Yer yuzining yirtilmas kitobi
- “Google” degan yirtilmas kitob
- Har daqiqa 2 million qidiruvçi
- “Yomon bölma”ning yaxşiliklari
- Dunyoning 191 tilida tillaşib…
- Daholar faqat ötgan zamonda yaşamaydi
Bugungi kunda “Google” har birimizning hayotimizga şiddat bilan kirib kelgan. Negaki, har kuni şu tarmoq orqali nimadir qidiramiz, izlaymiz va yangi–yangi maʼlumotlarga ega bölamiz. Aslida “Google” asosçilari bir kun kelib özlari haqidagi töliq maʼlumotlarni ham şu tarmoqdan topib bilişimizni orzu qilgan bölsa, ajab emas. Dunyoning xohlagan bir burçagida ötirib boşqa bir dunyodagi yangiliklardan xabar topamiz, odamning ismi şarifi yozilsa bormi, ular haqida özimiz söramagan maʼlumotlarga ham ega bölamiz. Bunda afsonaviy internet “razvedkaçi”miz – “Google” har birimizga sadoqat bilan xizmat qiladi. Biz har kuni uyda, köçada, işda u bilan birga vaqt ötkazamiz. Eng qiziği u topib bergan maʼlumot va kitoblar içida eng köngiloçaridan tortib, mukammaligaça bor.
Ayni paytda “Google”da har daqiqada 2 million qidiruvni amalga oşiriş mumkin. “Google” eng köp odam taşrif buyuradigan tarmoq bölib, feysbukdan keyin ikkinçi örinda turadi. “Google”ga tegişli bölgan “YouTube” kanali esa uçinçi örinni egallaydi. “YouTube”da har kuni 450 ming odam video tomoşa qiladi. Mana sizga “Google” va “YouTube” degan ulkan yirtilmas Kitobning umuminsoniyat oldidagi bemisl xizmatlari…
“Google” 1996 yil yanvarda öşa paytda Kaliforniyadagi Stenford universitetida öqiyotgan Larri Peyj va Sergey Brinning tadqiqot loyihasi sifatida paydo bölgan. Anʼanaviy qidiruv tizimlari keyinçalik qidiruv natijalarini sahifada qidiriş sözlari neça marta aytilganiga qarab saralaşganiga qaramay, Peyj va Brin saytlar örtasidagi munosabatlarni tahlil qiladigan eng yaxşi tizim töğrisida öylab körişdi.
Larri Peyj va Sergey Brin “Google”ni yaratar ekan uni dastlab “BackRub” deb ataydilar, ikki yildan keyingina bu ixtiro “Google” nomini oladi. “Google”ning hamma qidiruv tizimlari boşida 4 gegabaytli qattiq disklarda saqlangan.
1999 yilda Peyj va Brin “Google”ning qidiruv tizimini öz tadqiqot faoliyatlariga xalaqit berayotgani uçun sotmoqçi bölişadi. Öşa paytda qidiruv tizimini sotib olmoqçi bölgan “Excite” kompaniyasi 1 million AQŞ dollarini qimmat köradi va sotib oliş fikridan voz keçadi. Bugungi kunda esa uşbu tizimning qiymati 500 milliard dollarga teng turadi.
Talabalik yillarida öz garajini ikkita talaba – Larri Peyj va Sergey Bringa sotgan Syuzan Voyjitski bugun Youtube kanalining boşqaruvçilaridan biridir. Kompaniyaning korparativ şiori – “Yomon bölma”! (“Don’t be evil”). Uşbu ibora tasodifan tanlanmagan. Çunki “Google” har qanday vaziyatda kompaniyada tinçlik va osoyiştalik bölişini,nizolardan qoçişni xohlaydi, birlik va xotirjamlikni yoqlaydi. Kompaniyada 72 mingdan ortiq odam mehnat qiladi.
“Google” tahlilçilarning fikriga köra 2017 yilda mobil reklamadan 50 milliard dollar, raqamli reklamadan esa 38 millard dollar daromad topgan.

1995 yilda Larri Peyj Stenford universitetiga aspiranturaga topşiriş uçun keladi. Ana şu paytda allaqaçon aspiranturada bakalavrlik darajasiga erişgan Sergey Brin talabalar bilan amaliy maşğulot olib boradi. Ilk lahzalardanoq Peyj Brinni yoqtirmaydi. Fikrlari har xil çiqqanligi sabab ular tez-tez tortişib qoladilar.
Peyj va Brin dastlab kompaniyani “Googol” deb nomlaşgan, yaʼni yuzlab nollarga teng birlik sifatidagi raqam tarzida qöllaşmoqçi bölişgan. Ular yuzlab raqobatçilar orasidan “Sun Microsystems” kompaniyasining asosçisi Endi Bextolşaymni sarmoyador qilişga erişadilar. U 100 ming dollarga çek yozib berayotib adaşib “Googol” ni “Google” deb yozadi. Korxona hali röyxatdan ötmagan edi. Bitta xato tufayli u “Google”ga aylanadi va ana şu xatolik bilan butun dunyoga dong taratadi. Şunday qilib, Endi Bextolşaym “Google”ning ilk sarmoyadorlaridan biridir. Kompaniya asosçilari uni oğir vaziyatlarga tuşganlarida bir neça bor sotmoqçi bölişadi. Biroq “Google” har gal sotilmay qolgan va öz egalarini dunyoning eng saxovatpeşa milliarderlariga aylantirgan.
Dastlab, “Google” Stenford universiteti saytida işladi va “google.stanford.edu” domeniga ega edi. “Google” uçun birinçi mablağ 1998 yil avgust oyida kompaniyani röyxatdan ötkazmasdan tuşdi. “Google”ning birinçi ommaviy savdosi 2004 yil 19 avgustda bölib ötdi. Kompaniya bir aksiya uçun 85 dollarga baholangan. 2014 yil 12 fevralda kompaniyaning kapitallaşuvi 400 milliard dollarga yetdi.
2001 yildn “Google” juda köplab kiçik korxonalarni sotib ola boşladi. “Google” You Tubening video xostinglarini 1,65 milliard dollarga sotib oldi. “Google”ga asos solingandan söng 2001 yildan boşlab Erik Şmidt, 2011 yildan esa Larri Peyj boşqargan. 2010 yilgi holatiga köra kompaniyaning 91 foiz aksiyasi Larri Peyj, Sergey Brin va Erik Şmidga tegişli bölgan.
“Google” qidiruv tizimi dunyo bozorida 60 foiz örinni egallaydi. Har kuni bu tizimda 50 million qidiruv talablari amalga oşiriladi. “Google” öz maʼlumotlarini 191 tilda taqdim etadi. 2007 yildan boşlab, “Google” özining savol va javoblar xizmatini yangiladi. Rossiya dunyoda birinçilardan xuddi şu xizmatning “Google” versiyasini yaratdi.
2010 yilda “Google” Vikipediyani qöllab-quvvatlaş uçun 2 million dollar mablağ sarfladi. Uşbu pullar ekspluatatsiya çiqimlari, investitsiya va ensiklopediyani qöllab-quvvatlaş uçun yönaltirildi. Bugungi kunda Vikipediyani qöllab-quvvatlaşga 7,5 million dollar mablağ xarjlanadi.
Larri Peyj, Sergey Brin va Erik Şmidt 2024 yilgaça “Google”da yigirma yil birga işlaşga kelişdilar. Kompaniyaning boşidanoq eʼlon qilingan vazifasi: “dunyo maʼlumotlarini taşkillaştiriş, uning hammaga oçiqligi va foydaliligini taʼminlaş” edi. “Google” muhandisi Pol Baxheit tomonidan işlab çiqilgan kompaniyaning norasmiy şiori “Yomon bölma” şu paytga qadar ularni hamma yomonliklardan qöriqlab kelmoqda.
“Google” dunyo böylab maʼlumotlar markazlarida milliondan ortiq serverlarni boşqaradi va har kuni bir milliarddan ortiq qidiruv sörovlarini va 24 petabayt foydalanuvçi maʼlumotlarini qayta işlaydi. “Google” paydo bölganidan beri tez surʼatlar bilan ösişi kompaniyaning asosiy mahsuloti — qidiruv tizimiga bevosita aloqasi bölmagan köplab mahsulotlarning paydo bölişiga olib keldi. “Google gmail” elektron poçta xizmati, “Google+” ijtimoiy tarmoği kabi onlayn, “Google Chrome” brauzeri, “Picasa” foto dasturi va “Hangouts” tezkor xabar almaşinuvi kabi iş stoli mahsulotlariga ega. Bundan taşqari, “Google” köplab smartfonlarda işlatiladigan Android mobil operatsion tizimini, şuningdek, “Google Chrome” operatsion tizimini va “Google glass” qurilmasini işlab çiqmoqda. 2011 yil may oyida “Google” saytlariga taşrif buyuruvçilar soni birinçi marta bir kunda 1 milliard kişidan oşgan.
Uşbu kompaniya asosçilaridan biri Larri Peyj 1973 yilda informatika böyiça Miçigan universiteti professori oilasida tuğilgan. U bolaligidan kitobga mukkasidan ketgan edi. Musiqiy savodga ega bölib, saksofon çalardi. Olti yaşarligidan kompyuterga qiziqiş boşlangan. U örta maktabdan söng, Miçigan va Stenford universitetlarini tamomlagan. U “Google”ni Sergey Brin bilan hamkorlikda yaratgan. Sönggi maʼlumotlarga köra Peyj 40 millirad AQŞ dollari qiymatiga teng boyligi bilan dunyoning eng boy odamlari röyxatida 12 örinni egallaydi. Peyj 2007 yilda Lyusinde Sautvortga uylanadi. Ularning ikki nafar farzandi bor. Peyj “Tesla Motors”ning sarmoyadorlaridan biri.
Sergey Mixayloviç Brin 1973 yilda Moskva şahrida matematik olim oilasida dunyoga kelgan. Uning bobosi Izrail Abramoviç Brin Moskva Energetika institutining dotsenti bölgan. Sergey olti yaşarligida ota-onasi butunlay AQŞga köçib kelişadi. Maktab yillarida unga tuğma ötgan matematikaga qiziqiş ilmi har narsadan ustun keladi.
1993 yilda Kaliforniyadagi Stenford universitetida magistrlik işini himoya qiladi. 2007 yilda u Enn Vodjitskiga uylanadi. Ularning bir öğil va bir qizi bor.
Hali endi 23 yoşni qarşilagan yigitlarning özi yaşab turgan zamonda daho ixtiroçiga aylanişi, yuraklarni qalqitadi. Negaki biz ixtiroçi-daholar haqida fikrlaganda ularni ötgan zamonlarda tasavvur qilişga odatlanganmiz. Aslida XXI asr ixtiroçilari sizu bizning yonimizda yurişibdi. Iş stolimizdagi bitta tugmaça butun dunyoni oldimizda – “Oçil dasturxon” kabi oçib qöyadi. Hali endi aynan sizu mening yoşimda dunyoni lol qoldiradigan, yaxşi-yu yomonning istagini birdek röyobga çiqaradigan “Google”ni asosçilari Larri Peyj va Sergey Brin nomi ularni juda yoşligidan şuhrat qoyasiga olib çiqib qöydi. Butun dunyo qarşisida “Google” qidiruv akademiyasi yaratildi, u bugun bitta tugmaça bilan har birimizning istagimizni muhayyo qiladi.
Gözal Begim tayyorladi.
