Raqamli dunyoning imkoniyatlari
“Ict week Uzbekistan – 2023” haftaligi doirasida xalqaro sammit ötkazildi
Sunʼiy intellekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvçi intellektual sunʼiy tizim tuşuniladi. Uşbu atama, şuningdek, örganiş va muammolarni hal qiliş kabi inson aqli bilan boğliq xususiyatlarni namoyiş etadigan har qanday texnologiyaga nisbatan ham qöllanişi mumkin. Uning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erişiş uçun eng yaxşi imkoniyatga ega bölgan harakatlarni baholay oliş va amalga oşiriş qobiliyatidir.
AI dunyosi deyarli çeksizdir, u ösib borayotgan muhandislik va kompyuter imkoniyatlari hisobiga katta taʼsir körsatiş qudratiga ega bölib bormoqda. Turli tor funksiyalar, vazifalar va faoliyatlar allaqaçon inson qobiliyati va undan yuqori darajada amalga oşirilişi mumkin, baʼzan esa insonga bölgan ehtiyojni kamaytiradi.
Toşkent nufuzli haftalikka mezbonlik qildi. Joriy yilning 24–27 oktyabr kunlari “ICT Week Uzbekistan – 2023” – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bölib ötdi. 2004 yildan beri ötkazib kelinayotgan haftalik bir qator yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar özlarining yangi texnologik yeçimlarini taqdim etgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir Toşkent şahrining 3 ta asosiy manzilida “CAEx (Central Asian Expo Uzbekistan)” köp funksiyali körgazma markazi, Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan IT-Park Uzbekistan majmuasi, Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonalarida ötkazildi. Haftalikning muhim tadbirlaridan biri Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutida ötkazilgan “Sunʼiy intellekt kelajagi va global integratsiya” mavzusidagi xalqaro sammit böldi.
Uşbu tadbirda bir neça yetakçi xorijiy kompaniya va taşkilotlarning sunʼiy intellekt yönalişida faoliyat olib boradigan ekspertlari va rahbarlar öz taqdimotlari orqali erişilayotgan yutuqlar, tajribalar, şuningdek, sohadagi muammolar haqida mulohazalar bildirdilar.
Sammitda 100dan oşiq soha mutaxassislari, yangi innovatsiya va texnologiyalarga qiziquvçi talabalar hamda OAV xodimlari qatnaşib, uşbu mavzuga oid yetarliça könikmalarga ega böldilar.
— Xalqaro sammitni taşkil qilişdan közlangan asosiy maqsad sunʼiy intellekt texnologiyalarini hayotga tatbiq qiliş böyiça eng sönggi xalqaro tajriba bilan tanişiş va fikr almaşişdan iborat. Şuningdek, sunʼiy intellekt va şu kabi texnologiyalarni davlatimizda ham rivojlantirib, taʼlim va tibbiyot sohasida keng talqinda foydalanişni maqsad qilganmiz, — dedi Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot instituti direktori Anvarxöja Qodirov. – Institutimiz 2021 yilda taşkil etilgan bölib, hozirga kunda “Amazon”, “KOILA”, “Huawei”, “UZINFOCOM”, “VEON”, “Yandex”, “Sber” kabi bir neçta uyuşmalar bilan hamkorlikda faoliyat olib borilyapti. Asosiy vazifalarimizdan biri “Raqamli Özbekiston — 2030” strategiyasini amalga oşiriş, şuningdek, qabul qilingan köplab belgilangan vazifalarni bajariş va ularni amalga oşirişda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyaning yordami qanday ahamiyat kasb etişini namoyon qiliş. Şu nuqtai nazardan institutimizning öz oldiga qöygan vazifalari bisyor va bu borada hali katta yutuqlarga erişamiz.
Xulosa qilib aytganda, bölib ötgan sammit nafaqat tibbiyot, taʼlim, balki bank va turli yirik jabhalarda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qöllaş, şuningdek, uşbu yutuqlarga erişgan taşkilotlar bilan tajriba almaşiş, hayotga joriy qilinişi kerak bölgan muhim tizimlarni va texnologik rivojlanişlarni örganiş, işlarni tahlil qiliş va umumiy muhokamadan iborat böldi.
Islom ASILBEKOV,
“Hurriyat” muxbiri.
