Karantinning foydasi

“Uyda ötirib qolsam aniq işyoqmas bölaman”, degan hadik bor edi. Heç işdan qolmasdim. Karantin sabab uy-içimiz bilan uydamiz. Biron iş qilay desam kelindan ortmayapti. Avvaliga men ham şirin ovqatlar pişirişimni aytib maqtandim. Söng kelinning qölidan qozon-tovoqni oldim. Oş damladim, salatni ham özim tayyorladim. Dasturxon atrofida quloq tutib jim ötirdim: qani nima deyişarkin?.. Har tugul rosa maqtaşdi, köngil uçunmi yo rostdanmi, bilolmadim.

Ammo, çini bilan ğayratim jöşdi, ruhlandim. Birdan tandirda non yopgim kelib qoldi. Öğlimga qarab: “Balki tandir qurib berarsan-a, bir non yopay”, dedim. U indamadi, miyiğida kulib qöydi. Bilaman oşxonamiz boru tandirga joy yöq. Lekin…
— Ha, nega kulasan? Rostdan nonlar yopmoqçiman,— dedim ğayratimni yaşirmay.
— Qöysang-çi, — dedilar dadasi. — Ana, mana demay karantin ham tugaydi. Kegin tandirvoy: “Qaçon kelar ekan anavi çaqqon xonim, non yopgani?” — deb kutib umri ötsinmi, — dedilar kulib. — Gazetingni öqi, — kamiga qöşib qöydilar.

Doimiy harakatda bölganim bois ruhim yengil bölsa-da, vujudimda oğirlik seza boşladim. Nevaramni ergaştirib hovliga çiqdim. Bola bahonasida özim ham arğamçi uçdim. Bira-am maz-za ediki, buning ustiga hur-hur şabada yoqimli esib turardi.

Ilgari köpam eʼtibor qilmagan ekanman, hovlimizdagi gulzorimiz çunonam yaşnab turibdiki, yal-yal oçilgan turli gullar yangi kelindek çiroy oçgan. Olma, örik, şaftoli, gilos hammasi hosil tugib, barglari yaşnab ajoyib manzara kaşf etganini qarang. Közim tuşib, könglim yayradi.

Qarasam, tomorqada böş yer qolgan, kartoşka jöyalarini yumşatib ustidan qum soliş kerak. Yeng şimarib işga kirişdim. Oradan heç qança vaqt ötmay köpqavatli uyda yaşab umrida qöliga ketmon olmagan öğlim şerik böldi. Uning ortidan Jahongirmirzo ergaşdi. Ança ter tökib işladik. Zang bosib yotgan ketmon yaltillab qoldi öziyam.

Bir paytlar otam rahmatli töşakli bölib yotib qolgaç, jöjabirdek jon — olti bolani yedirib-kiydiriş birgina onam rahmatliga qolgandi. Opam nimjonroq bölganligi bois brigadir Amin aka mening nomimga mehnat daftarça oçtirganini aytib, darsdan keyin brigadga işga borişimni tayinlagandi.

Öşa damlar keç kirganda uyga kelib, ovqatimni çala-çulpa yeb, darsimni ham qilolmay örnimga çözilardim. Tomorqa mehnatidan keyin qotib uxlab qolaman, deb öylagandim, ammo sira uxlay olmadim. Zimmamda yuk bor-da, onamni esladim, işlab toliqdim demasdi, bardoşiga, sabriga tan bermay ilojim yöq.

Esimda har gal ertalab tursam qöllarim kaftlari qavargan, badanim zirqirardi. Tuni bilan bemor otamga qarab çiqqan onamga bildirmasdan maktabga otlanardim öşanda…
Bu gal ham darrov kaftimga qaradim, vujudimga quloq tutdim, ammo na qavarganini kördim, na tanamda oğriq sezdim…

Mohira Şakarova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan