Közimga puflaysan bir hovuç tongni

* * *

Bu ranglar ortida osmon bor,

Zamin bor — xoslarga oiddir.

Tomon yöq, aylana — olmazor,

Urf emas heç qanday qoida.

Bu ranglar ortida dengiz bor,

Sohil yöq.

Tölqinlar tuşlarday

Közingga urilar, urilar

Tuyğular — baliqçi quşlardir.

Bir yöl bor — nafasdan nafis yöl,

Ayrilmas, bölinmas turlarga.

Yursang — gul, yiğlasang, kulsang — gul,

Balandroq yaşaysan hurlardan.

Bu ranglar ortida toğlar bor,

Qörquv yöq, hadik yöq, ölim yöq.

Afsona uç boşli ajdaho,

Odamlar afsona — zulm yöq.

Bu ranglar ortida hislar bor …

U ranglar ortidan sarğarib

Yaşayman xoşiya içida

Oq-qora suratlar singari.

Bu ranglar ortida quşlar bor,

Tuğilar, kuylar-u sovrilar.

Bu toğlar ortida tuşlar bor –

Közimda tunaydi qumrilar.

Bu ranglar ortida ranglar bor,

Köngil bor şu ranglarni yengsam.

Bu ranglardan ötsam — olmazor,

Bu ranglardan u yoği Sensan!

        * * *

Yumalab yumalab xiralaşdi moh.

Safsargul bandiga singib ketdi tun.

Çumçuqlar közida uyğondi saboh.

Kun yölga otlandi

Quyoş — tilla tugun.

(Men — Kunman)

Havoni tirnadi turna ovozi.

Daraxtlar anhorga taşladi qarmoq.

Ayol yuragining çigilin yozib,

Tuşlarini suvga qildi oqizoq.

(Tuş — bu men!)

Teraklar çayqaldi — tasavvur tözdi,

Yelkamda yelkanday ösdi bol-u par.

Qarşimda uç yöl bor,

biri biridan ozğin:

Borsa xatar.

(Men quşga döndim)

……………

Tugun ğoyib böldi,

Tuş esa ijobat.

Yengdim ertaklarning sehrli kuçin.

Men kökka oşiqman,

Men kökka oşiqdim —

Jonim, qovurğangning ostiga uçdim.

(Axir sen Erksan!)

        * * *

Köçalar gul isi bilan tölgandir,

Köçalar qutulgan iztiroblardan.

Köçalarda…

şovqin ölgandir,

Ranglar ulğayadi sokin boğlarda.

Hadik yöq.

Nigohlar etmaydi taʼqib.

Odamlar oyogi tingan yölakda

Goh botartib, goho betartib,

Yomğir öynar şaffof köylakda.

Şamol — ösmir, şamol — betizgin,

Istasa soatlab, kunlab, haftalab,

Yöllarda çözilib yotişi mumkin,

Halaqit bermaydi endi avtolar.

Gul ösar, nur ösar istaganiça:

Havoda kezadi turfa tovuşlar.

Eşitib ötirar munavvar keça

Suvlarning ömbaloq oşişin.

Nedir bölmaganday,

Nedir bölganday:

Bizlar yaşayapmiz berkinib…

Köçalar gul isi bilan tölgandir,

Unutgan odamlar mavjudligini.

        * * *

Közimga puflaysan bir hovuç tongni,

Uyğonib ketadi noparmon tuşlar.

Deraza pardasi silkinar xuşhol —

Sayraşni boşlaydi çizilgan quşlar.

(Qara, dudoqlarim yaşil…)

Şoşilib varaqlar özini taqvim,

Xonaga yoyilar taniş lahzalar.

Alhazar…

taqvimda bugun yöq!

va ortga qaytaman

(gözal manzara).

(Qara, titroqlarim yaşil…)

Közimga kiradi tuşlar aylanib…

Xirgoyi qilasan men sevgan kuyni.

Uyquga ketaman,

biroq sezmaysan…

Stolda tözğiydi nastarin böyi.

(Qara, gunohlarim yaşil…)

         * * *

Pardani tuşirma

Kattaroq oçib qöy derazalarni

Osmon oqib kirsin xonaga

Taʼbimni tirnaydi devorning rangi

Osmon esa moviy

Tuyğudek turlanib bulutlar kirsin

Quşlar xalqumida ohanglar…

Derazani lang oç

Yöl oçib-yöl oçib dengizlar kelsin

Tölqinlar boş ursin tizzalarimga

Baliqlarni sezsin barmoqlarim

Devorlarni unut

Taqvimlarni yirt

Yillar

Oylar

Haftalar

Qizil kunlarga tupur

Aralaştirib yubor kunlarni

Vaqt tumandek singib ketsin yöqlikka

(Vaqt — ölimga tomon yöl)

Ildizin qöporib gullar kelsinlar

Olam ilğamagan böylarni his et

Quyoşga izn ber

Oyga izn ber

Könglimni yoritmas sunʼiy çiroqlar

Xonani hayratlar bilan töldir

Men bilan töldir

Qattiqroq yop derazalarni

Pardalarni tuşir sevgilim.

Başorat Otajonova

Başorat Otajonova — Buvayda tumanida tuğilgan. Özbekiston davlat Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Ayni paytda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universiteti magistranti. «Birinçi kitobim» ruknida «Kumuş yoğdular» nomli kitobi çop etilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan