Teran nazar solsang hayot sahniga

Tojli virus saboği

Banibaşar bugun jonsarak, bedor,

Toj kiygan ofatga bölmayin, deb yem.

Uning çangalida özi lol, bemor,

Özi sarson unga izlab davo, em.

 

Körinadi faqat joni köziga,

Unutilgan boşqa dardu kasali.

Uyidan çiqolmay, özi öziga —

Bu Haq sinovi, deb berar tasalli.

 

Ha, çindan ham Olloh sinovidir bu,

Talqini manguga tatirlik saboq.

Zamindoşim, teran fikring et közgu,

Bugun siyratingga, ortinga bir boq.

 

Imoning pok saqlab yaşadingmi, ayt,

Neki vojib erur amal qildingmi?

Haq tomon turdingmi zarur bölgan payt,

El-yurt işonçini oqlab bildingmi?

 

Tinçmi uy-rözğoring, oqilmi bolang,

Yaşaysanmi özni baxtiyor sezib?

Yoki kökka örlab puşaymon, nolang,

Ketganmisan nasib hayotdan bezib?

 

Pinhon şum rejalar tuzmaganmisan,

Yuksak tutganmisan Inson qadrini?

Özgalar tinçini buzmaganmisan,

Heç kim tortmaganmi fitnang jabrini?

 

Qay bir döst tutganing noxos surinsa,

Qöling çözganmisan tursa joyidan?

Yoki duç kelganda alqab, burilsa —

Yiqitmaganmisan çalib poyidan?

 

Yurgan emasmisan lafzingdan tonib,

Iqror bölganmisan qilganda xato?

Amal, boyligingga maftun, işonib,

Sanamaganmisan özingni yakto?

 

Baland turgan holda sirtda martabang,

Zimdan tubanlikka tutmadingmi yuz?

Özganing rizqiga solmadingmi çang,

Mulki-yu yeriga tikmadingmi köz?

 

Joning qutilgança taningdan toki,

Kursiga kanaday yopişganmisan?

Buqalamunlikmi yurmişing yoki

Kazo-kazolarga çatişganmisan?

 

Röyirost savollar berdim Zamindoş,

Qani, javob qaytar röyirost Sen ham;

Anglab sajdagohga urgan kabi boş,

Imon keltirganday Haqqa sönggi dam.

 

Bilaman, bunday payt kim qöli toza,

Haqgöy, tili burro, yoruğ yuzlari.

Kim talmovsirar, rost aytişdan tonar,

Marazligini foş etar közlari.

 

Zamindoş, amaling oq emas nuqul,

Qora ham emasdir barça bilmişing.

Işlaring köp erur halol va oqil,

Lekin kam emasdir tuban qilmişing.

 

Bugun halovatsiz onaday olam,

Axir u barçaga tiriklik qasri.

Mening nazarimda yaxşilarga ham,

Urganday tuyular yomonlar kasri.

 

Garçi, na kunduzi, na tun tatiydi,

Xatardan tösilgan garçi çor tomon;

Ollohga şukrona aytsak arziydi,

Netardik bölganda bundan-da yomon?!

 

Şukr, tahlikada harqalay bor had,

Dunyo ahli uni yengar birlaşib.

Lekin netar edik tojli bu ofat,

Tarqalsa havo yo nurga ilaşib?!

 

U payt bölmas edi omon qolguvçi,

Qutilmoqqa mutlaq yöq edi imkon.

Qirilib bitardi nafas olguvçi,

Zaminda yurguvçi barça tirik jon.

 

Öylasam dahşatdir!

Boşdan uçar huş,

Yer yuzin qamrardi nidosiz faryod.

Qasrlar, saroylar turardi böm-böş,

Egasiz qolardi ğazna, bor bisot.

 

Tiriklikning oddiy azmiga köra,

Mazmun, mohiyatin yöqotardi vaqt.

Yaxşi-yu yomonga panoh yer uzra,

Yuz bergan bölardi mudhiş oxirat.

 

Kuzatib dunyoning bugungi holin,

Şaxsiy qaraşimni etaman izhor:

Zamindoşim, Haqning uşbu sinovi,

Ogoh etganidir balkim sönggi bor.

 

Axiyri kirgaysan tuynuksiz uyga,

Axiyri bir enlik yerga egasan.

Lekin öpqon nafsing solar har köyga,

Ayt, töymas nafsingni qaçon yengasan?!

 

Olloh dargohi keng, aylagay şafqat,

Amal, mol-dunyoga bölma bunça öç.

Ötinçim, tavba qil, bu yoği faqat

Haq yölin tutişga top iroda, kuç!

 

Gunoh kimda köpdir, qay birovda kam,

Olloh imkon berdi, umidvor kutar…

Şunda ham qolmasak bilganimizdan,

Oxir qiyomatga bir kun duç etar.

 

Sakkizliklar

 

Donoga işora yetarli, anglar

Bismillohdan nima maqsad, muddao.

Nodon balki qança gapirsang tinglar,

Tegişli xulosa çiqarmas ammo.

 

Kim bilmas ne zarar, nimadir foyda,

Öylab, berasan bir haqiqatga tan:

Baʼzan donolar ham foyda bor joyda,

Özlarini nodon tutib örgangan.

         * * *

Farqlaşga fahmi-yu aqli yetadi,

Özaro kuraşsa “qora” bilan “oq”.

Kuzatar, damini içga yutadi,

U doim çekkada turadi biroq.

 

Teran nazar solsang hayot sahniga,

Beadad nafrating ortadi körib.

U hamd-sano aytib ğolib şaʼniga,

Mağlubga toş otar birinçi bölib.

         * * *

Lol qoldi, tan berdi mehmonga kelgan:

Bu qanday beqiyos zeb oçgan diyor.

Qayoqqa qarasa yutuq aks etgan,

Eng oliy maqsadlar aks etgan şior.

 

Yozdik: kam emasmiz bizlar heç kimdan,

Muddao, sözimiz faqat ezgulik.

Yaşadik amalda bölmaganda ham,

Qoğozu şiorda havas etgulik.

         * * *

Sözning möʼjizakor qudrati bisyor,

Inson saboq olar izhori sözdan.

Bilsang, töğri tanqid torttirar huşyor,

Maqtov köp hollarda ketkizar özdan.

 

Öylab kör sözlovçi ğanimmi, döstmi,

Aytganlari bilan erişar nega?

Qanday qabul qilmoq tinglagan sözni,

Boğliq erur faqat eşitguvçiga.

         *   * *

Uçib borayotir quşlar galasi,

Qanot qoqib erkin, yöqdek ğov, xatar.

Pastda, butazorda ovçi miltiğin

Öqlayotganidan butkul bexabar.

 

Bosiladi fursat ötmay tepki ham,

Öq xato ketar yo tegadi borib.

Qay birin nişonga oliş uşbu dam,

Ölja payidagi ovçiga boğliq.

         * * *

Inson goh oşkora, gohida pinhon,

Yaratiş yölida izlanar nuqul.

Neki kaşf qilgandir özi hukmron,

Ayni paytda unga özi erur qul.

        

Goh behad yengillik keltirar işi,

Goh sababçi afsus, közin yoşiga.

Qörqaman, qaysidir öz yaratmişi,

Bir kun yetmasaydi özin boşiga.

Jahongir Ismoilov

Jahongir Ismoilov — Qiziltepa tuma­nida tavallud topgan. ToşDU (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. 40 yildan ortiq matbuot sohasida faoliyat yuritgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi aʼzosi. “Yurt mehri”, “Soğinç”, “Bahordan kuzgaça”, “Toş­boy gai hangomalari”, “Sönggi manzi­l”, “Tanazzul”, “Yonib yaşaş zavqi”, “Çiptasiz odamlar”, “Vaqt qadri” singari şeʼriy, nas­riy va publitsistik kitoblar muallifi. Özbe­kiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan