, mamlakatda repetitorlar köp. Öqitiladigan asosiy fanlar — ingliz tili va matematika. Qöşimça darslar oyiga $10-30 ga teng.

Bolalar yoşligidan qatʼiy intizomga örgatiladi. Öquvçilar parta va stullar, binolarni isitiş uçun sarflanadigan yoqilği qiymatini tölaşga majbur. Şimoliy Koreya maktablarida öqiş bepul bölgani bilan ota-onalar sinf va mebellarni taʼmirlaş, zarur jihozlarni sotib oliş uçun har oy maʼlum miqdorda pul tölaşlari şart. Maktab va bolalar boğçasida bir qança marosimlar, yaʼni jör bölib qasamyod qiliş, taʼzim qiliş kabi rasmiyatçiliklar bor.

Futbolga layoqati bor bolalar xalqaro futbolçilar maktabida öqiydi. Futbolçilar maktabida atigi 200 ta öquvçi böladi. Ularning xorijga ketiş imkoniyati boşqalarga nisbatan köproqdir.

Yozda omadi çopgan öquvçilar “Sondovon” xalqaro bolalar oromgohida dam olişadi. Oromgohga Rossiya, Xitoy, Pokis­ton, Vyetnam, Braziliya hamda Afrika mamlakatlaridan öquvçilar taşrif buyuradi. Koreyaliklar uçun oromgoh bepul, xorijlik bolalar uçun 2 hafta dam oliş — 450 yevroga teng.

Taqiqlangan “ramz”lar “yoğdu”si

Şimoliy Koreyada dunyoning barça davlatlarida mavjud bölgan va aholi foydalanadigan ayrim mahsulotlar çeklab qöyilgan. Masalan, “Coca-cola” içiş bu yerda qonun bilan taqiqlanadi. Lekin dökonlarda uning örnini bosuvçi mahalliy va Xitoyda işlab çiqarilgan yaxna içimliklarni, şuningdek, “Sprite” va “Fanta”ni bemalol topiş mumkin. Hukumatning fikriça, “Coca-cola” Koreyaning boşiga azobu uqubat keltirgan Amerika ramzlaridan biridir.

Mamlakatda kök rangli jinsi kiyiş taqiqlangan. Faqatgina xorijiy sayyohlarga ruxsat bor, xolos. Ularga ham sayyohlik firmalari iloji boriça jinsi kiymaslikni tavsiya etadi. Jinsi şimdagi xorijliklar faqatgina Kim Ir Sin va Kim Çen Irning muhtaşam haykallari joylaşgan yodgorlik majmuiga kira olişmaydi. Majmuaga kirişni istasa, libosini özgartirişi talab etiladi. Sababi kök rang­li jinsi xalqaro imperializm va Amerika timsolidir.

Şimoliy Koreya “butunjahon internet töri”ga ulanmagan dunyo­dagi yagona davlatdir. Internetdan foydalaniş yuqori lavozimdagi davlat amaldorlari va ularning ayrim xodimlarigagina ruxsat etilgan, xolos. Oddiy odamlar esa internetni tuşlarida ham körişmagan. Mamlakatda kam sonli fuqaro foydalanadigan eski formatdagi lokal tarmoqlarga öxşaş içki tarmoq bölib, u atigi bir neçta sayt bilan boğlangan. Tarqatadigan maʼlumotlari davlat tomonidan kuçli nazorat qilinadi. Bugun dunyoda urfga kirgan “Wi-Fi” tuşunçasi ham bu yerda yöq. Koreyaning mahalliy aholisi “Selfi” qilayotgan, videoga tuşayotgan sayyohlarga hamişa hayrat bilan qaraşadi.

Koreya mobil telefonlari faqat içki aloqalar uçun işlaydi, narxi esa juda qimmat. Xorijga qönğiroq qilişning umuman iloji yöq. Şimoliy Koreya aholisi uçun çegaradan taşqariga çiqiş uşalmas orzu. Ular hatto davlat hududida ham maxsus ruxsatnomalarsiz erkin yura olmaydi. Bunda gap ularning iqtisodiy imkoniyatida emas, şunçaki çet elga çiqiş qonun bilan taqiqlangan. Qoçişga uringanlar 12 ming dollar jarima tölaydi, yöqsa şubhasiz eng oliy jazoga mahkum qilinadi.

Şimoliy Koreyaning matbuotga bölgan munosabati ham butunlay boş­qaça. Yaʼni, heç qaysi kutubxonadan va heç kimning xonadonidan eski gazeta taxlamini topa olmaysiz. Hukumat fikriça, bu davlatni töğri yölda boşqariş uçun şakllangan “tadbir”lardan biridir. Fuqarolar davlat rahbariyati şaʼniga işora qilingan biron jumla yoki ötgan davr­dagi “gap-söz”larni esga olmasligi lozim. Bu şunçalik kuçli nazorat qilinadiki, odamlar biror gazetaga obuna böla olmaydi, matbuot dökonlari ham umuman yöq. Gazetalar met­ro, avtobus bekatlari, korxona va xiyobonlardagi maxsus joylarga tongda osib qöyiladi. Keçqurun hammasi “tozalanadi” va yöq qilinadi. Xorijda çop etilgan naşrlar, barça turdagi adabiyotlarni olib keliş va tarqatiş qatʼiy taqiqlangan. Xorijiy radiolar hamda çet el musiqasi, hatto oddiy operalarni eşitiş ham mumkin emas.

Koreya “korxonasi”

Hayron qolarli jihatlardan yana biri, bu davlatda umuman soliqlar yöq. Heç kim davlatga daromad soliği tölamaydi. Dökonda mahsulotlarga qöşimça qiymat soliği qöşilmaydi. Korxonalar uçun ham foyda soliği yöq. Hatto, alkogol va tamaki mahsulotlari uçun aksiz soliq joriy etilmagan. Bu davlat iqtisodiy tizimini boş direktor boşqaradigan yirik korxonaga qiyoslaş mumkin. Yaʼni, davlat korxonalari daromadlari töğridan-töğri byudjetga tuşadi.

Şimoliy Koreyaga bir neça marta iqtisodiy sanksiyalar qöllanilgan. Şunga qaramay, u xalqaro savdoda faol. Hatto içki bozor iqtisodiyotini ham birmunça yölga qöygan. Mamlakat özining raketalari va harbiy qud­rati bilan doim faxrlanadi. Armiya­ni uşlab turiş uçun pulni qayerdan oladi, degan savol tuğilişi tabiiy. Bu haqda esa turli-tuman fikrlar, isbotlaş qiyin bölgan maʼlumotlar bisyor.

Mutaxassislar fikriça, davlat taşqi savdosining 88 foizini Xitoy Xalq Respublikasiga qurol va balles­tik raketalar savdosi taşkil qilgan. Şu bilan birga, kömir, kiyim-keçak va mebel, taxta, oziq-ovqat va baliq mahsulotlari ham eksport qilinadi. Davlat siyosatçilar va mansabdor şaxslar tomonidan amalga oşirilgan “savdo operatsiyalari” haqida heç qanday maʼlumot bermaydi.

“Himoya” taqiqlari…

Poytaxt Pxenyan şahri aholisining ham hayoti taqiqlarga töla. Hukumat davlatni va aholisini taşqi taʼsirlardan “himoya qiliş” uçun jon-jahdi bilan harakat qiladi. Agar bu yerga sayohat qilmoqçi bölsangiz, pulingizni dollar yoki yevroga almaştirib oling. Çunki xorijliklarga milliy valyuta — “von”ni işlatişga ruxsat berilmaydi. Sayyohlar uçun alohida dökonlar oçilgan bölib, mahalliy aholi xarid qiladigan dökonlarga çet ellik­lar kiritilmaydi.

Hozir butun dunyoda 2020 yil bölsa, Koreya 111 yilda yaşayapti. Bu yerda taqvim mamlakat birinçi Prezidenti Kim Ir Senning tuğilgan sanasidan boş­lanadi. Bu hukumatga uning avlodlari kelişiga qaramay, boş­qaruvda amalda u turganligiga işoradir.

Mahalliy televideniyeda atigi 3 ta telekanal bölib, ulardan ikkitasi faqat dam oliş kunlari körsatiladi. Qolgan uçinçi kanal esa keçki payt işlaydi, xolos.

Mamlakatning eng maşhur köngil­oçar joylaridan biri Kim Çen Inning otasi Kim Çen Ir maqbarasidir. Bu yerda yetakçining balzamlaştirilgan jasadi şişa içiga solingan bölib, uni köriş barçaga ruxsat etilgan. Hatto çet elliklarga ham.

Qiziq maʼlumotlardan yana biri, erkaklar soçini 5 sm.dan ortiq östirişi taqiqlangan. Davlat yöllarining bor-yöği 3 foi­zi asfalt qilingan. Aholi jon boşiga yillik YAIM hajmi 1900 dollardan töğri keladi. Marhum Kim Çen Irning spirtli içimlik­larga sarflagan bir yillik xarajati hajmi örtahol xitoylikning yillik daromadidan 800 baravar köp bölgan.

2018 yilgi maʼlumotlarga köra, 30 foizga yaqin aholi qaşşoqlikda kun keçiradi. Bu qatlam yegulikka ham pul topa olmaydi. 2019 yilning mart oyi­­da Pxenyan yadro sinovlaridan voz keçganini maʼlum qildi. Ammo bir neça oydan söng Şimoliy Koreya yadro das­turini qayta tikladi va davlatlar­aro hamkorlik yana töxtadi.

Internet manbalari asosida

Abdulaziz Ahmedov tayyorladi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan